16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:07
Siyosat 👁 287

“MENING MAHALLAM – MENING SUDYaM” GʻOYaSI OSTIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

“MENING MAHALLAM – MENING SUDYaM” GʻOYaSI OSTIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek fuqarolarning huquqiy masalalari yuzasidan muammolarini tizimli hal etish va aholining huquqiy ongini doimiy oshirib borish yuzasidan barcha hududlarda sud masʼullari tomonidan “Mening mahallam – mening sudyam” gʻoyasi ostida sayyor qabullar va uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Shu yil 17-avgust kuni Amudaryo tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi masʼullari ham Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida xuddi shunday sayyor qabul, fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etishdi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi Kamol Tarixov, Respublika Maʼmuriy sudi sudyasi Poʻlat Doshmuradov, Respublika sudi raisning oʻrinbosari, Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Abilay Adilov, Respublika sudi raisining oʻrinbosari, Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Abdimurat Kerimbayev, Respublika sudi sudyasi Oʻtkir Sabirov va mutasaddi tashkilot rahbarlari qatnashishdi.

Soʻzga chiqqan masʼullar dastlab sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida batafsil maʼlumot berishdi. Shuningdek, sohadagi tub oʻzgarishlar, eng avvalo, mamlakatimizda sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash, odil sudlov samaradorligini, shu orqali xalqimizning sudlarga boʻlgan qatʼiy ishonchini oshirish va munosabatini oʻzgartirishga qaratilganligini, ularning amaliyotga joriy etilishi bugungi kunda oʻzining ijobiy natijalarini koʻrsatayotganini taʼkidlashdi. Sud-huquq tizimidagi barcha islohotlar sudyalar mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, tizimni demokratlashtirish va takomillashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinishiga xizmat qilishini eʼtirof etishdi.

Shundan soʻng sud masʼullari sayyor tartibda qabul oʻtkazib, tuman fuqarolarining murojaatlarini qabul qilishdi. Qabulda 31 nafar fuqaro turli murojaatlar bilan ishtirok etdi. Fuqarolardan 5 nafari meros boʻlib qolgan uy-joyiga kadastr hujjat tayyorlash yuzasidan, 4 nafari farzandiga jarrohlik amaliyotini oʻtkazilishiga yordam soʻrab, 5 nafari oʻzining mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashish va boshqa masalalar yuzasidan amaliy yordam soʻrab, murojaat qilishdi. Barcha murojaatlar atroflicha oʻrganildi va fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralari koʻrildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi tumandagi “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan 7 nafar ayol-qizlarga bugungi kunda davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyoz va yengilliklar xususida maʼlumotlar, huquqiy maslahatlar berib oʻtdi. Shuningdek, ularga sovgʻa-salomlar ham topshirildi.

Tadbir Tosh yop ovulida davom ettirildi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi, oʻrinbosarlari, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasur Oʻrazboyev va Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Xayrulla Atamuradovlar shu hududda yashovchi fuqarolar bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning turli xil muammolari eshitilib, ijobiy hal etish choralari koʻrildi. Bundan tashqari, aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, mamlakatimizda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Jasur Oʻrazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019