16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:16
Jamiyat 👁 174

XOʻJALIKLARARO AVTOMOBIL YOʻLLARI HOLATINI YaXShILASh VA OBODONLAShTIRIShNI TAShKIL ETIShGA DOIR MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQLARI OʻTKAZILMOQDA

XOʻJALIKLARARO AVTOMOBIL YOʻLLARI HOLATINI YaXShILASh VA OBODONLAShTIRIShNI TAShKIL ETIShGA DOIR MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQLARI OʻTKAZILMOQDA

Amudaryo tumanida Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida “Tuman hududidagi ichki xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllari holatini yaxshilash va obodonlashtirish tashkil etish” mavzusida oʻn kun davom etadigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda.

Tuman hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2022-yil 30-sentyabr kungi tegishli buyrugʻiga asosan shu yil 1-oktyabr kuni Toʻlqin ovuli hududidan boshlangan ushbu maxsus-taktik oʻquv mashqiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, shtab boshligʻi Baxtiyor Oʻrazboyev rahbarlik qildi. Toʻlqin ovuli hududidagi ichki xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllari holatini yaxshilash va obodonlashtirishni tashkil etish maqsadida oʻtkazilgan mazkur maxsus-taktik oʻquv mashqiga 37 nafar shaxsiy tarkib va 17 ta maxsus texnikalar jalb qilindi.

Oʻquv mashqi mashgʻulotlari saf koʻrigi bilan boshlandi. Unda tuman Favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmasi quyi tizimi xizmatlari va fuqaro muhofazasi “Yigʻma komandasi”, jalb etilgan texnikalarning mashgʻulotlarga tayyorligi tekshiruvdan oʻtkazildi. Saf koʻrigi davomida mazkur tadbirning 1-oktyabrdan 10-oktyabrga qadar davom etishi, oʻquv mashqi davomida taʼmirlanishi kerak boʻlgan ichki yoʻllar xaritasi belgilab berilgani, hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi lozimligi tushuntirildi.

Shundan soʻng, tegishli tashkilotlar xodimlari va maxsus texnikalarni obodonlashtirish ishlariga jalb etishga doir topshiriqlar berildi va oʻquv mashqining amaliy qismi mashgʻulotlari boshlab yuborildi.

Maʼlumki, tumanda 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy muammolari eng koʻp boʻlgan Ayoqchi mahallasi hamda Toʻlqin ovuli hududlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgan.

Dastur doirasida jami 20,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan. Shundan respublika byudjetidan 10,8 mlrd. soʻm, Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy byudjeti mablagʻlaridan 5,1 mlrd. soʻm, tarmoq korxonalaridan 1,1 mlrd. soʻm, aholi, tadbirkor va homiylar mablagʻlari hisobidan 3,8 mlrd. soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.

Hozirgi kunda Toʻlqin ovuli hududidagi 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini 1 mlrd. 132 mln. soʻm mablagʻ evaziga mukammal taʼmirlash boʻyicha pudratchi tashkilot “Temir beton” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 1 mlrd. 75,3 mln. soʻmlik, yaʼni 95 foiz qurilish ishlari bajarilib boʻlindi va qolgan qismi belgilangan muddatga qadar tugatilishi moʻljallangan.

Hududda 4,4 km. uzunlikdagi gaz quvurlarini, 19 ta gaz taqsimlash punktlarini taʼmirlash rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kungacha 3 km. uzunlikdagi gaz quvurlari va 19 ta gaz taqsimlash punktlarini taʼmirlandi.

Shuningdek, 2 km. uzunlikdagi piyodalar yoʻlakchasini qurish ishlari “Sanjar diyor bilding” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Undan tashqari, tuman hokimligi va prokuraturasining tashabbusi bilan ovulning mazkur dasturga kirmay qolgan koʻchalariga tosh-shagʻal aralashmasi yotqizilmoqda.

Oʻquv mashqi mashgʻulotlari davomida jamoat tartibini saqlash va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrildi. Maxsus texnikalar uchun yoqilgʻi-moylash mahsulotlari oʻz vaqtida yetkazib berildi. Shu bilan bir qatorda oʻquv mashqiga jalb etilgan hasharchilarga dam olishi, ovqatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019