16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:34
Fan va taʼlim 👁 396

QIShLOQDAGI NAMUNALI MAKTAB

QIShLOQDAGI NAMUNALI MAKTAB

Bugungi davr har bir insondan yuksak bilim va salohiyatni talab etadi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodning tobora rivojlanib borayotgan ilm-fan asoslarini puxta egallashga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun ilk qadam umumtaʼlim maktablaridan boshlanadi. Oʻquvchi-yoshlarni iqtidor va qobiliyatlariga muvofiq oʻzlari qiziqqan fanlar boʻyicha yoʻnaltirib taʼlim-tarbiya berish esa oʻqituvchining bilim va mahoratiga, pedagogika jamoasining birdamligiga bogʻliq. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan boʻlsak, bugungi pedagog oʻqitishning eng ilgʻor uslublarini oʻzida mujassam etish bilan birga, mamlakatimizda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, darslarini namunali tarzda tashkil etishi talab etiladi.

Oʻquvchilari turli xil koʻrik-tanlovlarda, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan fanlar olimpiadalarida yutuqlarga erishayotgan maktablar haqida koʻpchilik: “bu maktab shaharda yoki tuman markazida joylashgan, ularda imkoniyat koʻp”, qabilida fikr bildirishadi. Aslida esa muvaffaqiyatlar siri taʼlim muassasasining manzil-makonida emas, balki pedagogika jamoasining ahilligida, bir maqsad yoʻlida birdamlik bilan ish yuritishida. Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli Surayyo Eshboyeva rahbarligidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabi faoliyati bilan tanishish jarayonida bunga yaqqol guvoh boʻldik.

Tuman markazidan 14 chaqirim atrofidagi olis masofada, Qipchoq qishlogʻi hududida joylashgan mazkur taʼlim maskani 1990-yilda bunyod etilgan boʻlib, 2022-yilda joriy taʼmirlangan. 600 oʻquvchi-oʻrin quvvatiga ega muassasada ayni paytda 562 nafar oʻquvchi-yoshlar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Maktabda faoliyat olib boruvchi 50 nafar pedagog xodimlarning 5 nafari oliy, 15 nafari 1-toifali oʻqituvchilar boʻlib, ulardan 6 nafari oʻz mutaxassislik fanlari boʻyicha xalqaro darajadagi S1 sertifikati egalaridir.

Maktabda fan toʻgaraklari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, oliy toifali ingliz tili fani oʻqituvchisi Sanʼat Jumamurodovning oʻquvchilari ingliz tilida bemalol muloqotga kirishsalar, Dilafroʻz Toʻrayeva hamda Dilfuza Ortiqboyevalar rahbarligidagi ingliz tili toʻgaragi aʼzolari kichik hikoya va sheʼrlarni oʻzbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan oʻzbek va qoraqalpoq tillariga qiynalmasdan tarjima qilib berishadi. Xalqaro darajadagi S1 sertifikati sohibalari, oliy toifali rus tili fani oʻqituvchisi Zebo Xolboyeva, Xolposhsha Bidashevalarning toʻgarak mashgʻulotlari maktab oʻquvchilari uchun yanada qiziqarli.

Shuningdek, maktabda oliy toifali matematika fani oʻqituvchilari Erkin Allamberganov, Nodira Otajonova, tabiiy fanlar oʻqituvchilari Aziza Saburova, Nilufar Otaboyeva, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari Zafar Matsafoyev, Behzod Oʻrozboyevlarning har bir darsi va toʻgaraklar boʻyicha mashgʻulotlari maktab oʻquvchilari uchun biri-biridan qiziqarli taassurotlarga boy tarzda oʻtadi.

Aziza Xolmurodova oʻquvchilarga ona tili va adabiyot fanidan dars beradi. Oʻz mutaxassislik fanining bilimdoni boʻlgan Aziza oʻquvchilari bilan dars jarayonida ham, darsdan tashqari toʻgarak mashgʻulotlarida ham soatlab shugʻullanishdan, ularning qiziqishlari doirasida qoʻshimcha adabiyotlar asosida mashgʻulotlar olib borishdan aslo charchamaydi. Oʻquvchilarni qiziqtirgan mavzular yuzasidan referatlar, ilmiy-nazariy va uslubiy maʼruzalar tayyorlash, ularni amalda qoʻllash orqali oʻquvchilarning bilimini boyitib borish, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish Azizaning doimiy masʼuliyatli ishiga aylangan.

Tabiatan intiluvchan va izlanuvchan, doimiy ravishda oʻz fani boʻyicha innovatsion uslub va gʻoyalarni qoʻllagan holda dars oʻtishga boʻlgan ishtiyoqi tufayli uning oʻquvchilari orasida ona tili va adabiyot faniga mehr qoʻygan yoshlar talaygina. Joriy oʻquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqichida 9-sinf oʻquvchisi Sevinch Karimova faxrli birinchi, 11-sinf oʻquvchisi Shodiyona Jabborberganova 2-oʻrinni egallab, mazkur olimpiadaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldilar.

Aniq fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻziga xos malaka va tajribaga ega pedagoglarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli maktabning “THE BEST” zakovatli bolalar jamoasi tumanda oʻtkaziladigan bilimdonlar bahslarida doimiy ravishda faxrli oʻrinlarni egallab kelishmoqda. 2023-2024 oʻquv yilida esa 23 nafar bitiruvchilarning 17 nafari mamlakatimizdagi nufuzli OTMlarning talabalari boʻlishdi.

– Erishilayotgan yutuqlarning barchasi boshlangʻich sinflarda bolalarga yaxshi taʼlim-tarbiya berilganining samarasi, – deydi maktab direktori Surayyo Eshboyeva. – Chunki bolaning qiziqish va iqtidori qoʻliga ilk qalam tutgan kunidan boshlanadi. Bu borada biz boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari Nodira Xolimbetova, Dilshoda Yusufova, Xolida Haydarovalardan minnatdormiz. Ular 4-yil davomida bolalarni umumtaʼlim fanlariga muvaffaqiyatli tayyorlashmoqda.

Biz yuqorida taʼlim sohasida muvaffaqiyatlarga erishish taʼlim muassasasi joylashgan manzil va makonga bogʻliq emasligi haqida soʻz yuritgan edik va buni tuman markazidan salkam 14 chaqirim olis masofada joylashgan 18-sonli qishloq maktabi pedagogika jamoasi faoliyati bilan tanishish asnosida yaqqol his etdik.

Shunday boʻlsa-da muassasada oʻz yechimini kutayotgan muammolar ham yoʻq emas. Maktab oshxonasi uchun ayni paytda 60-oʻrinli oshxona jihozlari zarur. Jihozlar yetishmovchiligi tufayli, ayniqsa, boshlangʻich sinflar oʻquvchilarini vaqtida ovqatlantirish borasida qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bundan tashqari, 3ta boshlangʻich va 4ta yuqori sinflarning sinf xonalari yaxshi jihozlanmaganidan dars-mashgʻulotlarini amalga oshirishda oʻqituvchilar ham, oʻquvchilar ham baʼzan noqulay vaziyatlarga tushib qolishadi.

Umid qilamizki, Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari ushbu muammoga eʼtibor berishadi va birdamlik, hamjihatlik bilan ish yuritish orqali oʻquvchi-yoshlarga zamon talablari darajasida sifatli taʼlim berayotgan maktab pedagogika jamoasini qiynab kelayotgan mazkur muammoga albatta yechim topishadi. Zotan, sifatli va namunali taʼlimga faqat va faqat namunali ish sharoitidagina erishiladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019