16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:01
Maqolalar 👁 232

Qosh qora boʻlsa ham, manglay qora boʻlmasin!

Qosh qora boʻlsa ham,  manglay qora boʻlmasin!

Turmushga chiqishdan oldin menga yomon qaynsingil uchrashi haqida xayol ham qilmagan ekanman. Chunki bu dunyoning qaytar dunyo  ekanligini har qadamda anglab, oʻz yangalarimga nisbatan hamisha hurmatni, odob-u andishani saqlab muomala qilganman. Ha, adashmayapsiz, bu – maqtanish! Baʼzida inson oʻzidagi yaxshi fazilatlari bilan maqtanib, buni eshitgan kimdir oʻziga ibrat olsa, maqtanish ham xayrli boʻladi. Insonning erta bir kun bordi-keldi qilib, yaxshi va yomon kunlarida yonida turadigan yaqinlari ham, albatta, qaynsingil, qaynopa, ovsin va yangalarimizdir.

Yomon qaynsingil haqida xayol ham qilmaganman, shukurki, oʻz singlimday yaqin, sirdosh, yangasini oʻz opasiday qabul qilgan singil uchradi! Men unga "qayni" soʻzini qoʻshmasdan singil deb murojaat qilyapman. Sababi har doim singlim boʻlishini orzu qilganman. Demoqchimanki, hamma narsa niyatga bogʻliq ekan, dunyoda. Sen xayolingdan oʻtkazgan qisqagina fikr ham real hayotda, albatta, sodir boʻladi.

Hayotiy misol.

Talabalik yillarimiz guruhdoshlarimiz bilan koʻp mavzularda tez-tez bahslashardik. Hayotiy mavzularni oʻrtaga tashlab, oʻsha mavzuni muhokama qilar edik. Erkin fikr bildirish esa jurnalistika fakulteti talabalari uchun dunyoqarashni kengaytiruvchi vosita boʻlib xizmat qilardi nazarimizda.

Shunday bahslarning birida kursdosh qiz bir fikr aytdi: "Agarda men kelajakda turmushga chiqsam, erim boshqa bir ayolni tanlab, unga uylanmoqchi boʻlsa, men unga oʻzim sovchi boʻlib boraman, kundosh masalasini tabiiy qabul qilaman", dedi. Biz uning bu gapidan nihoyatda ajablandik. Bu gapni boshqa aytmasligini, aytgan gaplarini qaytarib olishini soʻrab, dashnom berdik. U esa oʻz fikrida sodiq qoldi. Bu orada u oila qurdi, farzandli boʻldi, bir mehribon va mard yigit unga umr yoʻldosh boʻldi. Oʻsha kursdoshimning instagramdagi sahifalarini, unga joylayotgan rasmlarini-yu, videolarini koʻrib, u dunyodagi eng baxtli ayoldan biriga aylangan, deb oʻylar edim. Ammo keyinchalik bilsam, u eri bilan ajrashganiga bir yildan oshibdi. Eri oilasidan voz kechib, oʻzidan yoshi ancha katta xotin bilan qoʻshni davlatga ketib, oʻsha joyda yashayotgan ekan. Biz tomonlarga esa faqatgina farzandidan xabar olish uchungina keladi, deya nola qiladi kursdosh qiz... Niyating – yoʻldoshing, degani shu boʻlsa kerak.

Hayotiy yana bir misol. Qoʻshnimiz boʻlar edi, uyiga mahallaning bolalari birga oʻynash uchun oʻgʻlini soʻrab borishsa, oʻgʻlining ismini aytib, falonchi oʻldi, deya ostonada turgan bolalarni haydab solardi. Oradan vaqt oʻtdi-yu, oʻgʻil yigirmaga chiqar-chiqmas olamdan oʻtdi...

Balki bularning niyatga, bilib-bilmay ogʻizdan chiqqan gaplarga aloqasi yoʻqdir. Balki bu taqdirdir, biroq yaxshi niyat va goʻzal soʻz yomon taqdirni yaxshi tomonga oʻzgartira olishiga ishongimiz keladi. Qaysidir maʼnoda ishonamiz ham.

"Manglayi qora", deya tanbeh beradi bolasiga ayrim onalar. Naqadar jirkanch soʻz! "Xarob boʻlgur", deya dilingni qon qiladi yana bir befarosat kelin hali besh yoshga ham toʻlmagan norasidaga. Achinib ketasan, xoʻsh, shu niyating amalga oshib, bolang haqiqatan manglayi qora boʻlsa, nima qilasan?! Farzanding koʻz oʻngingda xarob boʻlsa, uning aziyatini faqat va faqat oʻzing chekasan, shunday  emasmi?! Yoki bilib-bilmay aytilgan qargʻish ham ijobat boʻlib qolishidan choʻchimaydimi ular?

Ha, azizlar, hayotingiz mobaynida niyatlaringiz oʻzingizga hamroh boʻladi. Fikrlaringiz sizni boshqaradi. Ongimizdagi oʻy-xayollarni koinotga signal sifatida yuboramiz-u, u oʻzimizga yaxshi va yomon vaziyatlar, taqdirlar koʻrinishida qaytadi. Bu mening gapim emas, mutaxassislarning necha yillik izlanishlari davomida isbotlangan haqiqat. Shunday ekan, hamisha oʻzingizga ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalni ep koʻring, zero, niyatlar biz bilan hamisha hamqadam. Onalarimizning, ayniqsa, yosh onalarning qulogʻiga bir gapim bor: bilib-bilmay bolangizning manglayini qora qilib qoʻymang...

Yashiringul

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019