16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:21
Jamiyat 👁 354

XOTIRALARDA MANGU YaShAYoTGAN FIDOYI USTOZ

XOTIRALARDA MANGU YaShAYoTGAN FIDOYI USTOZ

Yaqin doʻst-u  birodarlar davralarida bir ibora juda koʻp ishlatiladi: “Hayot – karvon, biz - yoʻlovchi”.

Ha, azizlar, hayot hech qachon toʻxtamaydigan, tin olmaydigan karvon. Inson ana shu karvonda doimiy yoʻlovchi, koʻzlagan manzillari tomon tinimsiz yoʻl bosaveradi. Yoʻllar esa hech qachon tep-tekis emas. Bu yoʻllarda tadbirli, ilmli, xalqparvar, mehr-oqibatni oʻz hayot yoʻlida asosiy  shior qilib olgan insonlar atrofidagilarning ham, yaqinlari va el-u yurtning ham hurmatiga, eʼzoz-eʼtirofiga sazovor boʻladilar. Asli qozoq millatiga mansub Nazarimbat ota Almurodov ana shunday hurmat va eʼzozga munosib inson edilar.

Butun umrini Amudaryo tumanining qishloq xoʻjaligini, taʼlim-tarbiya sohasini rivojlantirishga bagʻishlagan Nazarimbat ota Almurodovning oʻzi hayotligida xalqiga, mahalladoshlariga qilgan yaxshiliklari, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga qoʻshgan ulkan hissasi hamon el-yurt eʼtirofida, goʻzal xotiralarda yashayotgani ham ana shu samimiy  hurmat va eʼzoz tufayli. Zero, elim, yurtim, degan fidoyilar oʻz elining yuragida mangu yashab qoladi.

Nazarimbat Almurodov 1928-yilda hozirgi  Choykoʻl ovulida, dehqon oilasida tugʻildi. U avval qishloqdagi boshlangʻich maktabda, soʻngra 1-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil oldi. Dastlabki mehnat faoliyatini 1942-1943-yillarda oʻsha davrdagi Qipchoq tumani prokuraturasida ish yurituvchi vazifasida ishlashdan boshlagan Nazarimbat Almurodov 1943-yilda oʻqituvchilar tayyorlash qisqa kursini tamomlab, 1961-yilgacha oʻz qishlogʻidagi maktablarda avval oʻqituvchi, keyinchalik ilmiy boʻlim mudiri, maktab direktori lavozimlarida ishladi. Ishdan ajralmagan holda oliy maʼlumot oldi. U taʼlim sohasida ishlasa-da, doimiy ravishda ijod bilan shugʻullandi. 1961-1970-yillar oraligʻida Toʻlqin va Doʻstlik jamoa xoʻjaliklarida partiya tashkiloti kotibi sifatida siyosiy faoliyat olib borgan davrlarida ham ijod qilishdan aslo toʻxtamadi. Hatto 1970-1973-yillarda “Amudaryo haqiqati” gazetasida boʻlim mudiri, muharrir oʻrinbosari vazifalarini mahorat bilan ado etdi. 1973-yildan to 1988-yillargacha Choykoʻl ovulidagi umumtaʼlim maktablarida oʻqituvchi boʻlib ishladi va yuzlab yoshlar qalbiga maʼnaviyat nurlarini olib kirdi.

Nazarimbat Almurodov hayot  karvoni aro 76 yillik sermazmun, mohiyatan xalqi, Vataniga payvasta goʻzal umr gulshanini yaratdi. U ustoz sifatida yuzlab yoshlarning orzulariga qanot bagʻishladi, ularni el-u yurtga kamarbasta insonlar qilib tarbiyaladi. Ijodkor sifatida minglab sheʼriyat, maʼnaviyat ixlosmandlarining qalblariga oʻzining ezguliklarga, doʻstlik va tinchlikka chorlaguvchi joʻshqin sheʼriyati bilan koʻtarinki ruh bagʻishladi. Mahalladoshlarining toʻy-marosimlarida aziz xalqiga mehrini sheʼrlarida madh etdi.

Ovulimning ul shetinde turkpenim,

Bu shetinde boshqurd, qazaq, tatarim.

Qoʻylar soʻyar oyogʻimning astina,

Oʻzbek, qaraqalpaq bari qoʻstarim.

 

Safarboy, Ametxoʻja nagʻz oʻzbegim,

Miyrini toʻseydi keler joʻlima.

Doʻstlarim bar boʻlsin, mening tilegim,

Qoʻllari tiyib tursin, mening qoʻlima.

 

Shinin aytsam, men oʻzim qazaq,

Doʻgeregim toʻli qaraqalpaq.

Qayda boʻlsaq, tamir bir-gʻoʻy.

Sagʻintirmang doʻstlar, uzaq.

 

Sagʻinamin, - dep, - koʻrmesem,

Qoʻsiq jazar magʻan Baltaq.

Xapa boʻlar bir barmasam,

Ham Jaylixan, ham Januzaq.

Deb kuylab oʻtgan Nazarimbat otani joriy yilning 10-iyun sanasida el-u xalqi, doʻst-u yoronlari dildan xotirladilar. Mangʻit shahridagi “Istiqlol” toʻyxonasida Nazarimbat Almurodovning farzandlari yozgan xudoyi dasturxon atrofida jam boʻlgan choykoʻllik, toʻlqin ovullik, Amudaryo tumanining deyarli barcha hududidan kelgan shogirdlari, xesh-aqrabolari, doʻstlari otaxon bilan bogʻliq shirin xotiralarini yodga oldilar. Qardosh Qozogʻiston davlatidan tashrif buyurgan mehmonlar Nazarimbat ogʻa oʻz sheʼrlarida yozganlariday, bu aziz insonning oʻzi hayotligida “qoʻllari-qoʻllariga tegib turgan” qadirdonlari mehr-muhabbat bilan qadrdoshlik, qondoshlik muhabbatlarini izhor etdilar.

Ulugʻ Tangri nomini zikr etib yozilgan fayzli dasturxondan totingan marosim ishtirokchilari Nazarimbat ota Almurodovning ezgu xislatlari, ibrat va hikmatlarga toʻla hayot yoʻli, bu insondan olgan hayot darslari xususida toʻlqinlanib soʻz yuritdilar.

Marosimda Qurʼon oyatlaridan tilovatlar aytilib, Nazarimbat ota Almurodovning haqlariga duolar qilindi. Farzandlariga omonlik, Nazrimbat ota shajarasiga bardavomlik, el-yurtga tinchlik, farovonlik tilagan xotira marosimi ishtirokchilari bir-birlariga hayot karvonida Nazarimbat ota kabi ulugʻ manzillarni quchib yashash barchaga yor boʻlishini tiladilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019