16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:15
Jamiyat 👁 715

AMUDARYo DARYoSIDAGI ZAMONAVIY TEMIR YOʻL VA AVTOMOBIL YOʻLI QOʻShMA KOʻPRIGI QURILIShI NIHOYaSIGA YeTMOQDA

AMUDARYo DARYoSIDAGI ZAMONAVIY TEMIR YOʻL VA AVTOMOBIL YOʻLI QOʻShMA KOʻPRIGI QURILIShI NIHOYaSIGA YeTMOQDA

Barchamizga maʼlumki, Prezidentimizning topshirigʻiga koʻra boshlangan tumanimizdagi Amudaryo daryosi ustidan oʻtadigan temir yoʻl va avtomobil yoʻli qoʻshma koʻprigi qurilishi jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Ayni paytda mazkur koʻprik qurilishining yakuniy bosqich ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu zamonaviy temir-beton konstruktsiyali koʻprik ishga tushirilishi natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va maishiy aloqalarning yanada rivojlanishi kutilmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan katta hajmdagi qurilish ishlari davomida hududda temir yoʻl izlari yotqiziladigan yoʻlda tuproq koʻtarish ishlari texnik talablar asosida bajarildi. Kerakli joylarga avtomobillar oʻtishi uchun qulayliklar yaratilib, tonnellar ham qurildi. Qurilish-bunyodkorlik ishlari davomida tuman hududida 2 ta temir yoʻl stantsiyasi ham barpo etilib, ayni kunlarda vokzal binolari qad rostladi.

Daryoboʻyi mahallasi hududida, Amudaryo ustida olib borilayotgan qurilish ishlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyatining buyurtmasiga koʻra, “Boshtransloyiha” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalashtirilgan. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyatining “Koʻprik qurilish tresti” unitar korxonasi ishchilari tomonidan 400 mln. dollarlik loyiha asosida qurilayotgan yangi koʻprikning uzunligi 412,7 metr, balandligi 11,5 metr, kengligi 8,5 metrni tashkil qiladi.

Shu bilan bir qatorda boshlangan 79 km. uzunlikdagi “Shovot-Gurlan-Jumurtov-Qoraoʻzak” temir yoʻl liniyasini qurish ishlari ham jadal surʼatlarda davom etmoqda. Hozirgi paytda tuman hududidan oʻtuvchi mazkur temir yoʻl liniyasida shagʻal toshlar va poʻlat izlarni yotqizish, elektrlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Yangi temir yoʻl liniyasi ishga tushirilganidan soʻng, Rossiya va Qozogʻiston Respublikasidan yuklarni tashish masofasini 240 km.ga, vaqtini esa 6 soatga qisqartirishga erishilishi koʻzda tutilmoqda.

Hozirgi paytda aholi foydalanib kelayotgan Amudaryo ustidagi ponton koʻprigi ancha eskirib qolgan boʻlib, 1982-yilda ishga tushirilgan. Yuk koʻtarish qobiliyati 10 tonna boʻlgan ushbu koʻprikdan yiliga 600 ming tonnaga yaqin yuk olib oʻtiladi. Shuningdek, 3 milliondan ortiq aholi, 1 millionga yaqin avtotransport vositalari ham mazkur koʻprikdan foydalanadi.

Endilikda yangi va zamonaviy koʻprik ishga tushirilsa, yuk tashish hajmi koʻpayib, yiliga 25 mln. tonnani tashkil etadi. Mintaqalarning rivoji natijasida iqtisodiy samaradorlik yiliga 100 mlrd. soʻmga oshadi. Bundan tashqari, Qoraqalpogʻistondan Xorazmga qurilish materiallari va boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib berish xarajatlari kamayadi, bu esa yangi ijtimoiy obʼektlar va infratuzilmalarni qurishga sarflanadigan mablagʻlar tejalishini taʼminlaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatini bogʻlovchi Amudaryo daryosi ustiga qurilayotgan avtomobil va temir yoʻl qoʻshma koʻprigi ishga tushirilganidan soʻng, barchamiz uchun qulayliklar yaratiladi va eski koʻprikda sodir boʻlayotgan har xil favqulodda holatlarning oldi olinadi. Shu bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi va tadbirkorlariga yangi temir yoʻl liniyasi orqali qatnovlardagi muammolar hal etiladi, tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratiladi.

Zamonaviy texnologiyaga asoslangan yangi turdagi qurilish konstruktsiyasi asosida barpo etilayotgan mazkur koʻprik uzoq yillar mobaynida ezgu maqsadlar yoʻlida xalqimizga xizmat qiladi. Mazkur koʻprikning ishga tushirilishi natijasida hududlar farovonlashib, aholining turmush darajasi yanada yaxshilanadi. Temir yoʻl orqali yurtimizning boshqa hududlar bilan bogʻlanishi tufayli esa nafaqat Amudaryoda, balki butun Qoraqalpogʻistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga keng yoʻl ochiladi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019