16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Siyosat 👁 550

Joʻqorgʻi Kenges deputati qilichboylik saylovchilar bilan uchrashdi

Joʻqorgʻi Kenges deputati qilichboylik saylovchilar bilan uchrashdi

Soʻnggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ayniqsa, davlat rahbarining xalq farovonligini taʼminlashga qaratilgan tashabbus va saʼy-harakatlari mamlakat taraqqiyotining asosiy tayanchiga aylanmoqda. Prezidentimizning xalqparvar siyosatlari tufayli barcha hududlar, jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ham jadal rivojlanib, xalq farovonligi va aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Bu jarayonda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari ham faol ishtirok etib, oʻz saylov okruglaridagi muammolarni oʻrganish, fuqarolarning fikr va takliflarini tinglash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish borasida tashabbuskorlik koʻrsatmoqda.

5-aprel kuni 32-Qilichboy saylov okrugidan Joʻqorgʻi Kenges deputati Sanobar Xoʻjamurotova Qilichboy ovulida saylovchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Uchrashuvda mahalla yettiligi aʼzolari, mahalliy aholi, yoshlar va turli sohalar vakillari ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur uchrashuv xalq va uning vakili oʻrtasidagi ishonch muhitini yanada mustahkamladi.

Deputat uchrashuv davomida soʻnggi uch oylik faoliyati yuzasidan hisobot berdi. U Prezidentimiz tashabbusi bilan Qoraqalpogʻistonga qaratilayotgan alohida eʼtibor, qabul qilingan qonun hujjatlari, ular asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, infratuzilmaviy loyihalar va bunyodkorlik ishlari haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Joriy yilda Amudaryo tumanida ijtimoiy va infratuzilma obʼektlarida qurilish hamda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun davlat va boshqa dasturlar doirasida 86 ta obʼektga 537,4 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi belgilangani alohida qayd etildi. Ushbu loyihalar aholi turmush sifatini yaxshilash va jamiyat ehtiyojlarini qondirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, uzoq yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar — ayniqsa, yozda qum-chang, yomgʻirli kunlarda esa loyga aylanadigan yoʻllar masalasi ham muhokama qilindi. 2025-yilning oʻzida tumandagi 107 km uzunlikdagi tuproq yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasi toʻshash rejalashtirilgan va bu boʻyicha ishlar davom etmoqda.

Sanobar Xoʻjamurotova hisobot davomida saylovchilar murojaatlari asosida 2 ta deputatlik soʻrovi yuborilgani, 14 nafar ehtiyojmand oilaning holidan xabar olingani, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilik bilan doimiy muloqot olib borilayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, u Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari qoʻmitasi faoliyati haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ichki yoʻllarni taʼmirlash, kommunal xizmatlar va ijtimoiy masalalar yuzasidan bir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Muammolarning ayrimlariga shu yerning oʻzida yechim topilgan boʻlsa, qolganlari boʻyicha tegishli deputatlik soʻrovlari yuborilishi maʼlum qilindi.

Uchrashuvdan keyin deputat Sanobar Xoʻjamurotova hududda yashovchi uch nafar yoshi ulugʻ, bemor onaxonlar holidan shaxsan xabar olib, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarni topshirdi.

Mazkur uchrashuv xalq vakillarining faoliyatidagi ochiqlik va jamoatchilik bilan muloqotning yorqin namunasi boʻldi. Xalq orasida yurib, ularning dardini tinglash va yechim topish — bugungi kun deputati uchun eng muhim mezonga aylangan.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019