16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:08
Adabiyot 👁 826

ALIShER NAVOIY DAHOSIGA HURMAT VA EHTIROM KOʻRSATILDI

ALIShER NAVOIY DAHOSIGA HURMAT VA EHTIROM KOʻRSATILDI

Milliy maʼnaviyatimiz, mumtoz adabiyotimizni buyuk bobokalonimiz – soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiysiz tasavvur qila olmaymiz. Shu bois, nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda Navoiy dahosiga yuksak hurmat va ehtirom ramzi sifatida uning asarlari sevib oʻqiladi. Navoiy merosini chuqur oʻrganish borasida ilmiy izlanishlar olib borilib, dunyo navoiyshunoslari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkaziladi. Maqsad esa yagona – buyuk mutafakkir asarlaridagi umuminsoniy qadriyatlarni oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbiga singdirish, ularni chin maʼnodagi vatanparvar, xalqparvar insonlar qilib tarbiyalashdir.

Prezident maktablari tizimidagi Amudaryo ixtisoslashtirilgan maktabida tuman Madaniyat boʻlimi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan “Navoiyxonlik” kechasida ham shoirning asrlar davomida oʻz qadr-qimmatini yoʻqotmagan sheʼr-u gʻazallari, ruboiy va tuyuqlari, hamon dunyo xalqlarini oʻziga maftun etib kelayotgan dostonlari haqida maʼruzalar oʻqilib, shoir gʻazallari bilan aytiladigan ashulalar ijro etildi.

Tadbirni maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Ravshan Xolmurodov ochdi va mamlakatimizda Alisher Navoiy merosini oʻrganish, uning falsafiy, ijtimoiy-maʼnaviy ahamiyatga ega asarlarida ilgari surilgan gʻoyalarni oʻsib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil soʻz yuritdi. Ayniqsa, 2025-yil Prezidentimiz tomonidan Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb belgilangani, shu munosabat bilan joriy yilda mamlakatimiz miqyosida oʻtkazilishi rejalashtirilgan adabiy-badiiy, musiqiy tadbirlar, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilishi, bu kabi tadbirlarda Navoiy asarlari bilimdonlari boʻlmish umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari ham ishtirok etishi xususida mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Shundan soʻng, maktab oʻquvchilari shoir gʻazallaridan namunalar oʻqidilar, “Xamsa” dostoni va ushbu dostonda ilgari surilgan halollik, kasb-u hunarga eʼtibor, toʻgʻrisoʻzlik, xalqlar doʻstligi, oʻzaro totuvlik, mehr-oqibat, vatanparvarlik hamda xalqparvarlik gʻoyalari xususidagi fikrlarini bildirdilar.

Tadbir davomida maktabning “Turon” teatr jamoasi tomonidan sahna koʻrinishi namoyish etildi. Sahna koʻrinishi orqali tadbir ishtirokchilari goʻyo bir muddat Alisher Navoiy yashab oʻtgan davr voqealariga guvoh boʻlishib, salkam olti asrdan beri hamon dolzarbligini yoʻqotmagan ezgu gʻoyalar ogʻushiga shoʻngʻidilar. Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan Navoiy gʻazallariga bastalangan mumtoz navolar, maktabning badiiy havaskorlar jamoasi talqinidagi dilrabo raqslar barchaga maʼnaviy ruh bagʻishladi.

Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimi va Prezident maktablari tizimidagi Amudaryo ixtisoslashtirilgan maktabi pedagogika jamoasi hamkorligida tashkillashtirilgan “Navoiyxonlik” kechasi oʻquvchi-yoshlar qalbida milliy-maʼnaviy qadriyatlarga, mumtoz adabiyotimiz, ayniqsa, buyuk mutafakkir olim, davlat va jamoat arbobi Hazrat Alisher Navoiy dahosiga mehr, hurmat va ehtirom tuygʻusini yanada mustahkamladi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026