16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 444

Qilichboylik mohir bogʻbon

Qilichboylik mohir bogʻbon

Ota-bobolarimiz “Yaxshidan bogʻ qoladi” – deb bekorga aytishmagan. Ekilgan har bir niholda insonning qalb-qoʻridagi butun mehri, mehnati mujassam boʻladi. Ekilgan oʻsha nihollar vaqtlar oʻtib, mevali yoki manzarali daraxtga aylanadi. U bogʻbonga toʻkin meva-chevalar hadiya etib, daromad manbaiga aylanish bilan birga xalqimiz dasturxoni toʻkin boʻlishini taʼminlaydi.

Yer bilan tillashib, uning barcha sir-asrorlaridan xabardor boʻlgan amudaryolik Hamro Rajabov mana 8-yildirki, bogʻdorchilik bilan shugʻullanib keladi.

Rajabovlar oilasining saʼy-harakatlari bilan tumanizning olis hududlaridan biri − Qilichboy ovulida fayzli va koʻrkam bogʻ yaratilgan. Umumiy yer maydoni 40 sotixni tashkil qiluvchi ushbu bogʻda ayni kunlarda sarxil mevalar pishib yetilib, manzarali daraxtlar koʻkka boʻy choʻzgan. Bogʻbon bogʻdagi har bir daraxtga oʻzgacha mehr beradi, asrab-avaylaydi, parvarish qiladi. Oʻz navbatida dehqon ham yerdan va bogʻdan moʻl hosil olib, farovon turmush kechirmoqda.

Hamro Rajabov har yili 10 ming tupdan ortiq koʻchatlar yetishtirib, hamqishloqlarini hamda tumanimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi aholini sifatli va hosildor koʻchatlar bilan taʼminlab keladi. Bogʻda olma, uzum, shaftoli, oʻrik, anjir, anor, umuman jannatmakon yurtimizda yetishtiriladigan koʻpchilik mevalarning turli navlari bor.

Bogʻbon ushbu koʻrkam va fayzli bogʻ orqasidan har yili 50 mln. soʻmdan ortiq daromad koʻradi. Bugungi kunda mevali va manzarali daraxtlardan payvandlash orqali yetishtirilgan koʻchatlar, mevali daraxtlardan olingan hosil oila iqtisodiyoti barqarorligiga xizmat qilib kelmoqda.

Bogʻbon Hamro Rajabov topilgan daromad ortidan farzandlarini oʻqitgani, uyli-joyli qilgani, yengil avtomobillar sohibi boʻlganini mamnuniyat bilan eʼtirof etadi. 80 tup oʻrik, 20 tup olma, 200 tup shaftolini parvarish qilish, undan olinadigan hosilni nest-nobud qilmay yigʻib-terib olish katta mehnat, tajriba hamda masʼuliyat talab etadi.

Bogʻning yanada gullab-yashnashi uchun bogʻbon har bir agrotexnik tadbirni kechiktirmasdan, oʻz vaqtida hamda maromiga yetkazib bajaradi. Daraxtlarni kerakli mineral oʻgʻitlar bilan vaqtida oziqlantirib turadi, yerni yumshatib, zararkunandalarga qarshi kurash ishlarini ham oʻz vaqtida amalga oshiradi.

Bugungi kunda Hamro Rajabov tumanimiz aholisini xavfsiz hamda arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga, narx-navo barqarorligiga hamda tuman iqtisodiyotining gullab-yashnashiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Qishloq xoʻjaligining bogʻdorchilik yoʻnalishi boʻyicha oʻzining tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan Hamro Rajabov mahalladoshlariga oʻrnak va namunadir.

Azaldan ota-bobolaridan meʼros qolgan mehnatkashlik va oqkoʻngillik, rostgoʻylik va saxiylik fazilatlari tufayli u bugun mahalladoshlari orasida alohida hurmatga va eʼtiborga ega.

Bogʻbonga hosili moʻl boʻlishini va yana uzoq yillar xalqimizni sarxil mevalar va manzarali daraxtlar koʻchatlari bilan taʼminlashda davom etishini, qilgan mehnatlarining rohatini koʻrish nasib qilishini tilaymiz!

F. Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019