16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:52
Maqolalar 👁 657

«BIZNING PAYTIMIZDA BOShQAChA EDI...» YoXUD KELINLIK OGʻIR MASʼULIYaT (MI?!)

«BIZNING PAYTIMIZDA BOShQAChA EDI...» YoXUD KELINLIK OGʻIR MASʼULIYaT (MI?!)

«Tur qizim, ishga kech qolasan», «tur qizim, dugonang keldi, darsga kechikmay bor», «tur qizim, choyingni ichib olaqolgin...», «Tur dedim senga, ertaga kelin boʻlsang nima qilasan???»

Erka qizlarning onasidan eshitadigan ayrim gaplaridan misollar edi bular. Bu gaplardan xulosa chiqargan ayrim qizlar hayotda oʻz yoʻlini topib, «odam» boʻlib ketadi. Xulosa chiqarmaganlari esa... Ular uchun boshqalar xulosa chiqaradi.

Eʼtibor berganmisiz, deyarli hamma qaynonalar oʻgʻlini uylantirishdan oldin kelin olganidan keyin unga oʻz onasiday boʻlishini, bilmaganlarini oʻrgatishini va orzu-havaslari haqida mahalladagi xotinlarga toʻlqinlanib gapirishadi. Boʻlajak kelinlar ham dugonalariga qaynonani onasiday qabul qilishini aytib, mukammal qaynona portretini xayolida chizib olishadi. «Niyating – yoʻldoshing» deydi dono xalqimiz. Koʻpchilik ana shu orzu-havaslarga yetadi, baʼzilarning esa bu orzu-havaslari xayolligicha qolib ketadi: yaʼni qaynona kelinni tushunolmaydi yoki kelin qaynonaning koʻngliga yoʻl topolmaydi. Qiziq, qaynonaning koʻngliga olib boradigan yoʻl qayerda? Bu yoʻl chaqqonlik va dangasalik kesishgan nuqtadan oʻtadi, deydi kimdir. Kimdir oshqozon orqali oʻtadi, deydi. Kulgili, agarda kimningdir qalbiga yoʻl oshqozon orqali oʻtsa, u holda oshpazlar dunyodagi eng baxtli odamlar boʻlsa kerak!..

Qaynona-kelin munosabatlari. Eskirmaydigan mavzu, asrlar oshsa ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmaydigan mavzu. Milliy qadriyatlarimizda qaynona-kelin, kelin-kuyov, kelin-qaynsingil, kelin-qaynopa, kelin-ovsin kabi tushunchalar, ularning bir-birlari bilan oʻzaro munosabatlari goʻzal tarzda ochib berilgan. Kelin qanday boʻlishi kerakligi, uning vazifalari va majburiyatlari qiz bola dunyoga kelishi bilan uqtirila boshlanadi. Quvonarlisi, diniy qadriyatlarimizda ham, milliy qadriyatlarimizda ham oʻzaro munosabatlar hurmat-ehtirom, mehr-oqibat, mehr-muhabbat degan goʻzal tushunchalar bilan birga keladi. Ammo bugun bu qadriyatlarga nechogʻlik amal qilayapmiz? Oʻzi amal qilayapmizmi? degan savollar tugʻiladi baʼzan. Oilalarda sodir boʻlayotgan urush-janjallar, qoʻydi-chiqdilar baʼzan biz koʻtargan mavzuda yanada kengroq mushohada yuritish zarur ekanligini isbotlaydi. «Bizning paytimizda boshqacha edi...» deya gap boshlaydigan buvijonlarimiz, onaxonlarimiz, qaynonajonlarimiz omon boʻlishsin! Ularning hayot yoʻli, turmush va roʻzgʻor tutishdagi tajribalari yoshlar uchun hamisha ibrat. Koʻpni koʻrgan, oq-qorani tanigan onaxonlarimiz yoshlar tarbiya olsin, xulosa qilsin, deya solishtiradi-da ikki davrni. Biroq afsuski, bizni paytimizda unday qilardik, biz kelin paytimizda bunday qilardik, deb bus-butun oilani ostin-ustin qilib yuboradigan qaynonalar ham jamiyatda uchrab turadi. Aslida esa insonning baxtli boʻlishida, oilaning mustahkam boʻlishida va kelin-qizning yangi xonadonga singib ketishida makon bilan zamonning nima aloqasi bor?!

