16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:23
Siyosat 👁 314

AMUDARYoDA KONSTITUTsIYa QABUL QILINGAN KUNGA BAGʻIShLAB TANTANALI TADBIR OʻTKAZILDI

AMUDARYoDA KONSTITUTsIYa QABUL QILINGAN KUNGA BAGʻIShLAB TANTANALI TADBIR OʻTKAZILDI

Bu yil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31-yil toʻldi. Shu munosabat bilan barcha hududlarda maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-musiqiy tadbirlar tashkil etildi. Amudaryo tumanida ham ushbu sanaga bagʻishlab katta tadbir oʻtkazildi.

7-dekabr kuni tuman Madaniyat markazi kontsertlar zalida boʻlib oʻtgan “Konstitutsiya – qomusimiz!” nomli tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari va tegishli davlat organlari masʼullari, deputatlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Bayramga mos tarzda bezatilgan foye va sahna, hilpirab turgan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari bayroqlari tashrif buyurganlarga tantanavor ruh, koʻtarinkilik baxsh etdi. Sahna toʻridagi monitor orqali Konstitutsiya qabul qilingan kuni eʼlon qilingan sessiya va joriy yil aprel oyidagi muhim siyosiy jarayon – umumxalq Referendumidan, yurtimizda boʻlayotgan islohotlar, ulkan oʻzgarishlar, innovatsion texnologiyalar asosida ish yuritayotgan turli kasbdagi ishchi-xodimlarning faoliyatlaridan lavhalar berib borildi.

Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari Davlat madhiyalari ostida boshlangan tantanali bayram tadbirini tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochib berib, yigʻilganlarni, ular orqali butun tumanimiz aholisini ushbu qutlugʻ sana bilan muborakbod etdi. Shuningdek, yurtimizda oʻtgan yillar mobaynida amalga oshirilgan ulkan oʻzgarishlar, bunyodkorliklar, Konstitutsiyaviy islohotlarni faxr bilan tilga oldi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Qayrulla Atamurodov ham Qomusimizning xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligini, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati boʻlib kelayotganini alohida taʼkidladi. Konstitutsiyamiz xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, Oʻzbekistonning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilayotganini eʼtirof etib oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, tumanimizda ham Konstitutsiya va qonunlarimiz talablaridan kelib chiqib, iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini uy-joy bilan taʼminlash, tibbiyot va taʼlim sohalaridagi muammolar, majburiy mehnat, xususan, bolalar mehnati, ishsizlik, kambagʻallik, korruptsiyaga qarshi kurash masalalari keng jamoatchiligimiz ishtirokida hal etilmoqda.

Shu oʻrinda aytish lozimki, mamlakatimizda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimlari dastlabki ijobiy natijasini bermoqda. Tumanimizda ham “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 209 nafar ishsiz fuqaroga 2 mlrd. soʻmlik subsidiya ajratilib, bandligi taʼminlangan.

Mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 4 421 nafar fuqaroga tavsiyanomalar berilib, 81,8 mlrd. soʻmlik kreditlar ajratilgan, 6 ming nafardan ortiq fuqarolarning oʻzini-oʻzi band qilish orqali bandligi taʼminlangan. “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali 743,7 gektar yer maydonlari 1338 nafar fuqarolarga ajratilgan va ularning qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish orqali daromad topishlariga imkoniyat yaratilgan.

Bayram tadbirining tantanali qismi tugaganidan soʻng, tuman Madaniyat markazlari sanʼatkorlari, tumandagi musiqa va sanʼat maktablari toʻgaraklari havaskorlari, oʻquvchi-yoshlar ishtirokidagi musiqiy dastur bilan davom ettirildi. “Uchqun” ashula raqs ansambli, 21-sonli Bolalar va musiqa maktabi orkestr jamoasi, 38-, 16-, 47-, 49-, 36-, 27-sonli maktablarning raqs jamoalari ijrosidagi qoraqalpoqcha, qozoqcha va turkmancha kuy-qoʻshiqlar, jozibali raqslar barchaga xushnudlik baxsh etdi. Ijodkor Odiljon Shomurodovning “Yangi Oʻzbekiston” va 40-sonli maktab oʻquvchilarining “Oʻzbekiston” sheʼrlari esa tomoshabinlarning kayfiyatini koʻtardi. Ayniqsa, tuman yoshlari joʻrligidagi “Oʻzbekiston yoshlari” va Boburjon Mahmudov, Sevinchoy Bektursunova, Izzatbek Ikromovlar ijrosidagi “Qomusim” qoʻshiqlari bayram tadbirining tantanavorligini yanada oshirdi.

Konstitutsiya qabul qilinganining 31 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan katta bayram tadbiri barchaga manzur boʻldi.

O. Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026