16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Siyosat 👁 264

Saylov kampaniyasidagi muhim jarayonlardan biri — imzo toʻplash jarayoni uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda

Saylov kampaniyasidagi muhim jarayonlardan biri — imzo toʻplash jarayoni uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda

Maʼlumki, joriy yil 27-oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi boʻlib oʻtadi. Bosh Qomusimiz va Saylov Kodeksida belgilangan muddatlar va qonun talablaridan kelib chiqib, 26-iyuldan eʼtiboran Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasiga start berildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, bu yilgi saylovlar avvalgi yillardagidan farqli ravishda amalga oshiriladi. Yaʼni, Saylov Kodeksida belgilangan tartib-qoidalarga koʻra, Qonunchilik palatasi deputatlar saylovi aralash saylov tizimi asosida oʻtkaziladi. Unga koʻra, Qonunchilik palatasi deputatlarining yarmi ayni paytdagi mavjud tartib boʻyicha saylansa, qolgan yarmi siyosiy partiyalarning roʻyxatlari asosida saylanadi. Yaʼni, saylovchilar 75ta oʻrin boʻyicha aniq bir nomzodni tanlab saylasalar, qolgan 75tasi boʻyicha siyosiy partiyaga ovoz beradi.

Ayni kunlarda mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim mavqega ega boʻlgan beshta siyosiy partiya – Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Ekologik partiyalarining saylovda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlovchi saylovchilar imzosini toʻplash jarayoni oʻtkazilmoqda. Mazkur siyosiy tadbir Amudaryo tumanida faoliyat olib boruvchi siyosiy partiyalar tomonidan ham yuksak saviyada tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 5-avgust sanasida Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasini qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan tadbir ham ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat va bayramona ruh bagʻishladi. Unda partiya xayrixohlari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan kelishib, imzo varaqalariga qoʻyilgan shaxsiy imzolari orqali Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasini qoʻllab- quvvatlashga rozi ekanliklarini bildirdilar.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, imzo yigʻish jarayoni Saylov qonunchiligiga binoan oʻtkazilayotgani fuqarolarning oʻz xohish-irodalarini emin-erkin ifodalash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bu fikrlarimiz tadbir davomida fuqarolar bilan partiya masʼullarining samimiy va oshkora muloqot tarzidagi davra suhbatida ham oʻz tasdigʻini topdi.

Partiya masʼullari tomonidan joriy yilda boʻlib oʻtadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovining avvalgi yillardagi saylovlardan farqli jihatlari hamda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi gʻoyalari, shuningdek, boʻlajak siyosiy jarayonning mazmun-mohiyati xususida fuqarolarga zarur tushunchalar berildi.

Taʼkidlanganidek, partiyaning maqsadi – davlat hokimiyatining vakillik organlarida davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.

Partiya, ushbu insonlarning manfaatlaridan kelib chiqib, vakillik demokratiyasi mexanizmlari vositasida qonunlarni qabul qilish, davlat hokimiyati ijroiya organlarini shakllantirish va ular tomonidan taraqqiyotning ustuvor yoʻnalishlari hamda tegishli vazifalarni amalga oshirish yoʻllarini belgilashda amaliy taʼsir koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlishni koʻzda tutadi.

Tadbir davomida partiya elektorati vakillari masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar.

R. Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019