16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:05
Jamiyat 👁 174

MEHNATI ELGA MANZUR BOʻLAYoTGAN AYoL

MEHNATI ELGA MANZUR BOʻLAYoTGAN AYoL

Mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xotin-qizlarning farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalar tinch-osoyishtaligini saqlashda, oʻzaro mehr-oqibat, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashdagi xizmatlari eʼtiroflarga loyiqdir. Xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy koʻmak berish, ularni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash mamlakatimizning  taraqqiyot strategiyasida eng muhim yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan. Uning  ijrosi tizimli tarzda, har bir mahalla kesimida amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, 2020-yildan boshlab, “Ayollar daftari” tizimi yoʻlga qoʻyilib, daftarga roʻyxatga olingan ayollar bilan alohida ish olib borilib, ularga manzilli koʻmak berilayotganligi ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi  boʻlgan xotin-qizlar turmushini yaxshilashga xizmat qilayotir.

Matluba Toʻliyeva Beruniy nomli mahallaga, katta xonadonga kelib boʻlib tushdi. Turmush oʻrtogʻi mavsumiy ishlarda ishlab, roʻzgʻor yukini bir oʻzi tortib yurgan edi. Oilada ikki farzand dunyoga kelgach, tashvishlari ham koʻpaydi. Shu bois, Matluba ham ishlab, daromad topishga, turmush oʻrtogʻiga koʻmakdosh boʻlishga intildi. 1-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan Matluba bu borada mahalla xotin-qizlar faoli  Mahfuza Ibrohimovaga maslahatga keldi. Mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari kengashib, Matlubaning kasb-kori borligi, chevarligini inobatga olib, uning imtiyozli kredit olishiga va oʻz-oʻzini band qilib, tikuvchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga koʻmak berishdi.

Matluba Toʻliyeva davlatning yordamiga koʻz tikib oʻtirishni oʻziga ep  koʻrmay, jon-jahdi bilan ishga kirishdi. Hademay, uning oʻzgacha ixlos, mahorat bilan tikkan kiyimlari koʻpchilikning eʼtiborini torta boshladi, mijozlari koʻpaydi.

Odatda biz bozor rastalaridagi tayyor kiyimlarni koʻrganimizda, yo chevar qoʻlidan tayyor boʻlgan buyurtmamizni olayotganimizda uning shu holga  kelishi uchun qancha mehnat, vaqt va sabr-toqat sarflanganini oʻylab ham koʻrmaymiz, tikuvchilikni shunchaki oddiygina kasb deb oʻylaymiz. Biroq chevarning ishini bir zum kuzatib tursangiz, bu kasbning igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli ekanligini anglaysiz.

Ha, kasbning yaxshi-yomoni boʻlmaganidek, osoni ham yoʻq. Ammo tikuvchining kasbiga ixlosi uning tikkan har bir chokida aks etib turadi. Mehnati mahsuli – tikkan kiyimlari mijozlariga manzur boʻlganida koʻngli togʻday yuksaladi.

Matluba Toʻliyeva ishini qunt bilan bajaradi, buyurtmachining tana tuzilishiga mos fason tanlab, bor mahoratini buyurtmani xushbichim, chiroyli qilib bajarishga sarflaydi, soatlab tikuv mashinasiga egilib oʻtirib tayyorlagan kiyimi odamlarga manzur boʻlayotganidan quvonadi. U doimiy daromadga ega boʻlib, mehnatlari samarasidan “Ayollar daftari”dan chiqarildi.

Mohir tikuvchi, sabr-bardoshli, koʻnglida ulkan-ulkan orzular bilan hormay-tolmay mehnat qilib, el olqishini olayotgan Matluba Toʻliyevaning ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019