16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Adabiyot 👁 350

“Yo siz keling, yo biz boramiz”: “kitoblar karvoni” navbatdagi taʼlim maskaniga tashrif buyurdi

“Yo siz keling, yo biz boramiz”: “kitoblar karvoni” navbatdagi taʼlim maskaniga tashrif buyurdi

“Ilm izlab bormaydi, ilmni izlab keladilar” degan edi donolardan biri. Ushbu qisqa jumlalarda ne maʼno yashirin? Agarda inson yetuklikka, ilm olishga va maʼnaviy olamini boyitishga bel bogʻlasa oʻqisin, izlansin, shaxsan oʻzi harakat qilsin va koʻzlagan maqsadiga erishsin, degan mazmun bor unda. Ammo bugungi taraqqiy topgan zamonda ilm-u maʼrifat, maʼnaviyat insonni oʻzi “izlab” kelishi ham mumkin. Qanday deysizmi?! Aytaylik, maʼnaviy kamolot vositasi boʻlgan “kitoblar karvoni” siz taʼlim olayotgan maskanga yoki siz istiqomat qilayotgan mahallaga borishi mumkin.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari!” nomli grant loyihasi ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda.

Yaqindagina gazeta tahririyati xodimlari, loyiha ijrochilari ushbu grant loyihasi doirasida Amudaryo tumanining 2-sektori hududida joylashgan 64-sonli maktabga tashrif buyurishdi. Turli xil janrdagi adabiyotlarni oʻz ichiga olgan kitoblar jamlangan “kitoblar karvoni” maktabga va kitobsevar oʻquvchilar qalbiga ziyo taratib kirib keldi.

Tadbirda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbiri Mahmudjon Shomurodov, Amudaryo televideniyesi suhandoni Aziza Madrahimova, gazeta muxbiri Shahzod Qurbonboyev, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Akbar Xolniyozov hamda maktabning ilmga chanqoq 9-10-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni maktab direktorining oʻrinbosari Akbar Xolniyozov ochib berdi. U oʻz soʻzida oʻquvchilarning hayotida kitobning tutgan oʻrni haqida aytib oʻtdi. Kitob oʻqigan inson salomidan maʼlum ekani, keng dunyoqarashga ega boʻlish uchun ham kitoblar oʻquvchining doʻsti ekanligiga alohida urgʻu berildi. Shundan soʻng loyiha koordinatori, jurnalist Aziza Madrahimova oʻquvchilarni tahririyat qoshidagi kutubxonadan keltirilgan “kitoblar karvoni” bilan qisqacha tanishtirib oʻtdi. Mazkur kitoblar jamlanmasida badiiy, ilmiy, motivatsion yoʻnalishda yozilgan toʻplamlar borligini aytib, har bir kishi oʻz qiziqishidan kelib chiqqan holda mutolaa qilishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, kitob oʻqish nafaqat maʼnaviy ozuqa olish uchun kerakligini, balki, hayotda oʻz oʻrningni topish, karera qilish, hattoki nozik oilaviy munosabatlarni mustahkamlash uchun ham zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Darhaqiqat, kitob oʻqiydigan, maʼnaviyati boy, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat kuchli boʻlgan oila hech qachon ajrim yoqasiga kelib qolmaydi.

Jurnalist Shahzod Qurbonboyevning kitobxonlik haqidagi hayotiy kuzatuvlari bilan yoʻgʻrilgan fikrlari esa davrani jonlantirdi. Shuningdek, u oʻquvchilarning kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi.

Tadbirda ayniqsa, 9-sinf oʻquvchilari boʻlgan Dilshoda Sultanova hamda Oltinoy Haydarovalarning bugungi globallashuv davrida kitoblarning ahamiyati toʻgʻrisidagi fikrlari tengdoshlarini mushohadaga chorladi.

Tadbir soʻngida oʻquvchilar “kitoblar karvoni”dan joy olgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Aksariyat oʻquvchilar tahririyat qoshida tashkil qilingan kutubxonaga aʼzo boʻlishga qiziqish bildirdi hamda grant loyihasi doirasida tashrif buyurgan ijodiy guruhga tashakkur aytib, oʻquvchi maʼnaviyatini boyitadigan bunday tadbirlarni tez-tez oʻtkazib turish kerakligini taklif qildilar.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019