16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:11
Siyosat 👁 556

Amudaryoliklar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishdi

Amudaryoliklar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishdi

9-iyul kuni mamlakatimiz tarixidagi muhim siyosiy jarayon − muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi. Prezidentlikka nomzod sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Hamzayev, Xalq demokratik partiyasidan Ulugʻbek Inoyatov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Maxmudovalar koʻrsatilgan edi. Yurtdoshlarimiz saylov kuniga qadar nomzodlarning Oʻzbekistonni har tomonlama rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishib, shu kuni oʻzlari munosib deb bilgan nomzodga ozoz berdilar.

Ovoz berish jarayoni Amudaryo tumanidagi barcha saylov uchastkalarida ham uyushqoqlik bilan boʻlib oʻtdi. Doʻstlik mahallasi hududida joylashgan 91-sonli saylov uchastkasida ham ertalabdan odam gavjum boʻldi. Mahalla faollari, koʻcha boshchilari va nuroniylarning saylov kunigacha joylarda olib borgan targʻibot ishlari natijasida aholi saylov uchastkalariga kelib, ovoz berish jarayonida faol ishtirok etdilar.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ham mazkur saylov uchastkasiga tashrif buyurib, oʻz konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda oʻzi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Ovoz berish jarayoni Olmazor mahallasi hududida joylashgan 95-sonli saylov uchastkasida ham yuqori kayfiyatda uyushqoqlik bilan boʻlib oʻtdi. Saylov kuniga qadar mazkur saylov uchastkasi ham boshqa saylov uchastkalari singari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur adabiyot hamda qoʻllanmalar bilan toʻliq taʼminlanib, ovoz berish kabinalari va qutilari saylovchilar uchun taxt qilib qoʻyildi. Yurtdoshlarimiz oʻzining, farzandlarining, yaqinlarining kelajagiga befarq boʻlmagan holda eng munosib nomzodni tanlab, ovoz berishdi.

Beruniy mahallasi hududida joylashgan 94-sonli saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayoni ertalabki 8:00 dan boshlandi. Hamyurtlarimizning koʻpchiligi oʻz oila aʼzolari bilan birgalikda saylov uchastkasiga kelib ovoz berdilar. Oʻz fuqarolik huquqidan foydalangan har bir yurtdoshimiz Vatanimiz taqdiriga befarq emasliklarini, oʻzi tanlagan nomzodga ovoz berish orqali koʻrsatishdi.

Prezident saylovida Xitoy ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi saylovchilar 120-sonli saylov uchastkasiga borib ovoz berdilar. Ovoz berish jarayonlarida saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi. Siyosiy partiyalar vakillari boʻlgan kuzatuvchilar ham zarur sharoitlar bilan taʼminlandi. Oqsoqollar, koʻcha boshchilari, koʻcha sardorlari va ularning oila aʼzolari ayniqsa oʻz faolligini koʻrsatishdi. Har bir koʻcha boshchisi oʻz koʻchasida istiqomat qiluvchi qoʻshnilari bilan birgalikda kelib, oʻzlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdilar.

Shu kuni Qilichboy ovulida yashovchi yoshlar – Bunyod Xudoybergenov va Iroda Alimovalar oila qurishdi. Yosh kelin-kuyovlar oʻzlari roʻyxatga olingan 106-sonli saylov uchastkasiga borib, Prezident saylovida ishtirok etishdi va oʻzlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdilar.

Mahalla faollari yosh oilaning kelajakda eng baxtli oilalardan biri boʻlishlarini, qurayotgan oilasi mustahkam boʻlishlarini tilab duo qildilar va oʻzlarining oq fotihalarini berdilar.

Imkoniyati cheklangan, shifoxonada davolanayotgan, xizmat vazifasini bajarayotgan va boshqa sabablarga koʻra saylovga bora olmagan fuqarolarning ham konstitutsiyaviy huquqi taʼminlandi. Ularning shu paytda boʻlib turgan muassasalariga sayyor qutilar olib borilib, ovoz berish jarayoni tashkil etildi.

Respublikamizdagi barcha joylarda boʻlgani kabi Amudaryo tumanidagi 89-sonli saylov uchastkasida ham soat 20:00da ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Shundan keyin uchastka saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan koʻchma va statsionar ovoz berish qutilari ochildi. Komissiya aʼzolari saylov byulletenlarini sanab, yakuniy natijalarni okrug saylov komissiyasiga yetkazdilar.

Fotima Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026