19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 04:10
Jamiyat 👁 261

KORONAVIRUS ORAMIZDA YuRIBDI, OGOH BOʻLING!

KORONAVIRUS ORAMIZDA YuRIBDI, OGOH BOʻLING!

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasining bayonnomasiga asosan tashkilot, muassasalar va aholi koʻp toʻplanadigan jamoat joylari, shu jumladan, dehqon bozorlari, savdo majmualarida, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish boʻyicha sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan doimiy reydlar tashkil etilishi va oʻtkaziladigan reydlarning natijadorligini taʼminlash maqsadida tumanlardagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlariga zarur topshiriqlar berilgan edi.

30-mart kuni tumanimizning aholi koʻp toʻplanadigan jamoat joylarida, jumladan, dehqon bozorlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, savdo majmualari, dorixonalar, toʻyxonalarda tuman ichki ishlar boʻlimi, milliy gvardiya va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda karantin qoidalariga amal qilish boʻyicha reyd oʻtkazildi. Oʻtkazilgan reyd natijasida ayrim fuqarolarning jamoat joylarida niqobsiz yurganliklari aniqlandi. Bu fuqarolarga eslatmalar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, savdo majmualari, idora, korxona, tashkilot hamda muassasalarga karantin qoidalariga rioya qilish boʻyicha bukletlar, eslatmalar tarqatilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Joriy yilning 1-aprelidan eʼtiboran toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy-maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 100 kishidan koʻp boʻlmagantartibda, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi toʻgʻrisida tavsiyalar berilib, tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlari oʻtkazildi.

Bunday reydlarning oʻtkazilishi faqatgina xalqimizning sogʻligi yoʻlida olib borilayotgan ezgu maqsadlar uchun qilinayotgan ishlardir. Zero, har bir fuqaro oʻzining, qarindoshlarining yon-atrofdagilar sogʻligi uchun masʼul ekanligini unutmasligi kerak.

Koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan soʻnggi oylarda karantin qoidalari biroz yumshatilgani, oilaviy marosimlarni, jamoat tadbirlarini karantin qoidalariga amal  qilgan holda, ixcham tarzda oʻtkazishga ruxsat berilganiga qaramasdan ayrim yurtdoshlarimiz yuzlab odamlar ishtirokida toʻy-marosimlar oʻtkazishni boshlab yuborishdi. Niqob taqish, masofa saqlash qoidalarini, koʻpchilik yurtdoshlarimiz unutib qoʻyishdi. Karantin qoidalari yumshatildi, degani virusni toʻla-toʻkis yengdik, degani emas. Chunki koronavirus hali oramizda yuribdi.

Mamlakatimizda virus bilan zararlanganlar soni kun sayin oshib borayotganidan ayonki, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishga, oraliq masofani saqlashga har birimiz burchlimiz. Chunki xalqimizning, har birimizning, yaqin insonlarimizning sogʻligi bugungi qatʼiyatimizga, birdamligimizga va ogohligimizga bogʻliq.

Qadrli yurtdoshlar, biz barchamiz birdam, ahil va jips boʻlib, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilsak, albatta koronavirus balosini batamom yengamiz. Zarurat boʻlmasa koʻchaga chiqmang, niqob taqishni unutmang va oʻzingizning, oila aʼzolaringizning hayotini xavf-xatarga qoʻymang!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026