16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Salomatlik 👁 324

QUTURISh KASALLIGINING OLDINI OLISh YuZASIDAN TUMAN FAVQULODDA VAZIYaTLAR BOʻLIMI TOMONIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShQI TAShKIL ETILDI

QUTURISh KASALLIGINING OLDINI OLISh YuZASIDAN TUMAN FAVQULODDA VAZIYaTLAR BOʻLIMI TOMONIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShQI TAShKIL ETILDI

Joriy yilning 20-fevral kuni Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining tegishli qarori asosida tumanning Olmazor mahallasida maxsus taktik-oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Ushbu maxsus taktik-oʻquv mashqiga 4ta shaxsiy tarkib va 4ta texnika jalb qilindi. Unda hududda quturish kasalligi boʻyicha favqulodda vaziyat sodir boʻlganda tuman Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish davlat quyi tizimining hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda koʻrsatib berildi.

Maxsus-taktik oʻquv mashqi 2ta bosqichda oʻtkazildi. Birinchi bosqichda Olmazor mahallasi hududidagi markaziy oʻyingoh oldida tegishli Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi tarkibidagi xizmatchilar va kuch-vositalarning shayligi koʻrikdan oʻtkazildi. Soʻngra soha xodimlari tomonidan oʻz funktsional vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlarga aniqlik kiritib olindi.

Maxsus taktik-oʻquv mashqning ikkinchi bosqichida koʻrgazmali va amaliy oʻquv-seminari tarzida oʻtkazildi.

Amaliy oʻquv-seminarda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tezkor boʻlinmasi boshligʻi, kapitan Axan Utebayev aholi oʻrtasida quturish kasalligining tarqalishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi, ularning oldini olish va bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining ahamiyati toʻgʻrisida maʼruza qildi.

Shundan soʻng, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi epidemiologiya va immunoprofilaktika boʻlimi mudiri Gulshod Tajiboyeva Amudaryo tumani hududida quturish kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi hamda bu borada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Seminar davomida tuman Tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimi shifokori Farhod Qoʻshmanovning “Quturish kasalligi patogenezi, klinikasi, davolash va profilaktika usullari” toʻgʻrisidagi, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Alisher Matkarimovning “Amudaryo tumani hududida quturish kasalligi boʻyicha mavjud epizootik vaziyat hamda uning oldini olish borasida olib borilayotgan epizootiyaga qarshi tadbirlar” toʻgʻrisidagi maʼruzalari ham tinglandi. Maʼruzachilar quturish kasalligi tarqalishining oldini olish borasidagi chora-tadbirlar haqida keng toʻxtalib, kerakli tavsiyalarni berib oʻtdilar.

Tadbir davomida Olmazor mahallasi hududidagi Islomobod koʻchasida joylashgan 16-uyda koʻrgazmali mashq oʻtkazildi. Unda quturish kasalligiga gumon qilingan bemor aniqlanganda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining harakatlari amaliy ravishda koʻrsatib berildi.

Quturish – hayvonlar va odamlarda uchraydigan, asab tizimining ogʻir shikastlanishi bilan kechadigan hamda oʻlim bilan yakun topadigan oʻta havfli yuqumli virusli kasallikdir. Quturgan uy hayvonlari – it, mushuk, sigir, ot, eshak, choʻchqa, yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki va boshqalar odamlar uchun kasallik manbai boʻlib hisoblanadi. Odamlarga quturish kasalligi 90-95 foiz holatlarda itlardan yuqadi. Yaʼni, shu kasallikka chalingan hayvonlarning tishlashi, tirnashi, tishlarining qadalishi, shuningdek, jarohatlangan teri va shilliq qavatlariga soʻlagi tushishi natijasida yuqadi.

Mahalla aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan tushuntirish-targʻibot uchrashuvida taʼkidlanganidek, jahon sogʻlikni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, dunyoda har yili 40 mingdan 70 ming nafargacha odam, 1-2 mln.dan ortiq hayvonlar quturish kasalligi bilan kasallanadi.

Quturish kasalligi bilan kasallangan bemorlarda tishlagan joyi qichiydi, tortishib uvishadi, bemor tushkunlikka tushadi, odamlar bilan muloqotdan qochadi. Uyqusi buzilib, ishtahasi yoʻqoladi, unda qurquv hissi paydo boʻladi. Nafas olishi qiyinlashadi, suvdan, shamoldan, yorugʻlikdan, tovushdan qoʻrqadi. Bemorning uyqusi buzilib, oʻzini-oʻzi tishlaydi, es-hushi kirdi-chiqdi boʻlib qoladi, keyinchalik bemorning koʻziga yoʻq narsalar koʻrinadi, u alahsiraydi. Tana harorati koʻtariladi, muskullarida falajlik paydo boʻlib, bemor yurak-tomir faoliyati yetishmasligi yoki nafas markazining falaji oqibatida vafot etadi.

Tadbir yakunida masʼullar quturish kasalligi haqida batafsil maʼlumotlar berib, it yoki boshqa hayvonlar tishlaganda va tirnaganda zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish zarurligini taʼkidladilar.

D.BABAJANOV, Amudaryo tuman SEO va JSB epidemiolog vrachi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019