16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:16
Adabiyot 👁 439

Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmalari aʼzosi, atoqli shoira Zulfiya Olloyorova muborak 60 yoshni qarshi oldi

Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmalari aʼzosi, atoqli shoira Zulfiya Olloyorova muborak 60 yoshni qarshi oldi

Adabiyot – koʻngil ishi, ilhom samarasi, ruhiyat va kechinmalar ifodasidir. Ijod – murakkab jarayon. Soʻzga umrini bahshida etish uchun insonda katta jasorat boʻlishi lozim. Adabiyot xalqni tarbiyalab, yosh avlodni begona gʻoyalar taʼsiridan saqlaydi. Oʻlmas ijod namunalari esa har birimizni ezgulikka chorlab turadi. Shoir va yozuvchilar maʼnaviy obidalarning mohir meʼmorlaridir. Ularning ibratli umr yoʻlini targʻib qilish yosh avlodning maʼnaviy kamolotida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Shu maqsadda mamlakatimizda shoir va yozuvchilar hamda ijod ahliga alohida ehtirom koʻrsatilib, tavalludiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kechalar, yubiley tadbirlari muntazam ravishda tashkil qilinadi. Davlatimiz tomonidan har yili oʻz ijodiy mehnati bilan xalq farovonligi va yurt ravnaqi yoʻlida xizmat qilib, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan ijodkorlar mehnatining eʼtirof etilishi jamiyatda ziyoli qatlamning mavqeyini yanada oshiryapti.

Joriy yilda Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, amudaryolik taniqli shoira, bir qator kitoblar muallifi, koʻplab yosh ijodkorlarning sevimli ustozi Zulfiya Olloyorova muborak 60 yoshni qarshi oldilar. Sana munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida yubiley tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga Qoraqalpogʻiston yozuvchilar uyushmasi masʼul kotibi Beknazar Yernazarov va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoir va yozuvchi Joldasbay Nurillayevlar tashrif buyurdi. Shuningdek kechada, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi muutaxassisi Zarifa Soatboyeva, tumanimizning taniqli shoirlari Tursunboy Abdullayev, Ahmad Nafasov, Shomurod Xoʻjanov, Xudoybergan Jumamurodov, shoira Zuhra Ahmedovalar hamda ijodkorning muhlislari, shogirdlari, qarindoshlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Kechaga ajoyib suxandon Qudrat Matsafoyev boshlovchilik qildi. Sanʼatkor Vahobjon Abdullayev ijrosidagi jonli qoʻshiqlar kechaga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Dastlab ustoz shoir, suxandon Tursunboy Abdullayev soʻzga chiqib, muborak 60 yoshni qarshi olganligi bilan Zulfiya Olloyorovani tabriklab, oʻzining samimiy tilaklarini izhor etdi. Shoiraning ijod yoʻli xususida toʻxtalib, ijodi haqida iliq fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, mehmon ijodkorlar Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi masʼul kotibi Beknazar Yernazarov va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoir va yozuvchi Joldasbay Nurillayevlar ham soʻzga chiqib, shoirani yubiley yosh bilan samimiy qutladilar. Mehmonlar yubilyarga uyushma tomonidan taqdim etilgan tabriknoma va sovgʻalarni tantali ravishda topshirishdi.

Shuni qayd etishimiz kerakki, Zulfiya Olloyorovaning bugungi kunga qadar “Ufqqa qoqilgan ishq”, “Dunyolikda dunyo ranglari”, “Koʻngilning chor nagʻmasi” kabi sheʼriy toplamlari nashr qilingan. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Jiyenbay Izbasqanov tomonidan shoira sheʼrlari qoraqalpoq tiliga tajrima qilingan va 2013-yilda “Muharrir” nashriyotida “Suyemen aq bulttay paklik jolin” nomi bilan nashr qilingan. Zulfiya Ollayorova 2014-yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan. U 2012-2019-yillar davomida Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar markazida toʻgarak rahbari vazifasida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda “Bogʻ” mahalla fuqarolar yigʻinida maslahatchi vazifasida mehnat qilyapti.

Yubiley tadbiri davomida ustoz shoir Ahmad Nafasov va Shomurod Xoʻjonovlar ham sana munosabati bilan Zulfiya Ollayorovani samimiy qutlab, shoiraga bagʻishlangan tabrik sheʼrlarini oʻqidilar. Shuningdek, 14-sonli maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari ham kechaga fayz bagʻishladi. Zulfiya mukofoti sohibasi Barno Samandarova ham ustozini tabriklab, shoira ijodidan yod olgan sheʼrlarini ifodali oʻqidi.

Kecha yakunida Zulfiya Olloyorova tadbir tashkilotchilariga, mehmonlarga va barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Fursatdan foydalanib biz ham Zulfiya Olloyorovani 60 yoshlik yubileyi bilan muborakbod etib, shoiraga sihat-salomatlik va bardavom ijod tilaymiz. Adabiyotga boʻlgan muhabbat koʻnglimizni aslo tark etmasin.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019