16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:03
Maqolalar 👁 252

INJIQ QAYNONA VA MEHRIBON OʻGʻILLAR

INJIQ QAYNONA  VA MEHRIBON OʻGʻILLAR

Boʻlgan voqea

Navbatdagi tugʻruq taʼtiliga chiqib, uyiga horgʻin kirib kelgan Shohida darvozaxonada toʻxtab qoldi. Aftidan qaynonasi kim bilandir baland ovozda suhbatlashib oʻtirar, uning ovozi darvozaxonagacha eshitilib turardi.

– Uch qiz-a, uch qiz! Zarif oʻgʻlimning bogʻi koʻkarmaydi bu xotinning qizlarini koʻpaytirishidan.

– Unday dema, Salima, qiz farzandmi, oʻgʻilmi, Allohning mukofoti, birgina tirnoqqa zorlar qancha?!

– Agar bu gal ham qiz tugʻsa, – qaynonasi bir zum gapirishdan toʻxtab qoldi va:

– Onasinikiga kovushini toʻgʻrilab qoʻyaman, – dedi jerkib.

– Tavba de, Salima, oʻzingning qizlaring ham...

– Men sizni dardimni tushunadi, deb gap aytsam, qizlarimni tilga olayapsizmi? Qizlarimning toʻrttalasi ham avval oʻgʻil tugʻib, qaynonasini quvontirgan, qizlari keyin tugʻilgan. Bizning kelinjon boʻlsa, qizdan boshqasini bilmaydi.

Qoʻshni Gulbibi momo boshqa gapirgisi kelmadimi, avzoyi oʻzgargancha uydan chiqdi. Chiqdi-yu, darvozaxonada Shohidaga toʻqnash kelib, taqqa toʻxtadi. Homiladorligidan-mi yoki yurib kelganidanmi, ikki beti qip-qizarib ketgan Shohidaga qarab ich-ichidan mehri tovlandi:

– Yaxshimisan, jonim bolam, eson-omon qutulib olgin, Alloh yor boʻlsin senga, – deya bagʻriga bosdi. Soʻng: “Hamma gapni eshitganga oʻxshaydi-ya, Salimaning gʻiybatiga sherik boʻldim-a”, degan oʻy kechdi xayolidan.

– Bir pas oʻtiring momo, sutli qora choy damlayman, – dedi Shohida momoga.

Gulbibi momo uyda nevaralari yolgʻiz qolganini  aytib, shoshilib chiqib ketdi. Shohida hech narsa boʻlmaganday qaynonasiga salom berib, oʻz xonasiga kirdi-da, negadir tushkun kayfiyatda oʻtirib qoldi. Kelinining hadeganda chiqavermaganidan uning ortidan kirgan Salima ena Shohidaning oʻtirishidan gʻashi kelganini yashirmadi:

– Bizlar yosh paytimizda toʻgʻri daladan tugʻruqxonaga ketardik, charchadik, deb aytishga, hozirgi kelinlarga oʻxshab yalpayib oʻtirishga uyalardik. Uch oʻgʻil, toʻrt qizni ish qilib yurib tugʻganman-a, yo tavba, hozirgilar ichiga tushga-nidanoq yotoqchilaydi. Tugʻadigani faqat qiz...

Shu kuni Shohidaga kechki ovqat tatimadi. Negadir ishtahasi boʻgʻilib, boshi qattiq ogʻriganidan dasturxon atrofida ham bemalol oʻtirolmadi.

Bundan xavotir olgan Zarif hovliga chiqib, bolalikdagi sinfdosh doʻsti Zulxumorga qoʻngʻiroq qildi. Zulxumor ginekolog-shifokor, tumanda obroʻsi baland. Unga vaziyatni tushuntirgan edi, bobillab urishib berdi:

– Hay, Zarif, sen oʻzi qanaqa  otasan? Kecha Shohida koʻrikka kelganida yaxshilab tushuntirgan edim. Qornidagi bolasi egiz. UZI apparatida surati haliyam turibdi. Shohida esa surunkali charchoqda yuribdi, qon bosimi  past. Unga mehr, eʼtibor kerak, retsept berganman, dorilarini ichsin, yaxshilab dam olsin, ogʻir yuk koʻtarmasin!

Zarif shoshib ichkariga kirdi, nega Shohida bu haqda unga gapirmabdi, dorilarini oldimikan oʻzi?

– Nega  menga aytmading, ich-etingni yeb yuraverasanmi, menga sening sogʻliging hamma narsadan muhim!

– Men-chi, mening sogʻligim muhim emasmi? – jahl bilan dedi Salima ena.

