16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:21
Jamiyat 👁 251

BOBUR OVULLIK ONAXONLAR TALQINIDAGI “MILLIY QADRIYaTLARIMIZ – YoShLAR NIGOHIDA” TEATRLAShTIRILGAN TADBIR BARChAGA MANZUR BOʻLDI

BOBUR OVULLIK ONAXONLAR TALQINIDAGI “MILLIY QADRIYaTLARIMIZ – YoShLAR NIGOHIDA” TEATRLAShTIRILGAN TADBIR BARChAGA MANZUR BOʻLDI

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, toʻylar, oilaviy marosimlarni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, tartibli va mazmunli oʻtkazishda koʻpni koʻrgan, katta hayotiy tajribalarga ega onaxonlar bilan bamaslahat ish tutish yoshlar qalbida xalqimizning boy milliy-madaniy merosiga hurmat va ehtirom tuygʻularini uygʻotishi tabiiy. Chunki xalqimizga xos boʻlgan ezgu fazilatlardan biri – bu intellektual mulkni sadoqat bilan asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bus-butun, goʻzal tarzda yetkazishdir.

Bu borada Amudaryo tumanining Bobur nomli ovul fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Sabohatxon Rajabova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga munosib.

Joriy yilning 1-avgust sanasida boʻlib oʻtgan “Milliy qadriyatlarimiz – yoshlar nigohida” deb nomlangan teatrlashtirilgan tadbirda nafaqat ovul yoshlari, balki tadbir mehmonlari ham olam-olam zavq oldilar. Koʻcha boshchi ayollar, ovulda istiqomat qiluvchi nuroniy onaxonlar, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha komissiya aʼzolari, yoshlar ishtirok etgan mazkur tadbirda ovul onaxonlari tomonidan asrlar davomida oilalar mustahkamligi, sogʻlom va barkamol farzandlar tarbiyalab, voyaga yetkazish borasida muhim ahamiyatga ega boʻlgan biri-biridan goʻzal urf-odat va anʼanalar, oilaviy marosimlar, yangi kelinning zimmasidagi burch va majburiyatlari sahnaviy koʻrinishlar asosida talqin etilgani barchaga manzur boʻldi.

Xususan, yangi kelining sarpolarini tayyorlash sahnasi bilan boshlangan tadbirda onaxonlar Gulora Davlatboyeva, Gulsara Allaqulova, Irodaxon Ortiqovalar biri-biridan bejirim koʻrpa-yostiqlar, koʻrpacha-yu quroq toʻshaklar tikish, quroq koʻrpachalarda naqsh etilgan ota-onalar orzularini mahorat bilan namoyish qildilar.

Kelin-qizning dugonalari, ota-onasi bilan xayrlashish marosimi yanada zavqli boʻldi. Bu sahnada kelin rolini Shahnozaxon Eshimova hayotiy tarzda, nihoyatda ishonarli qilib ijro etib berdi. Bu sahna koʻrinishida kelin yangalari Nasibaxon Tangriberganova, Marziya Xolmurodova, kelinning dugonalari Muhayyo Allamberganova hamda Shohistaxon Otajonovalar kelin qizni yasantirib, qoshlariga oʻsma, koʻzlariga surmalar qoʻyishdi. Sunbul sochlarini oʻrib, davraga olib chiqqanlarida tabiiy goʻzallikdan barchaning koʻngli toʻldi, qalblarda havas uygʻondi. Hatto ishtirokchilar tomonidan “qizlarimizni shunday kiyintirib, yasantirish kerak”, degan fikrlar bildirildi.

Shundan soʻng, yana bir onaxon Malika opa Shukurullayeva qiroat bilan yor-yorlar aytdi. Yor-yorlar, el-yurtning oq fotihasi bilan uzatilgan kelinni toʻyxonada anʼanalarimizga koʻra, burundiq enasi tushirib oldi. Burunduq ena rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan Umidaxon Masharipovani qutlugʻlab Qizlargul Allamberganova “hammani ham shunday toʻyga yetkazsin”, degan maʼnoda kelinning boshidan sochqilar sochdi.

Kelinni yangi qarindoshlari bilan tanishtirish sahnasi yanada qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Doira chalib, joʻshqin kelin salomlar orqali yangi qarindoshlar bilan tanishtiruv marosimini oʻtkazgan Sanamjon Qutlimurodovadan barcha minnatdor boʻlishdi.

Tadbir davomida qaynona rolini mahorat bilan ijro etgan Gulsara Qutlimurodova hazil-huzullarga boy hikmatli pand-nasihatlar bilan kelinini quchoq ochib kutib oldi va oʻgʻli va xonadon osoyishta va sarishtaligini unga ishonib topshirdi.

Shundan soʻng, yangi kelinga ish buyurar marosimi ham oʻtkazilib, momolar tomonidan kelinning qadami shu xonadonga yogʻday yoqsin, degan maʼnoda qoʻllari un va yogʻga botirilib, uy yumushlari topshirildi. Yangi kelin tomonidan tadbir mehmonlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish namunali tumanlararo Amudaryo tuman markazi direktori Gavhar Chimboychiyeva hamda Farovon mahallasi boʻyicha hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarovalar uchun choy berish marosimi oʻtkazildi. Mehmonlar kelinning xush muomamalasi va taʼzimidan mamnun boʻldilar.

Ushbu marosimdan soʻng Safargul ona Doshanova yoshlarga “tushovkesdi” marosimini amalda koʻrsatib berdi. “Tushovkesdi” marosimida bir yashar qizaloq Sevinchoy Ismoilovaning oyoqlaridagi ip kesilib, jajji qizaloq yurib ketdi. Bu – bolajonlarning ravon, erkin qadam tashlashlari yoʻlidagi toʻsiqni olib tashlash, barkamollik sari intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maʼnosini anglatgani, yoshlar qalbida milliy-madaniy urf-odat, anʼana va maʼnaviy qadriyatlarga mehr-muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamlagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir davomida beshik quchgan ona sahnasi va koʻngillarga ajib halovat baxsh etuvchi allalar yangrab, barchaga xushnudlik bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019