16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Adabiyot 👁 383

"Kitobsevar millat" shiori ostida IV Respublika kitobxonlik haftaligi boshlandi

"Kitobsevar millat" shiori ostida IV Respublika kitobxonlik haftaligi boshlandi

Shu haftada mamlakatimiz boʻylab “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika kitobxonlik haftaligi oʻtkazilmoqda. 22-aprel kuni Amudaryo tumani axborot-kutubxona markazida mazkur haftalikning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda aholi, ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka daʼvat qilish uchun berilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdilar. Aytish jokizki, “Kitobsevar millat” shiori ostida oʻtkazilayotgan bu yilgi Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ham qiziqarli tadbirlar, uchrashuv kechalari, kitob taqdimotlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir tashkilotchilari barcha yurtdoshlarimizni, har bir kitobxonni moʻʼjizalar makoni boʻlmish kutubxonaga tashrif buyurishga chaqirdi.

Chindan ham, kitob oʻqish nafaqat insonning bilim va tafakkurni boyitadi, balki uning dunyoqarashini kengaytiradi va oʻzligini anglashiga yordam beradi. Oʻzbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ommalashtirishga katta eʼtibor berilmoqda, bu esa jamiyatning maʼnaviy taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Tadbir davomida mehmonlar – Oybek mahallasi xotin-qizlar faoli Nargiza Xolboyeva, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi mutaxassisi Zarifa Soatboyeva, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Gulasal Qoʻchqorova, tuman Madaniyat boʻlimi xodimi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman kengashi deputati Oybekjon Begimovlar soʻzga chiqib, “Kitobsevar millat” gʻoyasi va butun xalqimizni kitobxonlikka keng jalb qilishning ahamiyati haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

Aytish joizki, yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish ularning maʼnaviy va intellektual rivojlanishida muhim rol oʻynaydi. Kitob mutolaasi kelajagimiz egalarining dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va ularni turli yot gʻoyalardan himoya qilishda asosiy omil hisoblanadi. Shu sababli ham mamlakatimizda aholi, xususan yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish ishlari davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan va bu borada bir qator ijtimoiy va maʼrifiy tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi doirasida ham yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish va ularning madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan. Bundan tashqari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan ham kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan turli loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz boʻylab “Kitobsevar millat” shiori ostida har yili oʻtkazib kelinayotgan Respublika kitobxonlik haftaligi ham bu eʼtiborning yorqin namunasidir.

Qolaversa, Prezidentimizning kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va targʻib qilishga oid farmoyishi bu boradagi saʼy-harakatlarni yanada kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir soʻngida deputat Oybek Begimov tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib, esdalik sovgʻalarini topshirdi. Tadbirda Amudaryo muhandislik texnikumida kutubxonashunoslik mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etishdi. “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika kitobxonlik haftaligi va mazkur haftalik doirasidagi tadbirlar yurtimizning barcha axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalarida davom etmoqda.

Rohatoy Romanova, tuman axborot-kutubxona markazi bibliografi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019