17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 06:16
Jamiyat 👁 350

QILIChBOYLIKLAR NAVROʻZ BAYRAMINI KOʻTARINKI KAYFIYaTDA NIShONLAShDI

QILIChBOYLIKLAR NAVROʻZ BAYRAMINI KOʻTARINKI KAYFIYaTDA NIShONLAShDI

Navroʻz – yangilanish, yasharish ayyomi. Yurtimizga bahor fasli kirib kelishi bilan barcha hududlarda, el orasida Navroʻz shukuhi keza boshlaydi. Har gal orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan oʻtkazadigan Navroʻz bayrami hayot abadiyligi, tabiatning qudrati va cheksiz saxovatining, xalqimizning koʻp ming yillik milliy qiyofasi, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasidir.

Barcha joylarda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham Navroʻzi olam tantanalari keng nishonlanib, bayram tadbirlari barchaga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

23-mart kuni tumanning Qilichboy ovulida ham “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” shiori ostida joʻshqinlik bilan oʻtkazilgan bayram sayli koʻngillarga bahoriy iliqlik va goʻzallik olib kirdi.

Bayram saylida Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi Bahrom Qodirov, fuqarolar yigʻini raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Amina Yusupova hamda boshqa masʼullar, hududdagi maktablar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari jamoalari qatnashishdi.

Sayilgoh bayram tomosha qilish uchun kelgan ovuldagi katta-yu kichik aholi, yoshlar, otaxonu-onaxonlar bilan toʻldi. Azaliy urf-odatlarimizga muvofiq sayilgohda dasturxonlar bezatilib, bahoriy taomlar, shirmoy kulchalar-u patirlar, sumalak tortildi. Koʻklam goʻzalligiga mos atlas-u adras kiygan qizlar oʻzbekona odatlarga binoan kelinsalomlar bilan kelganlarni kutib oldilar.

Sayilga kelganlar maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari, koʻchalar faollari tomonidan tashkil etilgan milliy taomlar koʻrgazmasini zavq bilan tomosha qilishdi. Ularga milliy taomlar, Navroʻzning shoh taomi – sumalaklar tortiq qilindi.

Tadbirni ochib berish uchun soʻzga chiqqan Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi Bahrom Qodirov barcha qilichboyliklarni bayram bilan tabrikladi va bayram arafasida ovul hududida har bir xonadon, koʻchalar obodonlashtirilib, koʻchatlar oʻtqazilgani, qishloq mutlaqo yangicha qiyofa kasb etgani, bemorlar, koʻmakka muhtojlar holidan xabar olingani haqida soʻzladi.

Shuningdek, soʻzga chiqqan boshqa masʼullar ham ovul ahlini bayram bilan tabrikladi va dehqonlar eli boʻlgan Qilichboyning mehnatkash bobodehqonlari yuksak xirmon umidida allaqachon dalaga chiqib, ishga kirishgani, dastlabki qadalgan urugʻlar unib chiqa boshlaganini aytib, baraka tiladilar.

Shundan soʻng, ovuldagi Qilichboy madaniyat markazi tomonidan hududdagi 15-, 83-, 69-sonli maktablar va 22-, 27-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi. Dastur davomida turli xalq va sport oʻyinlari, lapar-u aytishuvlar, ayniqsa, boqiy qadriyatlarimizni namoyish etishga keng oʻrin berildi.

Markazdagi badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari, maktablar oʻquvchilari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining chiqishlari, ijro etilgan xalq ogʻzaki ijodi termalaridan namunalar, ona-Vatanni, tinchlikni, obod va ozod yurtimizni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar barchaga quvonch ulashdi. Dasturdan oʻrin olgan turli tomoshalar, sport oʻyinlari, milliy kurash va arqon tortishish oʻyinlari ham barchaga manzur boʻldi.

Sayilda qatnashgan qilichboyliklar mana shunday ulkan shodiyonalarga yoʻl ochib bergan, elimizni taraqqiyotning yorqin yoʻliga olib chiqqan istiqlolga shukronalar aytdilar. Bunday tantanavor kunlarning bardavom boʻlishini tilab, duoga qoʻl ochdilar.

“Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” shiori ostida oʻtkazilib, har bir kishining ruhiyatini yangilagan shu kungi Navroʻz sayli butun ovulga oʻzgacha tarovat baxsh etdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019