16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:30
Salomatlik 👁 309

14-iyun – Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan “Qon topshir – hayot inʼom et!” nomli aktsiya oʻtkazildi

14-iyun – Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan “Qon topshir – hayot inʼom et!” nomli aktsiya oʻtkazildi

Qon – insonning hayot quvvatini oshiruvchi kuch-qudrat manbai hisoblanadi. Buni hayot uchun kurashayotgan bemorlar, shu bilan birga xasta koʻngillar dardiga darmon boʻlishga intilayotgan shifo ahli juda yaxshi bilishadi. Hayotda shunday vaziyatlar boʻladiki, bemor hayoti qil ustida, uning dardini yengillashtiruvchi malham — qon plazmasi juda zarur. Ana shu daqiqalarda donorlik yordami tufayligina bemorning hayoti saqlab qolinadi. Shu bois, xalqimiz koʻngilli donorlarni xasta insonlarning najotkorlari sifatida qabul qilishadi.

2005-yilning may oyida Jahon Sogʻlikni saqlash tashkilotining xalqaro assambleyasida dunyo davlatlarining sogʻlikni saqlash xodimlari yakdillik bilan Qon donorligini qoʻllab-quvvatlashdi va shu kuni 14-iyun – Butunjahon donorlar kuni sifatida belgilandi. Har yili ushbu sana dunyo boʻylab keng nishonlanadi. Shu bilan birga ushbu sanada anʼanaviy ravishda “Qon topshir – hayot inʼom et!” mavzusida aktsiyalar oʻtkaziladi.

Statistik maʼlumotlarga qaraganda, mamlakatimizda ayni paytda har ming nafar kishiga 5 nafar donor toʻgʻri keladi. Agar har ming nafar kishiga 10 nafar donor toʻgʻri kelsa, bu yuz foiz donorlik xizmatini amalga oshirish imkonini berarkan. Demak, bizdagi koʻrsatkich xalqaro meʼyorlardan 2 baravar kam. Shu bois, mamlakatimizda koʻngilli donorlar safini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2018-yilda Oʻzbekistonda 85,2 tonna, 2019-yilda 96,5 tonna, 2020-yilda 95,5 va 2021-yilda 113 tonna sifatli donorlik qoni tibbiyot muassasalariga beminnat yetkazib berilgan. Bu esa koʻngilli donorlar safi yil sayin oshib borayotganidan dalolat beradi.

Amudaryo tumanida ham 14-iyun – Butunjahon donorlar kuni anʼanaviy tarzda keng nishonlanadi va koʻngilli donorlar tomonidan Tibbiyot birlashmasi huzuridagi Qon bankida qon topshirish tadbirlari amalga oshiriladi.

Sana munosabati bilan Tibbiyot birlashmasi huzuridagi Qon banki boʻlimida Butunjahon donorlar kuniga bagʻishlab “Qon topshir – hayot inʼom et!” nomli aktsiya oʻtkazildi. Ushbu tadbirda eng avvalo donor-shifokorlar faollik koʻrsatishdi.

Aktsiyada Tibbiyot birlashmasi jarrohi Olimboy Shomurodov, birlashma qabul boʻlimi mudiri Olimboy Qurboniyozov, Qon banki boʻlimi shifokori Zokirjon Oʻrozboyev, avtoklav hamshirasi Gulchehra Matniyozova hamda boshqalar begʻaraz qon topshirishib, oʻzlarining mehr-oqibat va insonparvarlik namunalarini koʻrsatdilar.

Aytish joizki, donorlik, yaʼni qon topshirish, insoniyat uchun juda muhim va hayotni saqlab qoluvchi amaliyotdir. Shu sababli ham yurtimizda qon donorligi aholining turli qatlamlari orasida keng targʻib qilinmoqda, chunki har kuni koʻplab insonlar jarohatlar, operatsiyalar va turli kasalliklar tufayli qonga muhtoj boʻladilar. Donor boʻlish uchun 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan, tana vazni 50 kilogrammdan yuqori va oʻzini sogʻlom deb bilgan Oʻzbekiston fuqarolari murojaat qilishlari mumkin.

Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi Qon banki boʻlimida “Qon topshir – hayot inʼom et!” aktsiyasi muvaffaqiyatli davom etmoqda. Aziz yurtdoshlarimizni ham ushbu maskanga tashrif buyurib, qon topshirishga va ezgulik ulashishga chorlab qolamiz. Zero, xasta koʻngillarga shifo, hayotga ishonch va quvvat baxsh etish insoniylikning eng oliy belgisidir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019