16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:53
Jamiyat 👁 104

OILADA YaXShI TARBIYa OLGAN BOLA JAMIYaTNING ULKAN YuTUGʻIDIR

OILADA  YaXShI TARBIYa OLGAN BOLA JAMIYaTNING ULKAN  YuTUGʻIDIR

Oila – tarbiya maskani. Oilada tarbiya qanchalik erta boshlansa, natijasi ham shuncha barvaqt koʻzga tashlanadi. Oilada bola ota-onadan ibrat olgan holda shakllanadi. Ota-ona bolaga tarbiya jarayonida nutq madaniyati, odamiylik xislatlarini qunt bilan singdirib borsa, kelajakda u barkamol, sogʻlom, mustaqil fikrlovchi, eng asosiysi, odobli shaxs boʻlib yetishadi. Sababi bola bilim olish, intilish, Vatanini sevish, ardoqlash, kattalarni hurmat qilish, muomala madaniyatini ota-onadan oʻrganadi.

Yosh avlodga maʼnaviy-axloqiy, madaniy tarbiya berishning usul va vositalari xilma-xil boʻlib, bular ichida ertaklardan foydalanish alohida oʻrin tutadi.

Ertaklar xalqning koʻngil oynasi boʻlib, ularda xalq orzu-umidlari, armonlari, ezgu niyatlari, ichki kechinmalari yorqin aks etadi. Aslida ertaklar tarbiyaning bir qurolidir. Sababi bolalar ertaklarga ishonadi. Ertaklar taʼsirida bolalar qalbida umid, ishonch, ezgulik tuygʻulari kurtak otadi, dunyoni anglashga imkon yaratiladi. Yosh avlod ongi aynan ertaklar taʼsirida vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi tuygʻulardan oziqlanadi va tasavvuri boyiydi. Oilada kitoblar oʻqilib turilsa, bolada kitobga boʻlgan mehr uygʻonadi. Shuni taʼkidlash joizki, bola tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullangan ota-onalarning farzandlari taʼlim tashkilotida oʻz imkoniyatlarini mashgʻulot jarayonida qiynalmasdan koʻrsata oladi.

Ertaklarni oʻrganish davrida bolalarda har xil fikrlar tugʻilishi mumkin. Ertakdagi ayrim qahramonlar bolaga yoqmasligi yoki  ayrimlari juda maʼqul koʻrinishi mumkin. Masalan «Birlashgan oʻzar» ertagi oxirida otaning farzandiga qilgan nasihatlari orqali ahillik, birdamlik, mehnatsevarlik, rostgoʻylik, yaxshi fazilat, ota-onaning gaplariga quloq solmaslik, noahillik esa yomon odatligini solishtirishga oʻrgatish, yaxshi fazilatlarning foydasi, yomon odatlarning zarari qanday oqibatga olib kelishi haqida bolalarning oʻzlariga xulosa chiqartirish juda foydali.

Shuni unutmaslik kerakki, oilani idora etishda, farzand tarbiyasida er-xotin sabotli, qatʼiyatli boʻlishlari kerak. Er-xotin oʻrtasidagi oʻzaro muhabbat, ishonch, hamkorlik va ham-fikrlik, samimiylik farzand uchun namuna  maktabidir.

Ota-onaning tinch-totuvligi va oʻzaro mehr-muhabbati bola uchun haqiqiy ibratdir. Yaxshi xususiyatlarni oʻz xulqlarida mujassam etgan va biri-biriga monand ota-ona tarbiyalagan farzandlar goʻzallikka ishtiyoqmand, ruhan tetik, jisman sogʻlom, bagʻri butun, hayotga qiziquvchan, tinch-totuv, oilaviy hayot kechirishga tayyor insonlar boʻlib voyaga yetadi.

Nabira OrazImbetova, 10-sonli MTT  psixologi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019