16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:31
Madaniyat 👁 358

Jamiyatning ilgʻor ayollari: sanʼatga oshno uyshinlik yoshlar ustozi

Jamiyatning ilgʻor ayollari: sanʼatga oshno uyshinlik yoshlar ustozi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning madaniy dam olish sharoitlarini yaxshilash, namunali madaniy xizmat koʻrsatish darajasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, joylarda faoliyat olib boruvchi madaniyat markazlari xodimlari tomonidan turli bayram sanalari munosabati bilan xalqqa manzur koʻngilochar tadbirlar tashkil etilib, sanʼatga ixlosmand, alohida qobiliyatli yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotgani eʼtiborga molik.

Amudaryo tumanining Uyshin mahallasidagi Madaniyat markazi tomonidan ham yosh sanʼatsevarlar bilan ishlashish boʻyicha oʻziga xos tizim yaratilgan. Madaniyat markazida 2014-yilda raqs toʻgaragi rahbari sifatida oʻz faoliyatini boshlagan Palzada Ubbiniyozova atrofiga raqs sanʼatiga qiziquvchi yoshlarni toʻplab, ularni qobiliyatiga yarasha milliy-anʼanaviy va zamonaviy raqs guruhlariga boʻlib, astoydil shugʻullandi. Juda qisqa vaqt ichida uyshinlik raqqosa qizlar jamoasini shakllantirgan Palzada Ubbiniyozova oʻz raqs jamoasi bilan tuman miqyosidagi xalq tadbirlarining doimiy ishtirokchisiga aylandi.

Tashabbuskor va tinib-tinchimas Palzada Ubbiniyozovaga tuman madaniyat boʻlimi rahbariyati katta ishonch bildirib 2016-yilda Uyshin madaniyat markazi rahbarligiga tayinlashdi. Zimmasidagi chuqur masʼuliyatni his etgan Palzada Ubbiniyozova madaniyat markazi faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida toʻgaraklar boʻyicha mashgʻulotlar uzviyligini taʼminlashga, toʻgaraklar aʼzolarining ota-onalari, mahalla ahli oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga harakat qildi. Ayni paytda markazda milliy va anʼanaviy, zamonaviy raqs toʻgaraklari, milliy-anʼanaviy qoʻshiqchilik va estarada xonandaligi, shaxmat-shashka, sozandalik, rassomlik yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyat olib bormoqda.

Madaniyat markazi huzuridagi kutubxona esa hamisha kitobxonlar bilan gavjum boʻladi. Kutubxona aʼzolari orasida hududdagi 75-sonli va 18-sonli maktablarning oʻquvchi-yoshlaridan tashqari, ularning ota-onalari ham bor. Kutubxonada tez-tez oʻtkazilib, turiladigan “Uch avlod uchrashuvi”, “Mahallam – oltin ostonam”, “Shu aziz Vatan – barchamizniki!” kabi vatanparvarlik mavzusidagi tadbirlardan tashqari, “Eng bilimdon kitobxon”, “Eng yosh kitobxon”, “Eng namunali kitobxon oila”, “Milliy allalar” kabi koʻrik-tanlovlar, “Zakovat” bellashuvlari mahallada milliy-maʼnaviy qadriyatlarni yanada mustahkamlash, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik tamoyillarini hayotga keng tatbiq etish, bilimdon va salohiyatli yoshlar safini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qaysiki jamoada rahbar talabchan, tashabbuskor, fidoyi, eng muhimi, xalqparvar boʻlsa, oʻzi rahbarlik qilayotgan jamoa faoliyatining haqiqiy lakomotiviga aylanadi va jamoa oldiga qoʻygan marralarni albatta zabt etadi.

Tinib-tinchimas, serqirra faoliyat sohibasi Palzada Ubbiniyozovaning oʻzi toʻgarak aʼzolari boʻlgan uyshinlik yoshlarga ham ustoz, ham ibrat. U 2021-yilda oʻtkazilgan “Milliy alla” koʻrik-tanlovida tumanda birinchi oʻrinni egalladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida sovrindor boʻldi. Shuningdek, tuman xotin-qizlari oʻrtasida 2021-yilda oʻtkazilgan shaxmat sporti musobaqalarida tumanda 1-oʻrin sohibasi, musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida “Gʻalabaga boʻlgan qatʼiy intilish” nominatsiyasiga ega boʻldi.

Ayni paytda Palzada Ubbiniyozovadan sanʼat sirlarini oʻrganayotgan uyshinlik yoshlar talaygina. Dilshodbek Toʻraboyev, Shodiyor Bekberganov, Behruz Achilov, Gulruh Abdullayeva, Sevinch Bozorboyeva, Gulshirin Gulmirzayeva, Sevinchoy Nurullayevalarning intilishlariga koʻrsatilayotgan ragʻbat va eʼtibordan ularning ota-onalari ham xursand.

Nafaqat Uyshin madaniyat markazi xodimlari, balki uyshinlik yoshlar ham Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorini koʻtarinki kayfiyatda kutib oldilar. Qarorda taʼkidlanganidek, endilikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida milliy musiqa cholgʻularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati oʻrgatilishi kun tartibiga qoʻyilgani yoshlarning qalbiga quvonch bagʻishladi. Markaz rahbari Palzada Ubbiniyozova mazkur Qarorning mazmun-mohiyatini mahalla hududidagi umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilariga tushuntirgach, markaz huzuridagi rubob cholgʻusi toʻgaragiga aʼzo boʻlishni xohlovchilar safi keskin oshdi. Yoshlarning talab va istaklaridan kelib chiqib, milliy cholgʻular boʻyicha toʻgaraklar sonini koʻpaytirish, xususan, dutor, nay, doira yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Zero, Prezidentimiz aytganlariday: “musiqa va sanʼatga oshno boʻlib ulgʻaygan yoshlar qalbida vatanparvarlik, ezgulik tuygʻulari hamisha ustun boʻladi”.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019