16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:08
Sport 👁 480

Oʻqituvchilar ishtirokida Kasaba uyushmasi kubogi uchun sport musobaqalari oʻtkazildi

Oʻqituvchilar ishtirokida Kasaba uyushmasi kubogi uchun sport musobaqalari oʻtkazildi

29-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabida va minifutbol maydonchasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari xodimlari oʻrtasida “Sogʻlom tanda – sifatli taʼlim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi uchun 2-bosqich sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, oʻqituvchilarning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilash, stressni kamaytirish va ijodiy potentsialni oshirish maqsadida ularni sportga ommaviy jalb qilish masalasiga doimiy ravishda eʼtibor qaratib kelinadi. Sport bilan muntazam shugʻullanish nafaqat tanani chiniqtiradi, balki oʻqituvchilarning ish samaradorligini ham oshiradi.

Shuningdek, sport jamoaviy ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa oʻqituvchilar orasida hamkorlik va oʻzaro tushunishni mustahkamlaydi. Sport musobaqalarida ishtirok etish shuningdek, oʻqituvchilarning oʻz sogʻligʻiga boʻlgan masʼuliyatini yanada oshiradi va ularga oʻzlarining shaxsiy va kasbiy hayotlarida muvozanatni saqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, sport musobaqalari oʻqituvchilarga oʻz maktablari va jamoalari bilan yanada chuqurroq bogʻlanish imkonini beradi, bu esa maktablarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning yaxshilanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktablar oʻqituvchilaridan iborat jamoalar ishtirokida Kasaba uyushmasi kubogi uchun oʻtkazilgan sport musobaqalari murosasiz bahslarga boy boʻldi.

Keskin raqobat muhitida oʻtgan musobaqalar yakunlariga koʻra sportning shaxmat turi boʻyicha ayollar oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni 32-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Navbahor Shamshatova, erkaklar oʻrtasida esa faxrli 1-oʻrinni 67-sonli maktab oʻqituvchisi Oybek Boltabayev egalladi.

Sportning shashka turi boʻyicha esa gʻoliblik ayollar oʻrtasida 76-sonli maktab oʻqituvchisi Roza Xidirovaga, erkaklar oʻrtasida 44-sonli maktab oʻqituvchisi Aminboy Eshimbetovlarga nasib qildi.

Stol tennisi musobaqalari yakunlariga koʻra ayollar oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni 36-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Eʼtibor Bobojonova egallagan boʻlsa, erkaklar oʻrtasida gʻoliblik 40-sonli maktab oʻqituvchisi Doniyor Yuldashevga nasib qildi.

Voleybol musobaqalari ham juda qiziqarli va hayajonli oʻtdi. Barcha bosqichlar yakunlariga koʻra 28-sonli maktab jamoasi ayollar oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni egalladi. Ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan minifutbol musobaqalarida esa 7-sonli maktab jamoasiga teng keladigani topilmadi.

Gʻolib ishtirokchilar va jamoalar musobaqalarning 3-bosqichida ishtirok qilish huquqiga ega boʻldilar. Shuningdek, gʻoliblar va faol ishtirokchilar taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi kengashi tomonidan diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Musobaqalarning tantanali yopilish va gʻoliblarni taqdirlash marosimida taʼkidlanganidek, sport bilan muntazam shugʻullanish oʻqituvchilarga oʻquvchilar bilan yangi va samarali muloqot qilish usullarini topishga yordam beradi, bu esa taʼlim sifatini oshirish, maktablarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga xizmat qiladi. Oʻtkazilgan ushbu musobaqalar ham ishtirokchi oʻqituvchilarga jamiyatning faol aʼzolari safida boʻlishga imkon yaratib, ularning jismoniy faolligini oshirishga yordam berishi shubhasiz.

Ulugʻbek Abduraxmanov, Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi kengashi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026