16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:08
Sport 👁 478

Sektorlar kesimida prokuror kubogi musobaqalari oʻtkazildi

Sektorlar kesimida prokuror kubogi musobaqalari oʻtkazildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan musobaqalar Amudaryo tumanidagi sportsevar yoshlarni oʻz atrofiga jamlamoqda. Tuman sport maktabi zalida milliy kurash boʻyicha 18-30 yosh toifasida erkaklar va ayollar oʻrtasida 4 sektor kesimida “Prokuror kubogi” uchun tashkil etilgan musobaqalar ham shular jumlasidandir.

Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ularni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, milliy sportimizni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqa yuqori saviyada, koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Amudaryo tumani prokurori yordamchilari Sanjar Abdullayev, Ogʻabek Erkuliyev, Amudaryo tumani sport maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Zokir Yuldashev hamda murabbiy va sportchilar ishtirok etishdi.

Dastlab Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Sportchi yoshlar va murabbiylar, tadbir ishtirokchilari qoʻllarini koʻksiga qoʻyib, yurt madhini joʻr boʻlib kuylashdi.

Musobaqani Amudaryo tumani prokurori yordamchisi Sanjar Abdullayev tantanali ravishda ochib, murabbiylar hamda sportchilarga omad tiladi. Shundan soʻng musobaqalarga start berildi.

Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda asrlar davomida mardlik, bagʻrikenglik, oliyjanoblik va halollikning timsoli sifatida eʼzozlanib kelingan, oʻzbek xalqining tarixiy merosi – kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi rivojini qoʻllab-quvvatlash, zarur infratuzilmani yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jahonning bir qator davlatlarida kurash turnirlari, turli chempionatlar, seminar-mashgʻulotlar oʻtkazib kelinishi natijasida ushbu milliy sportning xalqaro rivojiga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Darhaqiqat, kurash asrlar davomida oʻzbek xalqining eng ommaviy va sevimli milliy oʻyinlari qatorida eʼzozlab kelingan. Kurash – yakka kurashning qadimiy turi boʻlib, taʼrixiy maʼlumotlarga koʻra, uning yoshi 3 ming yillikdan ortiq hisoblanadi. Bugungi kunda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi tarkibida 130dan ziyod davlatlar milliy federatsiyalari faoliyat yuritadi.

Davlatimizning bevosita qoʻllab-quvvatlashi natijasida kurash xalqaro sport turi sifatida keng eʼtirof etildi, “kurash”, “halol”, “taʼzim”, “toʻxta”, “yonbosh” va boshqa atamalar esa xalqaro sport lugʻati tarkibidan oʻrin egalladi.

Eʼtirof etish joizki, “Kurash” milliy sport turini aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish, oʻsib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va jahon sport maydonida yuqori natijalarga erishishni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan “Prokuror kubogi” musobaqasi tom maʼnoda kurash bayramiga aylanib ketdi.

Musobaqalar keskin va murosasiz tarzda boʻlib oʻtdi hamda belgilangan yosh va vazn toifasida gʻoliblar aniqlanib, musobaqaning tuman bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Musobaqa yakunida gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

B. Soatov, Amudaryo tumani sport maktabi ommaviy sportni rivojlantirish va selektsiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026