Tan olish kerakki, koʻpchilik oilalarda qiz bola tugʻilishi bilan kelinlikka tayyorlanadi: epli kelin boʻlishing kerak, kamroq gapirishing, koʻproq ishlashing kerak, roʻzgʻor ishlarini sekin bajaradigan kelin hech kimga kerak emas...

Natijada qiz bolada kelinlik ogʻir MASʼULIYaT degan tushuncha paydo boʻladi. Va kimlardir shu jihatdan turmushga chiqishni kechiktirib yuradi, baʼzi qizlar turmushga chiqsa ham yuqoridagi talablarga javob bera olayapmanmi, deya hadik bilan yuradi. Baʼzilar esa bu «masʼuliyat»dan butunlay voz kechadi...Ha, biror qadriyatni yoshlar ongiga toʻgʻri singdira bilish, ularda toʻgʻri tushunchani shakllantirish ham bir sanʼat. Yangi uy ostonasidan ming hayajon va olam-olam orzular bilan hatlayotgan yoki hatlash arafasida turgan qiz-kelinlarga yangi oila endi uning haqiqiy maskani ekani, qaynona begona emas, u uchun ona ekani, kelinlik masʼuliyati faqat toʻrtta piyolani yuvib, hovli supurishdan iborat emasligi koʻp hollarda notoʻgʻri talqinda uqtiriladi (baʼzi oilalarda).

Men bir ayolni taniyman. Egizak oʻgʻillarning onasi boʻlgan bu ayol ana shu oʻgʻillari hali goʻdaklik paytida qoʻli sinib, keyinchalik qoʻlining singan joyi notoʻgʻri holatda tuzalgan edi. Shoʻrlikning qoʻlining suyagi hozirgacha notoʻgʻri tomonga qarab egilibroq turadi. Qiziqib qachon bunday boʻlganini soʻrasam, u kelinlik paytida, yaʼni toʻngʻich egizaklarini dunyoga keltirib, uyiga kelgan kunlari baxtsiz hodisa boʻlganini aytdi. Emishki, ayolning qaynonasi yaqinda tugʻuruqxonadan chiqqan keliniga hadeb yotavermasdan roʻzgʻor ishlarini qilishini, kelinning dam olishga haqqi yoʻqligini aytib, ertalab hovli supurtirgan. Shoʻrlik kelin suv sepayotib oyogʻi toyib ketgan-u, qoʻli shu ahvolga kelib qolgan. Baʼzan, kelinlar vazifasi haqida yuqoridagidek bemaʼni tushunchaga yopishib oladigan qaynonalarni oʻzlarining kelinlik payti qanday kechgan ekan-a, deb oʻylab qolaman. 

Qiziq, ular kelinlik «imtihon»idan qanday oʻtishgan ekan?! Dunyoda mukammal xilqat yoʻqligini hisobga olsak, demak, ular ham yoshligida uquvsiz boʻlgan. Balki, ular ham kelinligida hayajonlangandir, ular ham ovqat qilaman, deb yogʻni yondirib yuborgan boʻlsa ajab emas? Va albatta, ular bugun ana shunday xatolardan xulosa chiqarib, tajribasi ortib, goʻzal bir oilaning sevimli bekasi, uquvsiz kelinning uquvli qaynonasi boʻlib, katta hayotiy tajribaga ega onaxon degan sharafga musharraf! Qaynonajonlarni qoralab, qiz-kelinchaklarni oqlashdan yiroqmiz. Tan olish kerak boʻlgan bir haqiqat borki, qiz bola roʻzgʻor yumushlariga va kelinlikka tayyor boʻlsa, ishchanligi va goʻzal xulqi hayoti davomida oʻziga faqat va faqat rahmat keltiradi, hech qachon uyaltirib qoʻymaydi. Xolbuki, oqila qizni va oqila kelinni uygʻotishga ne hojat? Oʻzi oqila kelin qanday boʻladi? Oqila qiz, kelin choshgohgacha gʻaflat bosib yotmaydi. Ularni ertalab «budilnik» emas, vijdon uygʻotadi...

Qayiq bitta eshkak bilan manzilga yetolmaydi. Qaynona-kelin munosabatlari ham shunday: qaynona qayiqning bir eshkagi boʻlsa, kelin ikkinchi eshkagi. Baxt manziliga borish uchun har ikkala tomon bir-birini tushungan holda, murosa ila harakat qilsa, baxt saroyining eng toʻri ularniki. Tushunishib yashashda esa gap koʻp. Zero, piyola sinsa sinsin-u, koʻngil sinmasin...

Yashiringul.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019