16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:24
👁 3,223

OBODLIK VA OZODALIK – SALOMATLIK GAROVI

OBODLIK VA OZODALIK – SALOMATLIK GAROVI

2013-yil "Obod turmush yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan mamlakatimizda xalqning turmush darajasi va sifatini oshirish, farovonlik, tinchlik va totuvlikni taʼminlash vazifalarini amalga oshirishda oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faollari, masʼul davlat organlari, jamoat tashkilotlari va deputatlar oldiga Davlat dasturida ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Shular qatorida tumandagi ovul va mahallalar hududlarini obodonlashtirish, ijtimoiy soha obʼektlarining sanitariya holatini yaxshilash, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faollari, hududiy profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar qoʻmitasi hamda sanitariya holatiga masʼul davlat organi xodimlarining ijtimoiy faolligini oshirish, ular oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni tashkil etishga jamoatchilikni keng jalb etish, aholining bu boradagi huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan tuman hokimining Farmoyishi ijrosini taʼminlash uchun tuman DSENM tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman xududidagi barcha ovul va mahallalar hududlarini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi orasida keng turda sanitariya-targʻibot ishlarini tashkil qilish maqsadida tuman DSENM xodimlari barcha ovul va mahalla hududlariga bekitilgan boʻlib, aholining sanitariya madaniyatini oshirishda sezilarli darajada ishlar olib borishmoqda. Joriy yilning 3 oyi davomida DSENM mutaxassislari tomonidan mahalla hududlarida aholining ichimlik suvi, tuproq, atmosfera havosi, oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, sanitariya-ximik laboratoriyasida 711 ta sinama va bakteriologik laboratoriyada 519 ta sinamalar olinib, tegishli xulosalar berildi.

Davlat dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida har bir okrug va mahalla kesimida tuzilgan ishchi guruh tomonidan hududlarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, xonadonlarda ozodalikni saqlash, chiqindilarni oʻrada kompost qilish, koʻchalarni va hududlarni uy-roʻzgʻor chiqindilari va kir suvlari bilan ifloslamaslik, har bir xonadonlarda mevali va manzarali daraxt hamda uy oldida gul koʻchatlarini ekishni tashkil etish, aholi oʻrtasida har xil yuqumli kasalliklarning kelib chiqishining oldini olish uchun hududdagi xonadonlarda DSENM, tibbiyot xodimlari, mahalla ziyolilari va mahalla faollari, imom xatiblar ishtirokida aholi oʻrtasida sanitariya-targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Nazorat davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida har bir korxona, tashkilot va muassasa rahbarlariga, oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga hamda mutasaddi tashkilotlarga DSENM ning chiqish xatlari bilan tegishli tavsiyalar, yuqumli kasalliklarning kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan sanitariya talabnomalari tarqatildi. DSENM mutaxassislari tomonidan berilgan tavsiyalarning bajarilishi yuzasidan oʻrganishlar natijasida atrof muhitni va ochiq suv havzalarini maishiy chiqindilar bilan ifloslagan, shuningdek sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga rioya qilmagan 87 nafar shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK ning 53-moddasi asosida maʼmuriy javobgarlik ishi qoʻzgʻatilib, jarimaga tortildi.

Aholi oʻrtasida roʻyxatga olingan yuqumli kasalliklar boʻyicha joriy yilda 339 ta kasallik oʻchoqlari aniqlanib,  oʻchoqlarda oʻz vaqtida epidemiologik va sanitariya-gigiyenik tekshirishlar oʻtkazilib, kasallikni bartararaf qilish va aholi oʻrtasida tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari oʻtkazildi, dezinfektsiya ishlari oʻz vaqtida olib borildi.

Joriy yilning 3 oyi davomida barcha ovul va mahallalar aholisi bilan deputat uchrashuvlari oʻtkazildi, aholi orasida kelib chiqayotgan muammolar birgalikda oʻrganib chiqilib, bartaraf qilish maqsadida tegishli korxona va tashkilotlarga "Deputat soʻrovnomasi” bilan murojaat qilinib, muammolar oʻz yechimini topmoqda.

 "Obod turmush yili”da har bir xonadonda obodonlashtirish, tozalikka rioya qilish, hududlarga mevali va manzarali daraxt hamda gul koʻchatlari ekib, koʻcha va mahallalarni obod qilish barchamizning burchimizdir. Chunki har bir xonadon ozodaligi va obodligi inson salomatligi garovidir.

 

T.BObOniyozov.

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlantirish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi, tuman DSENM bosh shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019