16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:51
Fan va taʼlim 👁 398

BOLAJONLARNING YaYRAB OʻSIShLARI UChUN BARChA ShAROITLAR MUHAYYo

BOLAJONLARNING YaYRAB OʻSIShLARI UChUN BARChA ShAROITLAR MUHAYYo

Amudaryo tumanidagi  22-sonli Maktabgacha taʼlim tashkiloti 2018-yilda “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritilib,  2021-yilda foydalanishga topshirildi.
Loyiha boʻyicha 60 nafar bolaga moʻljallangan. MTTning  maktabgacha tayyorlov guruhida 30 nafar, oʻrta guruhda 30 nafar, jami 60 nafar kichkintoy taʼlim-tarbiya olmoqda. Bolajonlarga 8 nafar pedagog xodim va 6 nafar yordamchi tarbiyachilar zamon talablari asosida taʼlim-tarbiya berishmoqda.
Maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyachilari Yangiljon Masharipova va MTT uslubchi tarbiyachisi Dilfuza Yuldashevalar,  oʻrta guruh tarbiyachilari Shahnoz Qurbonboyeva,  Gulnora Allomova hamda yordamchi tarbiyachilar Feruza Romonova,  Dilfuza Yuldasheva,  Nargiz Eshimbetova,  Gulshod Qilichova,  Shohida Eshmuratova,  Muhabbat Qurbonboyeva va Mahfuza Begmuratova, yordamchi tarbiyachilar Gulnora Allomova,  Yorqinoy Xudoyberganovalar ustoz-shogird anʼanalari asosida ish olib borishmoqda. Ular yosh tarbiyachilarga malaka oshirish saboqlari,  zarur uslubiy yordam berish, ish jarayonida masʼuliyatli boʻlish koʻnikmalarini va tezkor amaliy yordamni taqdim etadilar.


MTT xodimlari 2021-2022-yil uchun Amudaryo tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan muhokama etilib, tashkilotning pedagogik kengashida tasdiqlangan reja asosida ish olib borishadi. 2021-2022 taʼlim-tarbiya yili davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlimga oid Farmon va farmoyishlari,  Vazirlar Mahkamasi hamda boshqaruv organlarining Qaror va buyruqlarini roʻyxatga olish va ularning ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Yuqori tashkilotlarning buyruq va boshqa hujjatlari MTT xodimlari tomonidan oʻz vaqtida rasmiylashtirilib, ijrosi taʼminlanadi. Reja va tadbirlar ishlab chiqilib, xodimlarga yetkaziladi va har chorakda Maktabgacha taʼlim boʻlimi axborot boʻlimiga xisobotlar topshiriladi.
Yillik rejaga kiritilgan pedagogik kengashlar, seminar va ochiq mashgʻulotlar oʻz vaqtida oʻtkaziladi va asosiy vazifalar pedagogik kengashda seminarlar, maslahat majlislari hamda ota-onalar yigʻilishlarida doimiy ravishda oʻrganib boriladi.
Ayni paytda MTTda yozgi sogʻlomlashtirish mavsumini mazmunli oʻtkazish maqsadida rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,  bolalarning salomatligini mustahkamlash, tabiiy omillardan keng foydalanish hisobiga bolalarni sogʻlomlashtirish va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini amalga oshirish, havo, quyosh, suv vannalaridan samarali foydanish,  tabiat qoʻynida mehnatni,  bilish faoliyati, turli xil taʼlimiy va harakatli oʻyinlarni tashkil etish, amaliy kuzatishlardan foydalanish ishlari olib borilmoqda.


Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni sogʻlomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish yozgi sogʻlomlashtirish davri - iyun-avgust oylarida amalga oshiriladi. Aynan yoz faslida bolalarning ochiq havoda koʻproq sayr qilishlari, tanasini chiniqtirish, harakatda boʻlish va salomatligini mustahkamlash uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qulay va zaruriy shart-sharoitlar yaratiladi. Shu bois,  MTT xodimlari yozda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan oʻtkaziladigan barcha tadbirlarni yengillashtirish,  qiziqarli va yorqin oʻtishini taʼminlash,  charchoqyozdi mashqlar, turli koʻngilochar tadbirlarni muntazam uyushtirish,  kichik sayrlarni tashkillashtirish,  ijodiy va amaliy ishlarni birgalikda bajarish, suv muolajalarini oʻrinli qoʻllash va alohida belgilangan kun tartibiga qatʼiy amal qilishadi. Yoz faslida yil davomida olib borilgan rivojlantirish markazlari va umumiy guruhlardagi taʼ limiy-tarbiyaviy faoliyat davom ettiriladi,  yaʼni davrga mos berilgan oy va lialtalar mavzulari asosida har kuni taʼlimiy faoliyat tashkil etiladi. Bunda kichik yoshdagi bolalarning rivojlantirish markazlari - qurish-yasash va matematika; syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish; til va nutq; fan va tabiat; sanʼatdagi erkin faoliyatlari hamda umumiy guruh (frontal)larda musiqa, nutq oʻstirish,  jismoniy tarbiya, badiiy adabiyot, elementar matematika, ikkinchi tilni oʻrganish mashgʻulotlari olib boriladi.


Ayni paytda MTTda qisqa muddatli 4 ta guruh “Ilk qadam” dasturi asosida faoliyat yuritmoqda. Unga koʻra,  ustoz-shogirdlik anʼanasi asosida taʼlim-tarbiya ishlari olib boriladi.
Guruhlarda taʼlim samaradorligini oshirish ishlari kuchaytirilgan tartibda amalga oshiriladi va MTT mudiri rahbarligida tarbiyachilar tomonidan dasturga kirgan barcha faoliyatlar uchun koʻrgazmali qurollar tayyorlangan. Qisqa guruhlarda 2 ta tarbiyachi,  2 nafar yordamchi tarbiyachi faoliyat koʻrsatadi. 1-2-qisqa guruh tarbiyachisi Mahfuza Begmuratova va yordamchi tarbiyachi Maʼmura Doʻschanova lar va 2-3-guruh tarbiyachisi Munira Oʻrazmetova va yordamchi tarbiyachi Saida Ortiqboyevalar bolaning individual ehtiyojini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga oid talablar hamda Davlat oʻquv-tarbiya dasturi asosida uning har tomonlama barkamol va yetuk rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan xonalarda mashgʻulotlar olib borishadi.


MTTda tarbiyachi-pedagoglar,  bola salomatligini mustahkamlash, uning harakatlanish ehtiyojlarini inobatga olgan holda ish yuritishadi.
Shuni alohida eʼtirof etish kerakki,  MTT moddiy-texnika bazasini yaxshilash va mustahkamlash maqsadida hovlidagi maydonchalarga turli gul koʻchatlari ekib,  obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yerdan unumli foydalanish maqsadida mevali daraxtlar tagiga osh koʻklar urugʻi sepildi. Koʻrinarli joyga tashkilot peshlavhasi,  tashkilot faoliyatini yorituvchi bannerlar ilib qoʻyilgan. Mevali va manzarali daraxtlarga  shakl berilib,  obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganligi bois,  MTT hududi yanada fayzli,  koʻrkam qiyofa kasb etgan. Bu esa bolajonlarning tabiatdan bahra olib,  yayrab oʻsishlarida eng muhim omildir.

Nilufar YuSUPOVA, 

22-sonli MTT mudirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019