19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 04:10
Jamiyat 👁 308

MEHNATGA MUNOSIB EʼTIROF

MEHNATGA MUNOSIB EʼTIROF

Jamiyatimizda mahalla tizimi rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyilarni ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni bugungi kunda oʻz egalariga topshirilmoqda.

Hamisha elim, yurtim deb, xalq dardini oʻz dardidek koʻrib, hayotini jamiyat rivojiga hissa qoʻshishga baxshida etib kelayotgan yurtdoshlarimizdan biri Xonimjon Rajabova ham mana shu mukofotga, yuksak eʼtirofga sazovor boʻldi. Ushbu mukofot ayni paytda tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, shuningdek, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida “Buvijonlar maktabi”ga raislik qilib kelayotgan el fidoyisiga Mahalla tizimi xodimlari kuniga bagʻishlab, Nukus shahrida oʻtkazilgan katta tadbirda tantanali ravishda topshirildi.

Asli mutaxassisligi jurnalist boʻlgan Xonimjon Rajabova uzoq yillar tuman matbuotida faoliyat koʻrsatdi. Toshkent Davlat Universitetini 1979-yilda tugatib, tuman gazetasi tahririyatiga kelganida uni darhol maxsus muxbir vazifasiga ishga qabul qilishdi. Ishga chanqoq, sermahsul va qalami oʻtkir ijodkor sifatida elga tanila boshlagan yosh jurnalistni oz fursat ichida tahririyatning qishloq xoʻjalik boʻlimiga mudir qilib tayinlashdi. Mahoratli jurnalist tahririyatda madaniyat boʻlimi mudiri, masʼul kotiblikdan tortib, muharrirlikkacha boʻlgan vazifalarda jonbozlik koʻrsatib, samarali mehnat qildi. Turli mavzularda qalam tebratib, xalq dardini, jamiyatdagi muammolarni yoritishga, shu orqali ularga yechim topishga harakat qildi. Sermahsul ijodi, tashkilotchiligi, tashabbuskorligi bilan nafaqat tumanda, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston miqyosida ham malakali jurnalist, jamiyat va yurt fidoyisi sifatida elga tanildi.

Matbuot sohasida xizmat qilib, maʼnaviyatni targʻib qilishga munosib hissa qoʻshgani uchun uni 1995-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlashdi. Jamiyat va xalq eʼtirofi boʻlgan ushbu unvon Xonimjon Rajabovani yanada koʻproq mehnat qilishga undadi.

1995-yilda yangidan joriy etilgan Amudaryo tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimiga munosib koʻrilgani unga yanada katta masʼuliyat yuklagani boisdan xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirishga doir ishlarni hal etishga, ular oʻrtasida yechimini kutayotgan koʻplab muammolarga yechim topishga bor imkoniyatini safarbar etdi. Har bir oilaga, xonadonga kirib borib, ayol-qizlarning dardini tinglagan, yillar davomida har birining tashvishiga yelka tutgan, yoʻl koʻrsatib, turmushiga fayz olib kirgan Xonimjon Rajabova katta-yu kichikning hurmatiga sazovor boʻldi. Ushbu lavozimda 17-yil, matbuot sohasida esa 16-yil mehnat qilib, jonkuyarligi, xalqparvarligi, tashabbuskorligini koʻrsatdi, koʻplab ezgu ishlarni amalga oshirib, elda obroʻ qozondi.

Tinib-tinchimas Xonimjon opani mehnat nafaqasiga chiqqanidan keyin 2013-yilda tumandagi “Barkamol avlod” bolalar markaziga direktor qilib tayinlashdi. Tashkil qilinganiga hali uncha koʻp boʻlmagan, yoʻlga qoʻyilishi qiyin boʻlayotgan mazkur sohada ham Xonimjon Rajabova koʻp ter toʻkishiga toʻgʻri keldi. Dastlab ishni markaz uchun ajratilgan bino va uning atrofini obododlashtirishdan boshladi. Mashgʻulotlar oʻtkaziladigan xonalarni, ulardagi mavjud inventarlarni tartibga keltirdi. Tashabbus koʻrsatib, yangidan taʼmirlatishga, kerakli, zarur jihozlarni keltirishga, sharoitni yaxshilashga harakat qildi.

Shundan soʻng, kadrlar salohiyatini, malakasini oshirishga, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi borasida sifat darajasini, koʻrsatkichlarni yuqori koʻtarishga alohida eʼtibor qaratdi. Markazda toʻgarak turlarini koʻpaytirishga, ularga koʻplab bolajonlarni jalb etishga erishildi. Toʻgaraklarda mohir ustozlardan taʼlim olib, hunar oʻrgangan yoshlar tuman, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston miqyosidagi turli koʻrik-tanlovlarda ishtirok etib, oʻz iqtidorlarini namoyish etdilar va faxrli oʻrinlar gʻoliblari boʻldilar.

Markaz 2017-yilda Qoraqalpogʻistonda eng namunali  “Barkamol avlod” bolalar markazi deb topildi. Yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi fidoyiligi uchun markaz direktori Xonimjon Rajabova 2019-yilda Qoraqalpogʻiston xalq  taʼlimi aʼlochisi unvoni bilan ham taqdirlandi.

2020-yildan “Barkamol avlod” bolalar maktabi sifatida faoliyat koʻrsata boshlagan, ayni paytda obod va fayzli maskanga aylangan ushbu muassasada estrada-vokal, liboslar dizayni, mental arifmetika, kompyuter savodxonligi, aviamodel va avtomodel kabi 43 ta toʻgaraklarda 1 180 nafar bolalarga turli hunarlar oʻrgatilmoqda.

Namunali oila sohibasi umr yoʻldoshi Safarboy Oʻrozaliyev bilan 6 nafar farzandni jamiyat koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazishdi. Ayni damda u nafaqat 15 nafarga yetgan oʻz nevaralarining, balki butun amudaryolik bolajonlarning sevimli buvijoniga aylandi. Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimining jamoatchilik asosidagi “Buvijonlar maktabi”da ham raislik qilib, yosh avlod tarbiyasiga hissa qoʻshayotgan Xonimjon Rajabovaning barcha mehnatlari davlatimiz tomonidan yana bir bor eʼtirof etilib, “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoniga munosib deb topildi.

Oʻzini, hayotini, butun salohiyatini xalq xizmatiga bagʻishlagan, nafaqat mahalla, balki butun Amudaryo iftixoriga aylangan fidoyi ayol Xonimjon Rajabovani ushbu yuksak mukofot yanada koʻproq ezguliklar qilishga undaydi. El-yurt ravnaqiga, jamiyat rivojiga hissa qoʻshishdan aslo charchamaydi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026