16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:56
Salomatlik 👁 262

YoZ KUNLARIDA OVQATDAN ZAHARLANIShDAN EHTIYoT BOʻLING!

YoZ KUNLARIDA OVQATDAN ZAHARLANIShDAN EHTIYoT BOʻLING!

Oʻlkamizda yozning issiq pallasi davom etmoqda. Aynan shunday issiq kunlarda ovqatdan zaharlanish holatlari koʻp uchraydi. Kattalarga nisbatan bolalar, ayniqsa, 3-oylikdan 2 yoshgacha boʻlgan bolalar koʻproq kasallanadi.

Ovqatdan zaharlanish – mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda vujudga keladigan kasallik. Aksariyat hollarda birdan koʻpchilik kasallanadi, lekin bemorlardan sogʻlom odamga yuqmaydi. Bunga koʻpincha stafilokokklar, enterokokklar, ayrim ichak tayyoqchalari, proteyey, tsitobakteriya, klostridiya va boshqa mikroblar sabab boʻlishi mumkin. Mikrob tushib koʻpaygan ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida hamda bemor organizmiga mikrobning oʻzi va uning toksini taʼsirida ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatiladi.

Zaharlanish koʻpincha turib qolgan, sifati buzilgan goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut mahsulotlari, ayniqsa, tort va shirinliklar, baliq va tovuq goʻshtini isteʼmol qilganda yuzaga keladi. Stafilokokklar sabab boʻlgan hollarda infektsiya manbai odam hisoblanadi. Angina yoki turli yiringli kasalliklar; sachratqi, chipqon, xasmol va boshqa yiringli yaralari boʻlgan kishilardan mikrob tayyor mahsulotga oʻtib, tez koʻpayadi. Uni bilmay isteʼmol qilgan kishi darhol zaharlanadi.
Kasallikning yashirin davri 2-3 soatdan 3 kungacha. Kasallik toʻsatdan koʻngil aynishi va qusish bilan boshlanadi, ich ketadi, qorinda tutash ogʻriq boʻladi.

Yurak-tomir tizimi faoliyati buziladi. Ayniqsa, klostridiyalar sababli roʻy beradigan zaharlanish ogʻir kechadi. Kasallikka tashhis qoʻyish uchun bemorning qusuq massasi, meʼdani chayilgan suvi sterillangan bankaga yigʻilib, laboratoriyaga yuboriladi. Zaharlanishga sababchi deb gumon qilingan ovqat mahsulotlari ham laboratoriyada tekshiriladi.

Davo kasallikning dastlabki alomatlari paydo boʻlganida tez yordam sifatida meʼdani 2 foizli soda yoki nimrang kaliy permanganat eritmasi bilan chayish, tozalashdan iborat. Regidron eritmasini ichirib turish, kasallik ogʻirlashishining oldini oladi. Ogʻirroq hollarda disol, atsesol, trisol kabi suyuqliklar tomir orqali tomchilab qoʻyiladi. Zarurat boʻlganida yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydigan dorilar yuboriladi.

Oziq-ovqat sohasida ishlaydigan barcha xodimlar sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan belgilangan muddatlarda tibbiy koʻrikdan oʻtib turishlari kerak hamda sanitariya minumimini topshirganliklari haqida guvohnomalari boʻlishi shart.

Kasallikning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish muhim omil hisoblanadi. Ovqatga ishlatiladigan idishlar avval yuvilib, soʻngra qaynatilishi, ustiga toza doka yopib qoʻyilishi lozim. Roʻzgʻorda ishlatiladigan tez buziladigan mahsulotlar sovutkichda saqlanishiga alohida eʼtibor qaratish muhim.

Ovqatdan zaharlanish kasalligiga chalinmaslik uchun har bir inson nimalarga amal qilishi kerak?

- Uy sharoitida pomidor, bodring, baqlajon ikralari kabi konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik;

- Bozorlarda, belgilanmagan koʻcha-koʻylarda noqonuniy sotilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarini shu jumladan, konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik;

- savdo shoxobchalaridan konserva mahsulotlarini xarid qilish jarayonida mahsulot yorligʻi va unda keltirib oʻtilgan ishlab chiqaruvchi korxona nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatiga alohida eʼtibor berish;

- Har qanday konserva mahsulotlarini ochishdan oldin uni chayqamasdan yaxshilab koʻzdan kechirish, qopqogʻi koʻtarilmaganligiga, suyuqligining tiniqligiga va mahsulotning ezilmaganligiga eʼtiborli boʻlish;

Agarda oʻzingizda ovqatdan zaharlanishning klinik belgilari paydo boʻlsa, tezda shifokorga murojaat qiling. Zero salomatlik har qanday boylikdan ustundir.

D.Bobojonov, tuman SEO va JSB sanitariya-gigiyena boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019