16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:55
Jamiyat 👁 235

AJINIYoZ – QORAQALPOQ XALQINING BUYuK OQINI

AJINIYoZ –  QORAQALPOQ XALQINING  BUYuK OQINI

Qoraqalpoq xalqining buyuk oqini Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli 1824-yilda  Orol dengizining janubidagi “Qamish boʻgat” ovulida tugʻilgan. Ota-bobolari oʻz davrining botiri, mardi deb eʼtirof qilingan insonlar edi. Ajiniyozning qalbida badiiylikning kurtak yozib, gul-gʻunchaga aylanishida soʻzga chechan, dilobar onasi Nazira onaning taʼsiri katta boʻlgan.

Ajiniyoz madrasalarda taʼlim olish bilan bir qatorda mustaqil ravishda turli kitoblarni qiziqib oʻqib, bilimini tinmay oshirib borgan. Husnixati juda chiroyli boʻlgan. Bilimga tashna qoraqalpoq elida savodli husnixat egalari juda qadrlangan. Madrasa va kutubxonalardagi noyob kitoblarni koʻchirib, xattotlik bilan ham shugʻullangan. Alisher Navoiyning ayrim asarlarini koʻchirib, husnixatda yozganligi haqidagi maʼlumotlar tildan-tilga koʻchib, hozirgi kungacha yetib kelgan.

Ajiniyoz Xivadagi Shergʻozixon va Qutlimurod inoq madrasalarida oʻqishni davom ettirgan. Qutlimurod inoq madrasasining kiraverishida “Bu madrasada 1840-1844-yillarda qoraqalpoq adabiyotining klassigi Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli oʻqigan” degan lavha bitilgan. Madrasalarda faqat diniy bilimlar emas, dunyoviy ilmlar, shuningdek, Sharqning buyuk shoirlarining sheʼrlarda ifodalangan falsafiy qarashlari ham oʻrganilgan. Maxtumqulining koʻpgina  asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan. Xorazm – Xiva adabiy muhitining,  Maxtumquli merosining ijobiy taʼsiri “Ziyvar” adabiy taxallusi bilan asarlar yaratgan Ajiniyoz ijodining xalqchilligida, hatto tilida ham yaqqol sezilib turadi.

Oʻsha davrlardagi qoraqalpoq xalqining ogʻir tashvishlarga toʻla hayoti haqiqiy shoirning qalbida aks-sado bermay qolmas edi. Ajiniyoz ijodida muhabbat lirikasi bilan birga xalq hayotiga achinish, amaldorlarni adl-u insofga chorlash, koʻpgina urugʻ-elatlarga ega boʻlgan qoraqalpoq xalqini hamjihatlikka – ogʻzibirchilikka chaqirish yaqqol aks etgan. Qozoq, qoraqalpoq xalqida oqin – shoir boʻlgan odam, albatta, doʻmbira chalib bilishi, oʻz soʻzini qoʻshiq qilib aytishi  shart boʻlgan. Toʻyu-bayramlarda “Aytishuv” (“Aytis”)lar xalqning katta eʼtiborida boʻlgan. Ajiniyoz bu borada ham kuchli iqtidor egasi edi. 40 yoshida qozoqning mashhur “aytishuvchi” qizi Mengeshxonni yenggan.

Ajiniyoz oʻzi yashab ijod etgan davrda qoraqalpoq xalqining haqiqiy maʼrifatparvari boʻlgan buyuk shaxs edi. U qozoq, tatar, boshqird, turkman elatlari aro sargardon kezib, oʻz qavmiga kelgach, kambagʻallarning bolalarini oʻqitish uchun maktablar ochadi va oʻzi muallimlik qilib, xalq farzandlariga xat-savod oʻrgatadi.

Qoraqalpoq klassiklarining ijodini keng koʻlamda oʻrganish, targʻib qilishga mustaqillik sharofati bilan katta eʼtibor qaratildi. Ajiniyozning yangi topilgan asarlarini nashr etish, koʻpgina tillarga tarjima qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2024-yilda Qoraqalpoq xalqining buyuk mumtoz shoiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarori asosida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar bu borada munosib qadamdir.

Qoraqalpoq xalqining ulugʻ shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupovning

“Yulduzlarni yerga ungiltmoq* boʻlsang,

Yomon shoirlarni tungiltmoq** boʻlsang,

Agar men oʻlganda tiriltmoq boʻlsang,

Ayt sen Ajiniyozning qoʻshiqlarinnan! –”

(*Ungiltmoq – moʻralatmoq, tikilib qaratmoq; **tungiltmoq – yuz oʻgirtirmoq) – deganiday, Ajiniyozning katta maʼnaviy qudratga toʻla ijodini qadrlash, asrash, avlodlarga yetkazish biz uchun ham qarz ham farz, hisoblanadi. Ushbu munosabat bilan atoqli folklorshunos Seydin Amirlanning shaxsiy kutubxonasidan olingan “Ajiniyoz ijodi” kitobining elektron variantida keltirilgan maʼlumot va ayrim sheʼrlaridan tarjimalarni Siz aziz mushtariylarimizga ilindik. Bolaligimizda radio orqali quloqlarimizga, qalbimizga singib ketgan dilga payvand bu qoʻshiqlar  Qoraqalpoqning buyuk chechan farzandining ijod ummonidan bir qatradir, xolos.

 Nashrga tayyorlovchi va tarjimon

Tursunboy Abdullayev.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019