16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Adabiyot 👁 277

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Yangi Oʻzbekistonim!

Olamga tanitdi oʻzliging sening,

Yogʻdular taratdi yulduzing sening.

Elaro mashhurdir nufuzing sening,

Ey ona yurt, yangi Oʻzbekistonim!

 

Kundan-kun yashnaydi bogʻ-u boʻstoning,

Yuksakka boshlaydi oʻtguvchi oning.

Aytmoqqa arziydi qutlugʻ dostoning,

Ey ona yurt, yangi  Oʻzbekistonim!

 

Oʻtmishdan boshlanar hayot sabogʻi,

Qaddingni tiklaydi yuksaklik togʻi.

Hayot nashidasi senda ardoqli,

Ey ona yurt, yangi Oʻzbekistonim!

 

El nafin koʻzlovchi qonunlaring bor,

Osmoning porloqdir, yering unumdor.

Aslo tuganmasday boyliklaring bor,

Ey ona yurt, yangi Oʻzbekistonim!

 

Tugʻildi yangicha imkoning bu kun,

Ishga tushmoqdadir mis koning bu kun.

Kelajaging goʻyo quyoshdek yorqin,

Ey ona yurt, yangi Oʻzbekistonim!

 

Ish yuritar senda ahli donolar,

Kundan-kun boʻy choʻzar baland binolar.

Xalqqa manzur boʻlar nurli xonalar,

Ey ona yurt, yangi Oʻzbekistonim!

 

Har jabhada bordir buyuk oʻzgarish,

Yangicha tadbirlar, yangicha yurish.

Goʻzallik tarziga pardozlar berish,

Ey ona yurt, Yangi Oʻzbekistonim!

 

Sport maydonida bayrogʻing baland,

Iqtidorli yoshlarga ardogʻing baland.

Jahon aro sening dovrugʻing baland,

Ey ona yurt, yangi Oʻzbekistonim!

 

Bilim maskanida bor tengsiz misol,

Kelajak yoshlaring topadi iqbol.

Oʻzbek degan noming ellarga timsol,

Ey ona yurt, yangi Oʻzbekistonim!

 

Yangi Mangʻit bu kun koʻtarmoqda qad,

Talpingan dillarda bordir jasorat.

Yangiliklar sari chorlar irodat,

Ey ona yurt, yangi Oʻzbekistonim!

 

Oʻtmishni bu kunga gar etsak qiyos,

Yangicha hayotga tugʻilar ixlos.

Har bitta uduming insonlarga xos,

Ey ona yurt, yangi Oʻzbekistonim!

 

Dilsayyor mamnundir hayot yoʻlidan,

Shodlikka vobasta iqbol nuridan.

Ilhomi joʻsh urar tuygʻularidan,

Ey ona yurt, yangi Oʻzbekistonim!

Xudoybergan JUMAMURODOV.

 

Amudaryo

Bogʻlaringda gullar boʻlib ochilsam,

Har qadamda ifor boʻlib sochilsam.

Rayhon boʻlib porlasam koʻchalarda,

Amudaryom, hech armonim boʻlmasdi.

 

Kelgan mehmon goʻzallikdan zavqlansa,

Ishtiyoqi oshib, koʻzi xumorlansa,

«Bogʻi Eram», deya dillar havaslansa,

Amudaryom, hech armonim boʻlmasdi.

 

Bagʻringda bir mevazorga aylansam,

Hayrat toʻla yuraklarga joylansam.

Bir bor kelgan mehmon qayta sogʻinsa,

Amudaryom, hech armonim boʻlmasdi.

 

Bugun tarix soʻzlamoqda adolatdan.

Har goʻshangda koʻngil obod tarovatdan.

Toʻrtta fasl bergan rizq-u barokatdan,

Amudaryom, mangu yorqin kelajaging!

Zuhra Ahmedova.

 

Orolim

Orolim, sen mening taqdirim, borim,

Koʻzimdagi nurim, tomirda qonim,

Qismatingdan soʻzlab, ingrar bu jonim.

Faqat sen ketmagil, ketmagil orim,

Kuzgi xazon yangligʻ soʻlma, Orolim.

 

Xalqimning qalbida ushalmas armon,

Barchaning tunlari uyqusiz, bedor,

Nobud boʻlib ketmoqda qanchalab jonlar...

Faqat sen ketmagil, ketmagil orim,

Kuzgi xazon yangligʻ soʻlma, Orolim.

