16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:47
Sport 👁 367

Sportning qoʻl jangi turi boʻyicha hokim sovrini uchun oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqa raqiblarning murosasiz janglariga boy boʻldi

Sportning qoʻl jangi turi boʻyicha hokim sovrini uchun oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqa raqiblarning murosasiz janglariga boy boʻldi

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish davlat ijtimoiy siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sport maktablarida yaratilgan zamonaviy sharoitlar va tajribali murabbiylarning oʻziga xos mashgʻulotlari natijasida chempion sportchilarimiz jahon miqyosida oʻtkazilgan musobaqalarda yurtimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtaryapti.

Bugungi kunda amudaryolik yoshlar orasida sportning qoʻl jangi turi bilan shugʻullanuvchi sportchilar koʻp. Belgilangan tartibda doimiy oʻtkazib kelinayotgan musobaqalar esa iqtidorli sportchilarni aniqlash imkonini bermoqda.

Joriy yilning 24-iyun sanasida Amudaryo tumani sport maktabida yoshlar oyligi doirasida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha hokim sovrini uchun oʻsmirlar oʻrtasida tuman ochiq birinchiligi musobaqalari oʻtkazildi.

Tadbirda Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Sherzod Murodov, tuman Sport maktabi direktori Chorsham Tajimurodov, faxriy ustoz sportchilar, toʻgarak murabbiylari hamda sportchi yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqada 10 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan 100 nafardan ortiq sportchilar oʻz vazn toifasida kuch sinashdilar. Sportchilarning gʻoliblik uchun murosasiz kechgan bellashuvlari bosh hakam Abror Otajonov hamda yordamchi va yon hakamlar Komil Qutlimurodov, Bekzod Otajonov, Salamat Jiyemuratovlar tomonidan nazorat qilinib, adolatli baholab borildi.

Takidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan qoʻl jangi sport turi aholi, ayniqsa yoshlar, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari oʻrtasida yanada ommalashtirilib, soha uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga boʻlgan eʼtibor yanada kuchaytirildi. Bu sport turi jang sanʼatining bir turi boʻlib, raqiblar qoʻllardan foydalangan holda bir-biriga qarshi kurashadilar. Qoʻl jangi nafaqat jismoniy kuch, balki tezlik, texnika va strategiyani ham talab qiladi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Amudaryo tumani sport maktabida sportning 18 turi boʻyicha jami 2400 nafar sportchilar mashgʻulotlar bilan shugʻullanib kelishmoqda. Sportning qoʻl jangi turi boʻyicha tumanimiz yoshlari mamlakat miqyosida oʻtkazilayotgan musobaqalarda ham faxrli yutuqlarga erishmoqda. Birgina 2024-yilning olti oyi davomida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida sportchilarimiz tomonidan jami 19 ta medal, shundan 6ta oltin, 9ta kumush va 4ta bronza medallari qoʻlga kiritildi. Shuningdek, tumanimizning Qilichboy ovulida tugʻilib oʻsgan Oʻzbekiston chempioni Lobar Jumaboyeva joriy yilda Buxoro viloyatida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati musobaqalarida 58 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Bu kabi erishilgan yutuqlar tumanimizda murabbiylar va sportchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarning amaliy natijasi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

“Hokim sovrini” uchun oʻtkazilgan musobaqaning yakuniy nataijalariga koʻra, 10-11 yosh chegarasida Jahonsher Abdurasulov, Behruzbek Farhodov, Fozilbek Yoʻldoshev hamda Niyozbek Safarniyozovlar oʻz vazn toifalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. 12-13 yoshli sportchilar oʻrtasida kechgan murosasiz bellashuvlarda Yaxibbay Abatbayev, Javohir Olloyorov, Artur Utegenov hamda Alisher Mambetboyevlar oʻz vazn toifalarida raqiblaridan ustun ekanliklarini isbotlashdi. Musobaqa davomida yigitlar qatorida qizlar ham abjirliklarini namoyon qilishdi. 14-15 yosh chegarasida qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan bellashuvlarda Ulzada Utepbergenova hamda Aziza Sotiboldiyevalar oʻz vazn toifasida gʻoliblikka munosib koʻrildi. Shuningdek, musobaqa davomida oʻtkazilgan professional janglarda Mirjalol Yarashbayev hamda Bekniyaz Aytniyazovlar oʻz vazn toifasida 1-oʻrinni yengib olishdi.

Musobaqa soʻngida gʻolib boʻlgan sportchilar tuman hokimligi tomonidan diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Abror Otajonov, Amudaryo tumani sport maktabi qoʻl jangi boʻyicha katta murabbiyi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019