16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:06
Salomatlik 👁 360

25-aprel – butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni

25-aprel – butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni

JSSTning 2007-yil may oyida boʻlib oʻtgan 60-sessiyasi qaroriga koʻra, dunyo boʻyicha har yili 25-aprel butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Tashkilotning ushbu sanani belgilashdan bosh maqsadi odamlarni bezgak yuqish xavfidan xabardor qilish, ushbu kasallik tarqalgan hududlarga chiqishda shaxsiy himoya choralarini qoʻllashga chorlash, kasallikni davolash mumkinligini tushuntirib, profilaktika choralarini koʻrishga daʼvat qilishdir.  

Mutaxassislarning 2022-yilda oʻtkazgan tekshiruvlarida dunyoning deyarli yarim aholisi bezgak xavfi ostida ekanligi maʼlum boʻlgan. JSSTning statistik maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda dunyo boʻylab 249 mln aholi bezgak bilan kasallangan va ulardan 608 ming nafari vafot etgan. Mamlakatimizda ham 2019-yildan buyon ushbu sana “Bezgakni yoʻqotish mendan boshlanadi” shiori ostida nishonlanib kelinmoqda.

Bezgakni faqat tibbiy xizmat yordamida yengib chiqish juda qiyin. Buning uchun barcha tashkilotlar va muassasalar, xususiy va davlat korxonalari kuchlarini birlashtirishlari zarur.

Bezgak kasalligi bu odamlarda uchraydigan parazitar yuqumli kasallikdir. Uni faqat mikroskop yordamida koʻrish mumkin boʻlgan parazitlar – plazmodiylar keltirib chiqaradi. Plazmodiylar sodda jonivorlar sinfiga mansub boʻlib, odam qonida, yaʼni eritrotsitlarda yashaydi va koʻpayadi. Keyinchalik eritrotsitlarni yemirib, kamqonlikni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, organizmning qon ishlab chikaruvchi, asab, qon-tomir va boshqa tizimlari faoliyatining buzilishiga olib keladi.

Baʼzan kasallik shu qadar ogʻir kechadiki, davolash oʻz vaqtida boshlamagan hollarda bemor kasallik boshlangandan bir necha kun oʻtib, halok boʻlishi mumkin.

Bezgak kasalligi baʼzi chivinlarning urgʻochi turlari chaqishi tufayli bemor odamdan sogʻlom odamga oʻtadi. Bunday chivinlarni bezgak chivinlari deb ham ataydilar. Bezgak chivinlari kasal odam yoki hayvonlarning qonini soʻrganda oʻzlariga kasallikni yuqtirib olishadi, keyinchalik bu chivinlar xavfli hisoblanib, ular orqali sogʻlom odam va hayvonlarga tarqaladi.

Agarda Sizda:

- 2-3 kun davomida tana haroratingiz koʻtarilib, bosh, boʻgʻinlar ogʻrigi, koʻngil aynishi, yoʻtal va shunga oʻxshash shamollash belgilari kuzatilsa;

- qaltirash bilan kechadigan vaqti-vaqti bilan haroratning koʻtarilishi kuzatilsa;

- isitmalash 4 kun va undan ortiq vaqt davom etib, “etiologiyasi aniq boʻlmagan isitmalash” tashxisi qoʻyilsa, yoki qoʻyilgan tashxisga binoan davolashga qaramasdan, isitmalash toʻxtamayotgan boʻlsa;

- bezgak kasalligi mavjud boʻlgan davlatlarga borgan boʻlsangiz;

- isitmalash yoʻq, lekin taloq va jigaringiz kattalashgan, sariqlik va sababi maʼlum boʻlmagan kamqonlik alomatlari kuzatilsa, shifokoringizga murojaat qilishingizni maslahat beramiz.

Oʻz sogʻligʻingizga va atrofingizdagilarning sogʻligʻiga befarq boʻlmang!

J.Kamolov, tuman SEO va JSM parazitologiya boʻlimi mudiri

T.Atamuratov, shifokor-laborant.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019