16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:21
Fan va taʼlim 👁 166

5-SONLI MAKTAB OʻQUVChILARI 2-SONLI KASB-HUNAR MAKTABIGA SAYoHATGA BORIShDI

5-SONLI MAKTAB OʻQUVChILARI 2-SONLI KASB-HUNAR MAKTABIGA SAYoHATGA BORIShDI

Mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodga puxta bilim berish, ularga fan asoslarini yangi pedtexnologiyalardan foydalangan holda puxta singdirish va yuksak maʼnaviyatli, goʻzal xulq-atvorli qilib voyaga yetkazish umumiy oʻrta taʼlim muassasalari zimmasidagi vazifadir.

Shuningdek, oʻquvchi-yoshlarning turli kasb-hunarlarga qiziqishlarini erta aniqlash, taʼlim muassasalari bitiruvchilarini zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga yoʻnaltirish ham juda muhim. Chunki har yili respublikadagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini bitirayotgan oʻquvchilarning sanoqliginasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiradilar. Qolganlarining asosiy qismi ishsizlar safiga qoʻshiladilar. Shu boisdan maktab yuqori sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish, biron kasbni puxta egallashiga erishish ham umumiy oʻrta taʼlimning muhim boʻgʻiniga aylanmoqda.

Bu dolzarb vazifaga Amudaryo tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Maktab bitiruvchilarining mehnat bozoriga biron kasbni puxta egallab, maʼlum malakaga ega boʻlgan holda kirib kelishiga harakat qilinayapti.

Yaqinda 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchilari amaliyotchi psixolog Odilbek Jumaboyev rahbarligida tumandagi 2-sonli kasb-hunar maktabiga kasbga yoʻnaltirish, kasb-hunarlar haqida yetarli maʼlumotlar olishi uchun sayohatga bordilar.

Mazkur kasb-hunar maktabida joriy oʻquv yilida 472 nafar oʻquvchilarga umumiy fanlar boʻyicha va 10ta kasb-hunarlar boʻyicha taʼlim berilayapti. Oʻquvchilar har oʻquv haftasining oxirgi kunida oʻzlari oʻrganayotgan kasb-hunarlar boʻyicha nazariy mashgʻulotlarda olgan bilimlarini amaliy mashgʻulotlarda mustahkamlab boradilar.

Muassasada oʻquvchilarning dars mashgʻulotlarini puxta oʻzlashtirishlari, uchun amaliyot mashgʻulotlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, fan toʻgaraklari, badiiy havaskorlik va sport toʻgaraklari muntazam faoliyat koʻrsatmoqda va oʻquvchilarning boʻsh vaqtlari mazmunli oʻtishiga xizmat qilayotir.

2-sonli kasb-hunar maktabi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktori oʻrinbosari Jasurbek Otajonov zamonaviy kasb-hunarlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan oʻquvchilarni iliq qarshi oldi va taʼlim muassasadagi shart-sharoitlar, taʼlim-tarbiya jarayoni va amaliy mashgʻulotlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Oʻquvchilar oshpazlik, tikuvchilik, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, maishiy texnikalarni taʼmirlash, santexnika taʼmiri, payvandlash kasblariga oʻqiyotgan oʻquvchilarning amaliy mashgʻulotlar oʻtishi uchun maxsus amaliyot xonalaridagi jihozlar, asbob-usunalar bilan tanishtirildi. Maktab sport zali bilan tanishish, badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari ijrosidagi kasb-hunarning inson hayotidagi rolini ifoda etuvchi sahna koʻrinishlar oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Hunarli – xor boʻlmas, deydi xalqimiz. Chindan-da, biron kasbga qiziqib uni puxta egallagan va halol mehnat qilgan inson umrini shu kasbi tufayli mazmunli va goʻzal qiladi. Yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish, ularning kelajagi yorqin boʻlishiga xizmat qiladi. Shu maʼnoda qaraydigan boʻlsak, oʻquvchilarning kasb-hunar maktabiga qilgan sayohati juda ahamiyatli boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019