16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Salomatlik 👁 213

XALQQA YaQINLAShAYoTGAN TIBBIYoT: BU ODAMLAR HAYoTI VA UMR MAZMUNINI QANDAY OʻZGARTIRMOQDA?

XALQQA YaQINLAShAYoTGAN TIBBIYoT: BU ODAMLAR HAYoTI VA UMR MAZMUNINI QANDAY OʻZGARTIRMOQDA?

Sogʻliqni saqlash tizimining barcha darajasida tibbiy xizmat koʻsatish koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish qulayligini taʼminlash, jumladan, zamonaviy, yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish, bunday xizmatlar sifatini oshirish, undan barcha aholining teng foydalanishini taʼminlash, kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va davolashni yaxshilashga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari soni oxirgi 7-yilda 10 tadan 24 taga yetdi.

Ilgari bunday markazlar faqat poytaxtda joylashgan boʻlsa, bugunga kelib hududlarda ularning 270ta filiali, tumanlarda 300dan ziyod boʻlimlari tashkil etildi. Markazlar amaliyotiga 106 turdagi, viloyat darajasida 202 turdagi, tuman darajasida 85 turdagi yangi diagnostika va jarrohlik usullari tadbiq qilingan. Bunday saʼy-harakatlar orqali hududlardagi yuqori texnologik operatsiyalar ulushi 23 foizdan 55 foizgacha yetkazildi.

Yurtimizda inson aʼzolari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etilib, bunday operatsiyalar ayrim hududlarda ham oʻtkazilayapti.  Bugungi kunda bemorlar poytaxtga emas, aksincha, markazlarning professor, mutaxassislari joylarga chiqqan holda bemorlarga yordam koʻrsatadigan, hududlardagi mutaxassislarga mahorat darslarini oʻtadigan tizim yaratildi.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan biri – kardiologiya yoʻnalishi isloh qilinishi yurak-qon tomir xastaliklari tufayli yuz berishi mumkin boʻlgan noxush vaziyatlarning oldini olishga katta imkon bermoqda.  Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasiga aylantirilib, tibbiy xizmatlar koʻrsatishning kardiologiya yoʻnalishi boʻyicha mamlakatning bosh muassasasi etib belgilandi, barcha hududlarda ushbu markazning filiallari tashkil etildi.

Yana bir hayotiy misol. 7-8-yil avval respublika boʻyicha 3ta ixtisolashtirilgan tibbiyot markazida hamda Xorazm va Namangan viloyatlarida angiograf uskunasi boʻlgan. Hozirgi kunda angiograf oʻrnatilgan tibbiyot muassasalari soni 40tadan oshgan. Joriy yilda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro va Fargʻona filiallarida interventsion kardiologiya binosi ishga tushirilib, ularda ham angiograf uskunasi oʻrnatildi. 

Mamlakatimizda ochiq usuldagi kardiojarrohlik amaliyotlari oʻtkazilishi ham yoʻlga qoʻyildi.

Ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyatida yana bir muhim yangilik shundaki, tibbiy sugʻurta mexanizmlari joriy etilgani, kafolatlangan tibbiy xizmat doirasida yuqori texnologik amaliyotlarni ham davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻtkazish imkonini bermoqda. Xususan, bu tizim ixtisoslashtirilgan markazlarga joriy qilinganidan buyon oʻtgan 1,5-yil davomida 850dan ziyod bemorlarda yuqori texnologik, interventsion, aritmologik va kardiojarrohlik amaliyotlari bepul oʻtkazilgan.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bemorlarda yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yanada kengaydi. Bu esa xalqimizning yashash sifatini yaxshilashga, oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini uzaytirishga xizmat qilaveradi.

Zumrad Bekatova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

Oʻz MTDP fraktsiyasi aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019