16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:10
Jamiyat 👁 291

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini hayotga tatbiq qilish masalasida yigʻilish oʻtkazildi

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini hayotga tatbiq qilish masalasida yigʻilish oʻtkazildi

Davlat muttasil rivojlanar ekan, huquqbuzarliklarni sodir etish turlari ham murakkablashib boradi. Shu bois, bugun mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish va amalga oshirish nafaqat ichki ishlar organlarining, balki huquqni muhofaza qiluvchi barcha tashkilotlar faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi.

4-aprel kuni Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Oybek Kamolov ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda tumandagi fuqarolar yigʻini raislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar yetakchilari ham ishtirok etishdi.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev olib bordi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 30-mart kungi “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining mazmun-mohiyati keng tarzda tushuntirildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Oybek Kamolov huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlarning bugungi holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda mahalla va mahallalardagi yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari hamda profilaktika inspektorlarining oʻrni haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ishlashni tashkil qilish va uni amalga oshirish mexanizmlari haqida maʼlumot berildi.

Bunda avvalo, ijtimoiy profilaktika obʼekti boʻlgan shaxslar toifasiga bandligi taʼminlanmagan, mehnatga layoqatli va doimiy daromad manbaiga ega boʻlmaganlar, alkogol, qimor, tavakkalchilikka ruju qoʻygan yoshlar, nizoli oilalar hamda boshqa salbiy illatlarga ega boʻlgan shaxslar kiritilishi aytib oʻtildi.

Endilikda mana shunday fuqarolarni barvaqt aniqlash va ularning jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida profilaktika inspektori aholini “xonadonbay” va “fuqarobay” oʻrganishi zarurligi taʼkidlandi.

Mahalla raislari va xotin-qizlar faollari oʻz mahallasidagi nizoli oilalar bilan muntazam ravishda muloqotni yoʻlga qoʻyishi, ularni yarashtirishga erishishi lozimligi ham qayd etib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, hokim yordamchisi bandligi taʼminlanmagan aholining ish bilan band boʻlishiga, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashishi zarur. Yoshlar etakchisi esa, yoshlar bilan tizimli ravishda ishlashishi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazib, har xil qimor oʻyinlari va alkogol mahsulotlariga ruju qoʻyishining oldini olishi zarur.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangidan tatbiq qilinayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ichki ishlar organlarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan “Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori oʻylaymizki, mahallalar obodligi va osudaligi, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019