16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:34
Salomatlik 👁 3,214

YoShLAR - SOGʻLOM TURMUSh TARZI TARAFDORI

YoShLAR - SOGʻLOM TURMUSh TARZI TARAFDORI


Sharofiddin BOLTABOYeV,

dzyu-do kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempioni, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi:

- Men oʻzimcha mustaqil ravishda sport bilan shugʻullana boshlaganimda besh yoshda edim. Esimda: Oʻzbekiston teleradiokanalining sport telekanali orqali beriladigan koʻrsatuvlarning barchasini qoldirmasdan tomosha qilardim. Ayniqsa, dzyu-do kurashi musobaqalari jon-u dilim edi. Tuman ichki ishlar boʻlimida xizmat qiluvchi dadam Poʻlat Rahimov mening qiziqishlarimni qoʻllab-quvvatlagan birinchi maʼnaviy ustozim boʻldi. 2-sonli BOʻSM da ilk mashgʻulotlarni sportdagi ustozim Alisher aka Rahimov rahbarligida boshladim. Alisher aka menga dzyu-do kurashining sir-asrorlarini erinmay oʻrgatdilar. Koʻplab musobaqalarda gʻolib boʻlishim uchun men bilan bab-baravar mehnat qildilar.

Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida mamlakatimizda bolalar sportigajiddiy eʼtibor qaratilayotganida juda katta maʼno bor. Chunki, sport - insonni nafaqat jismonan, balki ham maʼnan, ham aqlan chiniqtiradi. Buni men oʻz tajribamdan bilaman. Boʻy-bastim, suyak muskullarimning rivojlanishi sport bilan shugʻullanmaydigan tengdoshlarimnikidan tamoman farq qilishini oʻzim his etaman. Hatto sport insonga oʻz orzu-maqsadlari sari dadil intilishni, oʻziga nisbatan talabchan, qatʼiyatli boʻlishni oʻrgatadi. Agar eʼtibor bergan boʻlsangiz, sportchilarda ajoyib bir xislat bor. Bu–oldinga, faqat oldinga intilish, vatanparvarlik tuygʻusi.

Men koʻplab xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, oʻzimning sport bilan hamnafas hayotimdan faxrlanganman. Bu–milliy gʻurur tuygʻusi. Gʻolib sportchining sharafiga Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarilib, davlat madhiyasi yangragan lahzalarda shunday ulugʻ yurt–Oʻzbekiston farzandi ekanimdan quvonib ketaman.

Sport–mening hayotim mazmuni, kafolatli mustahkam sogʻligim garovi, menga el ichra hurmat, obroʻ, eʼtibor keltirgan sharafli mashgʻulot. Men barcha tengdoshlarimning sport bilan oshno boʻlishlarini juda-juda istayman.


Hamida RAJABOVA, 1-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining stol tennisi boʻyicha murabbiyi:

- Tumanimizdagi 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sportning stol tennisi turi boʻyicha shugʻullanuvchi bolalar koʻpchilikni tashkil etadi. Koʻpchilik: "stol tennisi juda oddiy sport turi-ku”, deb oʻylashadi.

Men shunday fikrlovchilarga: "avvalo bu sport bilan bir shugʻullanib koʻring, xulosa qilishga shoshilmang,”–degim keladi. Chunki, stol tennisi eng avvalo goʻzallik, aniq va sezgir, epchil harakatlar sporti. Bu sport turi insonning irodasini charxlaydi, sezish qobiliyatini yaxshilaydi, teran fikrlashga oʻrgatadi.

Muhtaram Prezidentimiz sportning ushbu turiga mustaqillikning ilk yillaridanoq alohida eʼtibor qaratganlari ham bejiz emas. Chunki dunyoga mashhur tennischilarning barchasi katta tennis sari ilk qadamni stol tennisi musoboqalaridan boshlashgan.

Insonda sezgirlik, xushyorlik, epchillik sifatlari bir-biriga uygʻun tarzda shakllanishda stol tennisining ahamiyati juda katta. Bundan tashqari, qon aylanish tizimida nuqsoni bor kishilar, koʻrish qobiliyati pasaygan insonlar tennis sporti bilan shugʻullansalar, albatta, kasalliklardan forigʻ boʻladilar. Aniq maqsad sari intilish hissini uygʻotishda tennis sportiga teng keladigani yoʻq. Hatto zamonaviy tibbiyot mutaxassislari ham irodasi sust bemorlarga tennis yoki shaxmat oʻynashni tavsiya qilishadi.

Mening shogirdlarim juda koʻp. Ulardan Faxriddin Rajabov, Mohira Imomqulova, Shavkat Matyoqubovlarni bugungi kunda tumanimizdan tashqarida ham yaxshi bilishadi. Ular bir necha marta Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqalarning sovrindorlari boʻlishgan. Ana shu bolalarning sport maktabimizga ilk qadam qoʻygan kundagi holati koʻz oldimdan ketmaydi: tortinchoq, uyatchan bolalar edilar. Bugun ular bilan bir suhbat qurib koʻring, aslo zerikmaysiz. Ularning fikrlari teran, irodasi kuchli, oʻzlarining oldiga qoʻygan aniq maqsadlari bor. Eng muhimi, har jihatdan sogʻlom, qaddi-qomatlari koʻrkam.

Demak, sport – bolani ham chiniqtiradi, aqlan va jismonan shakllantiradi. Bolaning bunday rivojlanishi–mustahkam sogʻlikdan dalolat. Bunday bola maktabda fanlarni yaxshi oʻzlashtiradi, ezgu orzular ogʻushida yashaydi. Bola dilida orzu uygʻonsa, oʻziga nisbatan ishonch hissitugʻiladi. Oʻziga ishonch tuygʻusi bilan u oʻz kelajagini yaratishga qodir inson sifatida shakllanadi.

Stol tennisi, umuman olganda sportning barcha turlari insonning har tomonlama kamolotga yetishuvida muhim omil – sogʻlom turmush tarzining eng maqbul mezonidir.

***

Sogʻlom turmush tarzi – bu faol mehnat, kuchli jismoniy va ruhiy holat, oʻta xavfli va zararli taʼsir koʻrsatuvchi omillarni yenga oladigan, yetuklikka intiluvchan shaxsning shakllanish jarayoni boʻlib, uning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

- toʻgʻri va ratsional ovqatlanish;

- harakatli turmush va badantarbiya;

- kun va ish tartibini biologik qonuniyatlar asosida tashkil qilish;

- jinsiy tarbiya, sogʻlom oila;

- ruhiy osoyishtalikni taʼminlash;

- zararli odatlardan voz kechish;

- shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish;

- baxtsiz hodisa va jarohatlardan ehtiyotkorlik;

- sogʻlom turmush tarzi haqida bilim va malakaga ega boʻlish.

Aziz yoshlar! Keling, Siz ham sogʻlom turmush tarzini tanlang!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019