 

Mayli ,tashvishlarga toʻlsin bu boshim,

Mayli, keragicha oqsin koʻz yoshim,

Mayli, chidab bersin soʻnggi bardoshim.

Faqat sen ketmagil, ketmagil orim,

Kuzgi xazon yangligʻ soʻlma, Orolim.

 

Ketsang-da chekinib qirgʻoqdan zor-zor.

Hali umid quyoshi porlagay dilda,

Quchoqlaring toʻlgay limmo-lim suvga.

Faqat sen ketmagil, ketmagil orim,

Kuzgi xazon yangligʻ soʻlma, Orolim.

Mahbuba Sariyeva,

69-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

FAXRIMSAN!

Kindik qonim toʻkilgan qadrdon ota makon,

Faqat sening quchogʻingda orom olar shirin jon.

Mening jism-u jonim-la tursin noming yonma-yon,

Oʻgʻil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!

 

Qayga borsam, atasinlar meni Amu qizi, deb,

Shuning uchun nurga toʻla, porlab turar koʻzi, deb.

Ushbu elning insonlari farishtaning oʻzi, deb,

Oʻgʻil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!

 

Taqir yerda nihollar oʻstirgan bogʻbonlaring,

Ona yerni isrof qilmay yashaydi dehqonlaring.

Bolalarga ilm-u hunar oʻrgatgan ustozlaring,

Oʻgʻil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!

 

Haqiqatni gapiramiz, bizda quruq maqtash yoʻq,

Aql bilan ish tutamiz, shuning uchun kulfat yoʻq.

Hamma bilib turibdi-ku, aytishga hech hojat yoʻq,

Oʻgʻil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!

 

Sen haqingda kuylasam, saxiy deymi nomingni?

Axir faqat bizlar uchun baxsh etgansan boringni.

Ming yillarki, yuvib yotar Jayhun aziz poyingni,

Oʻgʻil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!

 

Noming tildan tushmas sira, eng goʻzal va jarangdor,

Ajdodlarning duolari qoʻllayveradi takror.

Sen uchun fido jonlar har yumushingga tayyor,

Oʻgʻil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!

 

Farzandlaring har sohada bilimdon-u peshqadam,

Baland-baland marralarni koʻzlab, tashlaydi qadam.

Xalqim, degan ne mardlaring ezguliklarga hamdam,

Oʻgʻil-qizing baxtisan, faxrimsan, Amudaryo!

 

Sening mehring erur xalqni birdamlikka koʻndirgan,

Shu birdamlik ila barcha illatlarni soʻndirgan.

Sen buyuksan, ogʻushingda buyuklarni oʻstirgan,

Barno qizing baxtisan, faxrisan, Amudaryo!

Barno Samandarova.

 

VATANIM!

Vatanim, bagʻringda oʻsayapman baxtli,

Sen borsan, gʻamim yoʻq, yuraman shaxdli.

Sen bizga iftixor, noming sharafli,

Har olgan nafassan, bizga kerakli.

 

Sendan aslo ayro tushmasin yoʻlim,

Sen-la birga boʻlsam, samoda qoʻlim.

Koʻkni boʻylayverar sarvqomat boʻyim,

Sen bilan tatiydi bayramim, toʻyim.

 

Hech qaysi Vatanga alishmam seni,

Axir bolam, deding ulgʻaytib meni.

Endi ayt, farzanding senga deb neni

Ilinsin, sen unga ilingan kabi!

 

Senda topgan oʻsha huzur-halovat,

Boshqa hech jahonda qilmas tarovat.

Sening chiroyingdan gullar xijolat,

Men uchun bu borliq sendan iborat!

Feruza Rahimova.

 

VATAN

Vatanga bir nazar sol,

Iforidan orom ol.

Toʻrt tomoni chamanzor,

Avlodlar topgay kamol.

Vatanim qudratidan,

Haybat-u savlatidan.

Faxr etaman hamisha,

Hurriyat davlatidan.

Mevazor bogʻlarida,

Purviqor togʻlarida,

Ochilmagan sirlar bor,

Oq-marmar tonglarida.

Gullarini hidlasang,

Vatan hidi keladi.

Zilol, tiniq suvlari,

Dilga orom beradi.

Mashhura Rajabova.

 

Oʻzbekiston

Vatanim Oʻzbekiston,

Osmonlari musaffo.

Shunchalar soʻlim makon,

Havosi tanga shifo.

Vatanim, gul chamanim,

Jon qadar aziz makon.

Mehrga toʻla bagʻring,

Jonajon Oʻzbekiston.

Rayhon Tojiboyeva,

50-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019