Zarif nima deyishini bilmay qoldi. Chunki hozir aytgan gaplari onasiga ogʻir botgan, uning koʻnglida “xotinini mendan ustun qoʻyarkan", degan fikr gʻalayon koʻtarib boʻlgandi.

Homilasi egiz ekanligini aytish, quvonchini qaynonasi bilan boʻlishmoqchi boʻlganida noxush gʻiybatning ustidan chiqqani  yetmaganday, ona-bola oʻrtasiga araz aralashganidan Shohidaning dili xira boʻldi. Nima qilsin, qaynonasi ham yomonlik tilamaydi, oʻgʻil nabirali boʻlishni xohlaydi. Biri-biridan  shirin qizaloqlarini bir kun koʻrmasa, dardi-dunyosi qorongʻi boʻlib ketadigan qaynonasi bir necha kundan beri toʻnini teskari kiyib olganidan Shohida ham, Zarif ham hayron.

Shohida vaqti-soati yetib, egizaklarni dunyoga keltirdi. Tugʻruq qiyin kechganidanmi, chaqaloqlardan biri – oʻgʻil farzandi nimjon tugʻildi. To bola bir yarim yoshga yetgunicha tez-tez shifoxonada davolatishga toʻgʻri keldi.

– Bolasidan ortmay qoldi, men juda charchadim, roʻzgʻoringni boʻlakla, – dedi bir kuni Salima ena oʻgʻliga.

– Hayhotday hovlida bir oʻzingiz...

– Meni qaygʻurmay qoʻyaqol, ana, Orif akangni olib kelaman, – oʻgʻlining gapini shartta boʻldi onasi.

Salima ena aytganini qildi. Oʻgʻillari ham onasining raʼyini qaytarishmadi. Zarif bola-chaqasi bilan ijaraga uy olib, roʻzgʻorini boʻlakladi. Bir-ikki yil avval yangi imorat qurib, koʻchib chiqqan Orifjon oilasi bilan onasining koʻngli uchun ota uyiga qaytib keldi. Ammo Orifjonning ayoliga bu taxlit ishlar yoqmadimi, qaynonasi bilan chiqishmay, kun ora arazlashadigan, baʼzan ikki oʻgʻlini  yetaklab, oʻzlarining uyiga ketib qoladigan odat chiqardi. Shunday kunlarning birida Salima ena yotib qoldi. Uni koʻrgani kirgan Gulbibi momo:

– Sening shukring yoʻq Salima, – dedi issigʻi balandligidan yuzlari boʻgʻriqib ketgan Salima enaga. – Kelinlaring biri-biridan aqlli, saranjom-sarishta, nevaralaring mehribon, uyalmaysanmi, feʼling torayib ketibdi sening.

Salima ena qoʻshni momoning gaplariga hech nima deya olmadi. Chunki momo haq edi. Noiloj ich-ichidan oʻzining injiqligini, nohaqligini tan oldi.

Gubibi momo ketgach, Salima ena yengil tortdi. Kechqurun bitta kastryulkada ovqat koʻtarib kelgan Orifjonga:

– Bolam, oʻz uyingga boraver, – dedi astoydil mehr bilan. – Hoziroq borib Zarif ukangni, Shohida bilan nevaralarimni qaytarib olib kel. Ijara uyda sarson boʻlib yurmasin, hoziroq qaytarib olib kel!

Orif onasining shunday qilishini bilardi. Shuning uchun ham to bir yildan beri  sabr-toqat bilan oʻz uyini qoʻyib, ota uyida yashab kelar, ayoli bilan ikki oʻgʻlini ham shunga koʻndirgandi. Hatto baʼzi ogʻzi boʻsh tanish-bilishlarining piching va kesatiqlarini ham pisand qilmay, onasining koʻnglidagi ishni qilgan oʻgʻillari shu kuniyoq Zarifning oilasini ota makonga qaytarib olib kelishdi.

Salima ena Zarifning shirin-shakar uch qizi, egiz  Hasan-Zuhralarni bagʻriga bosib, shukronalar aytdi, tavbalar qildi, hatto betobligiyam esidan chiqib ketdi.

– Shohida,  qizim, – dedi muloyimlik bilan, – ertaga mahallaga bir ehson qilaylik, nevaralarim, bolalarim omon boʻlishsin, koʻpdan beri koʻnglimga tugib qoʻygan shukrona oshi qilish niyatim bor edi.

Qaynonasining oʻzgarib qolganidan quvongan Shohida shu ondayoq taraddudni boshlab yubordi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019