16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Adabiyot 👁 286

QANGLI OVULIDA GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “KOʻChMA KUTUBXONA” TADBIRI TAShKIL ETILDI

QANGLI OVULIDA GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “KOʻChMA KUTUBXONA” TADBIRI TAShKIL ETILDI

Kitobni bilimlar sarchashmasi deymiz. Darhaqiqat, bu chashmadan bilimga boʻlgan har qancha ehtiyoj, chanqoqlikni qondirish mumkin. Insonning eng yaqin maslahatchisi, doʻsti va bilimlar manbai boʻlgan kitob biz uchun juda qadrli. Maʼnaviyat va dunyoqarashni yuksaltiruvchi manbaa boʻlgan kitoblarni oʻqigan inson boshqalardan oʻzining yuksak tafakkuri, dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Shu bois yurtimizda kitobxonlar safini kengaytirish, yoshlarni kitob mutolaasiga undash va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada turli tadbirlar, tanlovlarni oʻtkazish keng yoʻlga qoʻyilgan.

24-may kuni Qangi ovulidagi 29-sonli maktabda oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlikka jalb etish maqsadida “Koʻchma kutubxona” tadbiri tashkil etildi. Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan ushbu tadbirda televideniye xodimlari, maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni maktab direktori Bahrom Saparov ochib berdi va maktabda oʻquvchilarni kitobxonlikka jalb etish, kitob oʻqishga qiziqtirish borasida amalg oshirilayotgan chora-tadbirlar, erishilayotgan natijalar xususida soʻzladi. Maktab kutubxonasida yaratilgan sharoitlar, darsliklardan tashqari keltirilayotgan va oʻquvchilarga foydalanishga berilayotgan turli adabiyotlar xususida ham aytib oʻtdi. Shundan soʻng, Amudaryo televideniyesi xodimlari soʻzga chiqib, yoshlarning maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish maqsadidagi “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida hududlarda oʻtkazilayotgan tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlarga “Taraqqiyot koʻzgusi” tahririyati qoshida tashkil etilgan “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, tashkilotning 4 ming dona kitob fondiga ega kutubxonasi faoliyatiga ham keng toʻxtalib oʻtildi. Kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, ularning turlari, barcha yoshdagi kitobxonlarga mosligi, yangi keltirilgan kitoblar, kutubxonaning chekka hududlardagi filiallari xususida ham maʼlumotlar berildi. Shuningdek, tadbirda kitobning inson qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, odamlarda mehr-oqibat tuygʻularini kamol toptirishdagi oʻrni, kitob oʻqigan kishining maʼnaviyati yuksalib, dunyoqarashi kengayib borishi alohida taʼkidlandi.

Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari ham oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ularning badiiy adabiyotga qiziqishini oshirish maqsadida “Adabiyotga eʼtibor – kelajakka, maʼnaviyatga eʼtibor”, “Kutubxona maʼnaviyat maskani”, “Eng faol kitobxon” kabi tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgani, bu kitobxon yoshlar safi ortishida muhim ahamiyat kasb etayotganini eʼtirof etishdi. Oʻquvchi-yoshlar tadbirga olib kelingan kutubxona kitoblari, taniqli adiblarning asarlari bilan tanishib chiqishdi va sevgan adiblarning boshqa asarlari, kerakli boʻlgan turli adabiyotlar xususidagi oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berishdi.

Koʻchma kutubxona tadbirida turli adabiyotlar bilan tanishgan oʻquvchi-yoshlar boshqa kitoblardan ham bahramand boʻlish istagini bildirishdi va “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining kutubxonasiga aʼzolikka qabul qilishni soʻrashdi. Tadbir tashkilotchilari kutubxonaga yozgi taʼtil davomida ota-onalari bilan birgalikda tashrif buyurishga taklif qilib, u yerda kitob mutolaa qilish uchun yaratilgan sharoitlarni ham aytib oʻtishdi.

Kitob – inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalitdir. Saodatga erishish istagida turli kitoblarni mutolaa qilish, ulardan ilm izlash eng toʻgʻri yoʻl hisoblanadi. Grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Koʻchma kutubxona” tadbiri yoshlarning kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019