16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:37
Siyosat 👁 324

KOʻChABOShChI AYoLLAR IShTIROKIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

KOʻChABOShChI AYoLLAR IShTIROKIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Yurtimizda oilalar tinch-osoyishtaligini taʼminlash, aholi, xususan ayol-qizlar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, ularning oʻz hayotlaridan rozi boʻlib yashashlariga erishish borasidagi chora-tadbirlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Bugungi kunda “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan ezgu gʻoya turmushimizning barcha sohalarida oʻzining yaqqol ifodasini topayapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining buyrugʻiga koʻra, qoʻmita tizimida jamoatchilik asosida “Koʻchaboshchi ayollar” tuzilmasining tashkil etilgani ham xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirishga, xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirishga, ularning muammolarini xonadonboy oʻrganish va hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu maqsadda respublika boʻyicha mahallalardagi xotin-qizlar faollariga koʻmaklashuvchi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi 111 ming 241 nafar koʻchaboshchi ayollar roʻyxatga olindi. Ular oʻzlari istiqomat qiladigan koʻchada faol, koʻpni koʻrgan, boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan faxriy onaxonlardir.

Ularning zimmasiga oʻz hududlaridagi oilalarda notinchliklar yuzaga kelganda bartaraf etishga harakat qilish, bu haqda fuqarolar yigʻinlari masʼullarini xabardor qilish, aholi, yoshlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish, erta nikoh, qarindoshlar orasidagi nikohlarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida asosli targʻibotlar olib borish yuklatilgan.

Butun mamlakatimizda boʻlgani singari Amudaryo tumanining ovul, mahalla, shaharchalarida ham koʻchaboshchi ayollar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Koʻchaboshchi qilib roʻyxatga olingan faol ayollar oʻz hududlarida xonadonboy yurish orqali oilaviy tadbirlarni tartibga solish, mahallaning ichki tartiblarini tushuntirish, oilalar tinch-osoyishtaligiga xavf tugʻdiruvchi holatlarning oldini olish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning odobli, maʼnaviyatli boʻlib kamolga yetishiga koʻmaklashish borasida xotin-qizlar faollariga yaqin koʻmakchi boʻlishayotir.

4-iyul kuni Mangʻit shahridagi Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini binosida mahalla Koʻchaboshchi ayollari bilan tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova uchrashib, amalga oshirilayotgan ishlar, galdagi dolzarb vazifalar xususida suhbatlashdi.

Uchrashuvda shuningdek, Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini raisi Roman Roʻzmetov, xotin-qizlar faoli Mohira Oʻrozboyeva, 11 nafar koʻchaboshchi ayollar, mahalla faollari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Soburova, Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini raisi Roman Roʻzmetov, xotin-qizlar faoli Mohira Oʻrozboyevalar koʻchaboshchi ayollar faoliyatiga yaxshi baho berishib, mamlakatimiz ulkan siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Prezident saylovi arafasida turgan bir vaqtda ularning aholi orasida toʻgʻri targʻibot-tashviqot olib borishlari juda muhim ekanligini taʼkidladilar.

Uchrashuvda koʻchaboshchi ayollar oʻzlariga bildirilgan ishonchni oqlashga soʻz berishdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019