16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:11
Siyosat 👁 330

Qipchoq ovul va shaharcha fuqarolar yigʻinlarida hokim va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

Qipchoq ovul va shaharcha fuqarolar yigʻinlarida hokim va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

Yoshlar – kelajagimiz. Ular ertamiz, millatimiz egalaridir. Shu boisdan ham yosh avlod kamoloti yoʻlida tashlangan har bir qadam farzandlarimizning porloq istiqboli va jonajon Oʻzbekistonimizning nurli ertasi yoʻlida qoʻyilgan odimlar hisoblanadi.

Shu oʻrinda eʼtirof etish joizki, Amudaryo tumanida ham yoshlarning toʻlaqonli ilm olishlariga sharoit yaratish, ularning turmushidagi muammolarini aniqlash va bartaraf etish, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Shu maqsadda tuman hokimining, sektorlar rahbarlarining, huquqni muhofaza qilish organlari,tumandagi barcha korxona-tashkilotlar rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlari muntazam tashkil etilayapti.

2-dekabr kuni tumanning Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov, yigʻin masʼullari, ovul faollari, yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvni ovul fuqarolar yigʻini raisi Soatboy Nametov ochdi. U oʻz soʻzida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar kelajagiga katta eʼtibor qaratilayotgani hamda yoshlar masalasi davlat siyosatida asosiy oʻringa koʻtarilgani, bu qipchoqlik yoshlar hayotida ham yaqqol oʻz ifodasini topayotganini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va tumanda yoshlar boʻyicha olib borilayotgan ishlarga keng toʻxtalib oʻtdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda yoshlarning oʻzligini namoyon etishlari, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun yer maydoni ajratish kabi masalalardagi, shuningdek bandlik masalalaridagi murojaatlari ham tinglandi hamda amaliy yordam berish uchun nazoratga olindi.

Shuningdek, ovul yoshlarining sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoit yaratish, sport musobaqalarini tez-tez oʻtkazib turish yuzasidan qilingan murojaat qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi hamda amaliy yordam berish choralari koʻrilishi maʼlum qilindi.

Tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan 10dan ziyod murojaatlarning asosiy qismi shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi. Oʻrganilishi vaqt talab qiladigan murojaatlarni hal etish mutasaddi tashkilot rahbarlari, ushbu masalalarning ijrosini nazorat qilish boʻyicha tegishli masʼullar zimmasiga yuklatildi.

Shu kuni Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida ham tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov, shaharcha fuqarolar yigʻini masʼullari, faollar va yoshlar ishtirok ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimi hudud yoshlari bilan dildan muloqot qildi va muammolarini ham tingladi. Yoshlarning bandlik, dehqonchilik qilish uchun ijaraga yer maydoni ajratish va ijtimoiy masalalardagi murojaatlari tinglandi va ijobiy hal qilish yuzasidan nazoratga olindi.

Shunisi eʼtiborliki, mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang tarzda takomillashtirilib borilmoqda.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026