16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:43
Salomatlik 👁 358

ARNABOʻYI MAHALLASIDA HUDUD OSOYIShTALIGINI ASRAShDA HAMKORLIKDA ISh OLIB BORILMOQDA

ARNABOʻYI MAHALLASIDA HUDUD OSOYIShTALIGINI ASRAShDA HAMKORLIKDA ISh OLIB BORILMOQDA

Mahallada tinch-osoyishta muhit yaratish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, yoshlarning oʻqishga, sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, ularni Vatanga sadoqat, millatga muhabbat ruhida tarbiyalash, shuningdek, barcha jabhalarda yetuk kadrlar boʻlib yetishishga daʼvat etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shunga koʻra yurtimizda bu boradagi islohotlar va belgilab berilgan vazifalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Tumandagi www.amunews.uz veb saytining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida Arnaboʻyi mahallasida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat sodir etishga moyil, muqaddam sudlangan va jinoyat sodir qilgan shaxslar bilan ishlashish borasida yoʻlga qoʻyilgan ishlar oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida mahallada barcha ishlar fuqarolar yigʻini raisi Shuhrat Sultonov, hokim yordamchisi Siroj Oʻrozmatov, xotin-qizlar faoli Shahrizoda Ozodova, yoshlar yetakchisi Shahzod Nuraddinov hamda profilaktika inspektori Davron Karimovlar tomonidan hamkorlikda olib borilayotgani, hududda tinchlik-osoyishtalik hukmronligi, hudud aholisi bexavotir hayot kechirayotgani maʼlum boʻldi.

Arnaboʻyi mahallasida 4350 nafar aholi yashaydi. Mahalla hududidagi Oʻrtaqalʼa, Qarshilixoʻja, Polvonqul aholi punktlarida 803 ta xonadonda yashaydigan oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, rus, tatar millatlariga mansub aholi tinch-totuv hayot kechirmoqda. Aholining aksariyati dehqonchilik bilan shugʻullansa, koʻpchiligi davlat tashkilotlarida, ayrimlari tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Hududdagi 27-, 57-, 33-sonli maktablarda taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlari mazmunli oʻtishini taʼminlash maqsadida turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Mahalladagi ishsiz fuqarolarning kredit va subsidiyalar olishiga, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyib, oʻzini oʻzi band qilishiga koʻmaklashilayotgani, yoshlar taʼlim-tarbiyasi, ularning boʻsh paytlari mazmunli oʻtishi doim eʼtiborda boʻlayotgani, toʻy-marosimlarni tartibli oʻtkazishda mahalla yoshi ulugʻlari bilan bamaslahat holda ish olib borilayotgani ijobiy samara koʻrsatmoqda. Hududdagi yosh yigit-qizlarga oʻz hayotlarida toʻgʻri yoʻlni topishlarida, kasb-hunar egallashlarida, kelin-kuyovlarga mustahkam oila qoʻrgʻonini yaratishda nuroniy otaxon va onaxonlarning pand-nasihatlari, oʻgit va maslahatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Undan tashqari, profilaktika inspektori Davron Karimovning mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda koʻrsatayotgan jonbozligi, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirayotgani natijasida mahalla “Yashil” toifadagi hududlar qatoriga kiritildi.

Oʻtgan davr mobaynida mahalla hududida bezorilik, bosqinchilik, firibgarlik, oʻgʻirlik, talonchilik kabi jinoyatlar sodir etilishining oldi olindi. Tan jarohatini yetkazish va avtoavariya holatlari esa kamaytirishga erishildi. Joriy yilning 9 oyi davomidagi ishlar “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida “mahallabay, xonadonbay” tarzda tashkil etilib, oilalar oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etish mumkin boʻlgan hamda jabrlanuvchiga aylanib qolish ehtimoli yuqori boʻlgan fuqarolar aniqlandi va mahalla beshligi tomonidan ular bilan ishlashish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrildi.

Undan tashqari, fuqarolardan kelib tushayotgan ogʻzaki, yozma va elektron shakldagi 80 dan ziyod murojaatlar oʻrganilib, barchasi ijobiy hal qilindi. Aholi muammolarini uyma-uy yurib oʻrganish davomida aniqlangan muammolarni hal qilish maqsadida tegishli idora-tashkilotlarga 25 ta taqdimnomalar kiritilgan boʻlsa, ushbu muammolarning 85 foizdan ortigʻiga ijobiy yechim topishga erishildi. Shuningdek, muqaddam jinoyat sodir qilib, hozirda sud qarori bilan probatsiya hisobida turgan holda “ozodlikdan cheklash” jazosini oʻtayotgan hamda maʼmuriy huquqbuzarlik sodir qilib, profilaktik hisobda turgan shaxslarning ham yashash sharoiti va oilaviy ahvoli yaqindan oʻrganilib, doimiy nazoratga olindi.

Shu qatorda doimiy ravishda mahalla hududida joylashgan 27-, 33- hamda 57-sonli maktablarda haftaning har payshanba kuni “profilaktika kuni” tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Shuningdek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlari ham amalga oshirilmoqda. Mahalla hududida joylashgan savdo obʼektlari, koʻngilochar maskanlar, oshxona, kafelarda jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi, mol-mulki daxlsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida har kuni tungi patrullik tashkil etilib, xizmat olib borilmoqda.

Tumandagi www.amunews.uz veb saytining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi ish rejasiga muvofiq oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida Arna boʻyi mahallasi masʼullari oʻzaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlikda hamkorlikda faoliyat olib borishayotgani, samarali natijalarga erishilayotgani maʼlum boʻldi. Loyiha ijrochilari boshqa ovul va mahallalardagi ibratli ishlarni namuna qilib koʻrsatish, ommalashtirish maqsadida hamkor tashkilotlar ishtirokida boshqa hududlarda ham shu kabi tadbirlarni tashkil etishga kelishib olishdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026