16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:57
Siyosat 👁 254

TOShYoP OVULIDA SEKTOR RAHBARINING SAYYoR QABULI OʻTKAZILDI

TOShYoP OVULIDA SEKTOR RAHBARINING SAYYoR QABULI OʻTKAZILDI

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammoli masalalarga yechim topish maqsadida Amudaryo tumanining 4-sektori hududidagi Toshyop ovulida sektor rahbarlarining sayyor qabuli oʻtkazildi.

21-dekabr kuni boʻlib oʻtgan ushbu sayyor qabulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat Soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Umirbek Aliyev, 4-sektor rahbari, tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimov hamda mutasaddi tashkilotlar va muassasalar masʼullari qatnashishdi. Shuningdek, fuqarolar yigʻini masʼullari, koʻchaboshchilar va ovul faollari ham ishtirok etishdi.

Taʼkidlash lozimki, 4-sektor masʼullari tomonidan sayyor uchrashuvlarda fuqarolarning har bir murojaatiga individual yondashuv yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularni tezkorlik bilan, sifatli hal etilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, hududda yashovchi fuqarolar taqdiriga befarq qaramasdan, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, joylarda aholi bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlikni rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanalmoqda.

Qabulda dastlab sektor hududida birinchi navbatda mahallalarda yashovchi kam taʼminlangan, himoyaga muhtoj, yakka-yolgʻiz, notinch, ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar, aʼzolari ishsiz, uyushmagan yoshlar mavjud boʻlgan, shuningdek, chin yetimlarga, uy-joy bilan taʼminlashga muhtoj boʻlgan oilalarning turmush sharoitlarini keng va atroflicha oʻrganishga astoydil harakat qilinayotgani taʼkidlab oʻtildi. Ushbu oilalarning roʻyxatlari sektor hududidagi har bir mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashlari tomonidan shakllantirilib va muntazam ravishda yangilanib borilayotgani eʼtirof etildi. Shuningdek, huquqni muhofaza qilish, mahalla fuqarolar yigʻinlarining Yarashtirish komissiyalariga ajralish masalasini koʻrib chiqish uchun ariza bergan oilalardagi muhit, shart-sharoitlar, sabablar alohida, keng va atroflicha oʻrganilayotgani hamda ularning ajralib ketmasliklari uchun amaldagi qonunlar doirasida zarur yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatilayotgani toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng, qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Qabul davomida hudud fuqarolaridan 14 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 3 tasi oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan farzandlarining kontrakt pullarini toʻlab berish masalasida, 1 tasi elektr tarmogʻiga uyini ulab berish masalasida, 1 tasi esa tibbiy yordam koʻrsatish masalasida boʻldi.

Undan tashqari, Toshyop ovuli hududidagi “Billur” koʻchasini kengaytirish, koʻmir bilan taʼminlash, ovuldagi qabristonni obodonlashtirish, “Yetti avlon” koʻchasiga tosh-shagʻal toʻshash, ushbu koʻchadagi osilib yotgan elektr simlarini tortish, aholiga tozalangan ichimlik suvini yetkazib berish kabi masalalar yuzaidan ham murojaatlar qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning 3 tasi joyida qanoatlantirildi, 1 tasiga asosli tushunchalar berildi. Qolgan 10 ta murojaatlar tegishliligi boʻyicha idora va tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabulda ishtirok etgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat Soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Umirbek Aliyev aholining turmush tarzini yaxshilash borasida fuqarolarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, buning uchun kreditlar olishlariga koʻmaklashish boʻyicha kerakli tavsiyalar berib oʻtdi. Shuningdek, 4-sektor rahbari tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimov soʻzga chiqib, bugungi kunda tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

Ovul fuqarolari ham masʼul rahbarlarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib, yetarlicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019