16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:58
Qishloq xoʻjaligi 👁 197

3 mlrd. soʻmlik bank krediti hisobiga ish boshlagan agrofirma samarali faoliyat yuritmoqda

3 mlrd. soʻmlik bank krediti hisobiga ish boshlagan agrofirma samarali faoliyat yuritmoqda

Parrandachilik – daromadli, shu bilan birga anchayin nozik soha. Parrandalar nafaqat goʻshti, tuxumi, balki pati uchun ham boqiladi. Bu soha hozirga kelib chorvachilikdagi asosiy yoʻnalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Buning sababi – parranda boqish katta xarajat talab qilmaydi, saqlash inshootlari ham juda oddiy.

Mutaxassislar fikricha, iqtisodiy yetakchi davlatlarda ham parrandachilikka katta eʼtibor qaratiladi. Chunki, aynan parrandachilik aholini goʻsht, umuman, oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi, shuningdek, aholini ish bilan band boʻlishiga hissa qoʻshadi.

Amudaryo tumanining Beshtom mahallasi hududida joylashgan “Oʻrta qalʼa chorvadori” agrofirmasida parrandachilikning goʻsht yoʻnalishi boʻyicha 40 mingta joʻja yetishtirilmoqda.

Firma rahbari Gʻulomjon Rasulovning takidlashicha, Oʻzbekistonda parranda goʻshti va tuxumga boʻlgan talab juda yuqori boʻlib, mazkur soha bilan shugʻullanish uchun tumanning oʻzida barcha sharoitlar mavjud.

– Otam Erkin Rasulovning yoʻl-yoʻriqlari va koʻrsatmalari bilan 2020-yilda 3 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli kredit olib, ushbu agrofirmani ochdim. Dastlab, ish faoliyatimizni 10 ming joʻja boqishdan boshlaganmiz. Oʻsha vaqtda qoʻl ostimda 3 nafar ishchi bor edi. Hozir esa 12 nafar ishchimiz bor, deydi tadbirkor Gʻulomjon Rasulov.

Joʻjalar Toshkent va Guliston shaharlaridan olib kelinadi. Ular 28-30 kun davomida boqilib, sof vazni 1 kg 800 gr va 2 kg boʻlgandan keyin shu yerning oʻzida soʻyilib, tozalanadi va doʻkonlarga tarqatiladi.

Joʻjalarni boqish jarayoni 3 davrga boʻlinadi. Birinchi davr – kunlik tiklanish davri, ikkinchi davr – oʻsish davri va uchinchi davr – yetilish davri. Eng oxirgi 10 kunlikda joʻjalar soʻyish uchun tayyor holatga keladi deydi.

Tadbirkor uy sharoitida parranda yetishtirish va undan foyda olish sirlari, yuqori kaloriyali ozuqa tarkibi, parranda yetishtirishda eʼtibor berish kerak boʻlgan asosiy jihatlar haqida ovuldoshlariga ham kerakli maʼlumotlar berib boradi.

Uning aytishicha, parranda uchun baxor va yoz fasli gʻoyat qulay sharoit hisoblanadi. Jonivorlar ana shu faslda tez voyaga yetib, kuz oylarida tuxum bera boshlaydi. Sogʻlom parranda yetishtirish va undan koʻplab tuxum olish uchun parvarishga faqat sogʻlom, tirik vazni 35-40 gramm boʻlgan, harakatchan, oyogʻida mustahkam turuvchi, yaxshi patli va qanotlari gavdasiga mustahkam qisilgan joʻjalar tanlanadi. Bu bilan esa goʻshti va tuxumi uchun boqiladigan parrandalarni baravariga yetishtirish imkoni boʻladi.

Oʻylaymizki mehnatkash tadbirkorning parrandachilik sohasidagi faoliyati ushbu sohaga qiziqqan insonlar uchun foydali boʻladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019