16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:35
Jamiyat 👁 151

OʻRMONLAR – TABIIY BOYLIGIMIZ

OʻRMONLAR – TABIIY BOYLIGIMIZ

Oʻrmon – tabiatning bebaho neʼmati. Hayvonot va oʻsimlik dunyosini saqlash va ularni koʻpaytirishda, iqlim oʻzgarishlarni moʻʼtadillashtirishda, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish, choʻl hududlarida qumlarning koʻchishini toʻxtatish, tuproqning meliorativ holatini yaxshilashda ihota oʻrmonlari katta ahamiyatga ega. Ushbu yashil boyliklarni asrash, yurtimizdagi ekologik vaziyatni yaxshilash va uning salbiy oqibatlarining oldini olishda esa oʻrmon xoʻjaliklari muhim oʻrin tutadi.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi ham hududdagi tabiiy muhitni moʻʼtadillashtirib turuvchi, yogʻoch, dorivor va boshqa turdagi oʻsimliklar, ularning urugʻlarini, turli manzarali daraxtlar koʻchatlarini yetishtirib beruvchi manba boʻlib xizmat qilib kelmoqda.

Qipchoq va Qilichboy ovullari hududida joylashgan ushbu xoʻjalikning umumiy yer maydoni 16545,8 gektardan iborat. Shundan 3798,3 gektari oʻrmon bilan qoplangan maydonlar, 855 gektari tutashmagan  oʻrmonzorlar, 11,4  gektari oʻrmon koʻchatxonalari hisoblanadi. Taqir yerlar ham mavjud boʻlib, ular 6,87 gektarni, haydaladigan yerlar 24,5 gektar, yaylovlar 2689,9 gektarni tashkil qiladi. Hududdagi suvli yerlar 2,4 gektar, qumliklar 1894,9 gektar, boshqa yerlar esa 6748,2 gektarga yaqin.

Oʻrmon xoʻjaligida 57 nafar xodim ishlaydi. Ularning 13 nafari oliy, 24 nafari oʻrta maxsus,  23 nafari oʻrta maʼlumotli.

Xoʻjalikda joriy yilda madaniy oʻrmonzor barpo qilish, tumandagi korxona-tashkilotlarni koʻchatlar bilan taʼminlash va koʻchatxona tashkil etish uchun urugʻ tayyorlash yillik rejasi 4000 kg. qilib belgilangan boʻlsa, hozirgi kungacha 16250 kg. urugʻlar tayyorlandi. Shundan 15730 kg. qismi saksovul urugʻlari boʻlib, ular terilganidan soʻng, Orol dengizining qurigan tubi va tumanimizning oʻrmon barpo etiladigan qumli hududlariga sepildi. Urugʻdan madaniy oʻrmon barpo qilish yillik rejasi 246,9 gektar qilib belgilangan boʻlsa, hozirgi kungacha 245 gektardagi qumli hududlarga  saksovul urugʻlari sepildi, 1,75 gektar yerga yasen, klyon, katalpa va oqterak koʻchatlari oʻtqazildi.

Xoʻjalikning 11,35 gektar maydonida koʻchatxona tashkil qilingan. U yerda urugʻ va nihollar ekilgan boʻlib, hozirda 901 ming dona nihol va koʻchatlar mavjud. Kuz oylarida “Yashil makon” davlat dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi korxona, tashkilot va maktab, bogʻchalarga homiylik asosida 64110 dona har xil manzarali daraxtlar koʻchatlari va qalamchalari yetkazib berildi.

Joriy yilda Toshyop, Zarbdor, Mangʻit va Namuna massivlarida yangidan 19 gektar maydonda tut koʻchatlari ekildi. Ushbu ihotazorlar sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, garmseldan himoya qilish va hosildorligini oshirishga xizmat qilib kelmoqda. Bundan tashqari, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida oʻrmon fondi hududida “Sohil boʻyi” dam olish maskani tashkil etildi. Bu maskanda aholining oilaviy dam olishlari uchun qora uy, choʻmilish havzasi, qayiq va boshqa choʻmilish anjomlari, qumli maydon tashkil etilgan.

Oʻrmonlar – yurtimizdagi tabiiy boyliklarimizdir. Har birimiz ushbu boyliklarni asrashimiz, ularni yanada koʻpaytirishga imkon qadar koʻproq hissa qoʻshishimiz kerak.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019