16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:15
Madaniyat 👁 255

Madaniyat uyida “Injiqning muhabbati” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi

Madaniyat uyida “Injiqning muhabbati” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi

Sanʼat va madaniyat insonni maʼnaviy jihatdan boyitadi, ezgulik sari yetaklaydi. Bunda, ayniqsa, teatr sanʼatining oʻrni beqiyosdir. Tarbiya va maʼnaviyat oʻchogʻi boʻlgan teatr har bir insonga, ayniqsa, bolalar tarbiyasida hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblanadi.

Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.

Darvoqe, teatr – xalq maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy tarbiyalashda teatrning oʻrni katta hisoblanadi.

Bugungi kunda yoshlarimizning teatr sanʼatiga boʻlgan eʼtibori va qiziqishlarini oshirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Ertamiz egalari boʻlgan yoshlar teatr tomoshalari orqali dunyoqarashini, tasavvur olamini boyitadi. Chunki, ular teatrda spektakl qahramonlarini sahnada jonli tomosho qilish orqali oʻzlariga maʼnaviy ozuqa olishadi. Sahnalshtirilgan asarlarning asosiy maqsadi ham tomoshabinlarning, ayniqsa kelajak avlodning maʼnaviyatini boyitishdir.

Yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Amudaryo tumani madaniyat saroyida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri ijodkorlari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda Kengesbay Rahmanov qalamiga mansub komediya yoʻnalishidagi “Injiqning muhabbati” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

Spektakl Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari va rejissyorlar tomonidan juda mohirona sahnalashtirilgan. “Injiqning muhabbati” komediyasida tashqi muhitdan uzilib qolgan shaxs obrazi orqali shu davr muhiti yorqin ifodalangan. Bu obraz qishloqda yashovchi yoshlarning injiq, uyatchan boʻlib ulgʻayishi oqibatda oʻz taqdirini shaxsan oʻzi hal qila olmaydigan shaxslar boʻlib voyaga yetishi yumor usulida tasvirlab beriladi. Qishloqda oʻsib ulgʻaygan qahramonning monologi berilgan sahnada uning xarakteri toʻlaqonli ochiladi. Uning psixologiyasida vujudga kelgan orzu-istaklar va vijdon oʻrtasidagi qarama-qarshiliklar ichki konfliktni yuzaga keltiradi. Ushbu qarama-qarshilik qurshovida qolgan qahramon ikki inson orasidagi axloqiy munosabatlarga umuminsoniy axloqiy meʼyorlar asosida fikr yuritadi.

Spektakl tomoshabinlar tomonidan juda iliq kutib olindi hamda unda rol ijro etgan aktyorlar ijrosi ham barchaga birdek manzur boʻldi. Tomoshabinlar asar mazmunidan kelib chiqib oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib, maʼnaviy ozuqa oldilar, desak adashmaymiz.

Aktyortlar jamoasi tomonidan mahorat bilan ijro etilgan spektakl insonni oʻylashga, mushohada yuritishga undaydigan chuqur mazmunga egaligi bilan tomoshabinlar, ayniqsa kelajak egalari boʻlmish yoshlarning maʼnaviyatiga ijobiy taʼsirini oʻtkazdi. Ezgulik, doʻstlik kabi insoniy fazilatlar ulugʻlangan bunday spektakllar tomoshabinlarni yaxshilikka undashi shubhasiz.

Spektakl madaniyat saroyiga tashrif buyurgan yoshlar hamda ularning ota-onalarida katta taassurotlar qoldirib, quvonch va maʼnaviy ozuqa ulashdi.

Sevara ISMOILOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019