16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Madaniyat 👁 283

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA BOLALAR UChUN TEATR TOMOShALARI TAShKIL ETILDI

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA BOLALAR UChUN TEATR TOMOShALARI TAShKIL ETILDI

Xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishda badiiy adabiyotning oʻrni, taʼsiri va ahamiyatini yanada oshirish, adabiyot, musiqa, badiiy-amaliy sanʼat ravnaqiga hissa qoʻshish boʻyicha joylardagi kabi tumanimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Havaskor shoirlar va yozuvchilar, ijodkorlar, sanʼatkorlar, badiiy va amaliy sanʼat ustalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatlarini roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qilichboy madaniyat markazida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti hamda “Mening oilam” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” Oliy majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlovchi Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan grant loyihasining ish rejasiga koʻra teatr tomoshalari uyushtirildi. Tomoshaga hududdagi maktablar oʻquvchilari, nogironligi boʻlgan yoshlar, kam taʼminlangan oilalar farzandlari taklif etildi. Shuningdek, hududdagi maktablarning boshlangʻich sinf oʻquvchilari ham oʻqituvchilari hamrohligida ishtirok etdilar.

Yosh tomoshabinlar eʼtiboriga Qilichboy madaniyat markazidagi drama toʻgaragining “Yosh tomoshabinlar” teatr guruhi tomonidan “Ertaklar olami” deb nomlangan sahna koʻrinishi havola etildi. Unda jaholat ustidan maʼrifat doimo gʻalaba qozonishi eratk qahramonlari ijrosida aks ettirildi.

Toʻgarak rahbari va rejissyori Mirsaid Qodirov sahnalashtirgan bu teatr tomoshalari oʻquvchilar koʻnglida ulkan hissiyotlar uygʻotdi. Boʻri rolidagi Oʻlmas Xudoyberganov, Quyon rolidagi Damin Shuhratovlarning mohirlik bilan amalga oshirgan ijrolari bolalarni haqiqiy ertaklari olamiga olib kirdi.

Taʼkidlash joizki, yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni mafkura maydonining turli xurujlaridan ishonchli himoya qilish maqsadida taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari, sport tadbirlari, kontsert dasturlari, ekskursiyalar va shu kabi vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Ayni paytda muhim ahamiyat kasb etib kelayotgan – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus ham bu boradagi vazifalarni yuqori darajada amalga oshirishga asos boʻlmoqda.

Tumanimizning Qilichboy ovuli markazida joylashgan Qilichboy madaniyat markazi xodimlari bu borada salmoqli ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Ayniqsa, mazkur markazda 4-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan yosh tomoshabinlar havaskor drama toʻgaragi aʼzolari oʻzlarining ijodiy mehnatlari bilan el olqishiga sazovor boʻlib kelmoqdalar. Toʻgarakning 12 nafar aʼzosi ertaklar asosida teatr tomoshalari koʻrsatib, yosh tomoshabinlarga ulkan zavq-shavq ulashib kelmoqdalar. Toʻgarak aʼzolari yaqinda Taxtakoʻpir tumanida 27-mart – Xalqaro teatr kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan anjumanda “Umid uchqunlari” nomli dasturi bilan qatnashib, respublika miqyosida sovrindor boʻlib qaytdilar. Yil boshidan buyon maktabgacha taʼlim muassasalarida teatr tomoshalari koʻrsatib kelgan toʻgarak aʼzolari endilikda maktablarning boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ham teatr tomoshalarini sahnalashtirishni reja qilishgan.

Grant loyihasi rejasiga koʻra oʻtkazilgan teatr tomoshalari davomida toʻgarak havaskorlari Sevinchoy Jumaboyeva, Diyorbek Poʻlatovlar ijro etgan qoʻshiqlar bolalarning quvnoq raqslariga ulanib ketdi. Teatr tomoshalari ijodkorlari bolajonlarga juda katta zavq ulashishdi.

Oʻ.REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019