16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Salomatlik 👁 483

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Elmira Basitxonova ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Elmira Basitxonova ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi

Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, perinatal va neonatal xizmatlarni takomillashtirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sohada zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish, onalar va chaqaloqlarga koʻrsatilayotgan yordam sifatini oshirish hamda tizim samaradorligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda, 4-mart kuni Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Elmira Basitxonova ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Amudaryo, Beruniy, Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻl tumanlari tibbiyot birlashmalari masʼul xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar bildirildi.

Joriy yilning 25-fevral kuni Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan yangi tugʻilgan chaqaloqlarga, jumladan, muddatidan oldin chala tugʻilgan hamda bemor chaqaloqlarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yaxshilashga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi. Qarorga koʻra, Respublika perinatal markazi mamlakat boʻylab barcha tugʻruq muassasalari, jumladan, 46 ta tumanlararo perinatal markaz uchun bosh muassasa sifatida belgilandi.

Mazkur markazning asosiy vazifalari perinatal oʻlim holatlarini kamaytirish uchun barcha tugʻruq muassasalarida zamonaviy texnologiyalar va tasdiqlangan standartlarga asoslangan neonatal yordam tizimini shakllantirish, har oy, chorak va yil davomida neonatal xizmatlar samaradorligini baholash va takliflar kiritish, mamlakat boʻylab neonatologlarning malakasini oshirish va ularga uslubiy yordam koʻrsatish hamda hududlar bilan ishlovchi maxsus mutaxassislarni belgilashdan iboratdir. Shuningdek, har bir hududda neonatologik konsultativ-reanimatsion transport xizmatini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 28-fevraldagi qaroriga muvofiq, tugʻish yoshidagi ayollar va homiladorlarga tibbiy xizmat samaradorligini oshirish, sifatli antenatal parvarish tizimini joriy etish nazarda tutilgan. Qarorga muvofiq, homiladorlik davrida antenatal parvarishni sifatli tashkil qilish, homiladorlikka qarshi koʻrsatmalar roʻyxatini shakllantirish va ularni amaliyotda qoʻllash, homiladorlikni tibbiy va ijtimoiy asoslar boʻyicha toʻxtatish jarayonini aniq reglamentlash, ogʻir homiladorlik asoratlari boʻyicha shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tartiblarini ishlab chiqish hamda onalik va bolalik boʻyicha maxsus shtablar faoliyatini tartibga solish belgilandi.

Onalar va chaqaloqlar oʻlim holatlarining oldini olish maqsadida sogʻliqni saqlash tizimida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, onalar va chaqaloqlar oʻlimi bilan bogʻliq klinik va patologoanatomik tekshiruvlar tartibini ishlab chiqish, barcha tugʻruq muassasalarida perinatal va neonatal oʻlimni rasmiy qayd etish va tahlil qilish tizimini joriy etish, onalar va chaqaloqlar salomatligi bilan bogʻliq favqulodda holatlarda shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish kabi yoʻnalishlar ustida ish olib borilmoqda. Barcha tugʻruq muassasalari, xususan, “Ayollar maslahatxonalari boʻlimlari” bilan tugʻruq statsionarlari oʻrtasida muvofiqlashtirilgan aloqa tizimi yoʻlga qoʻyilishi ham belgilandi.

Sogʻliqni saqlash tizimidagi muammolardan biri boʻlgan korruptsiyaga qarshi kurashish ham davlat eʼtiborida. Barcha tibbiyot muassasalarida taʼmagirlik va korruptsiya holatlarini butunlay yoʻq qilish, shuningdek, sogʻlom axloqiy muhitni shakllantirish maqsadida xodimlarning kasbiy majburiyatlari qayta koʻrib chiqilishi belgilangan. Tugʻruq muassasalari va “Ayollar maslahatxonalari boʻlimlarida” xizmat sifatini oshirish maqsadida rahbariyat tomonidan xodimlarning lavozimlarini rotatsiya qilish ham nazarda tutilmoqda.

Yuqoridagi vazifalar bilan Oʻzbekistonda onalar va chaqaloqlarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini sezilarli darajada oshirish maqsad qilingan. Yigʻilishda respublika perinatal markazining tashkil etilishi, homiladorlar va chaqaloqlar uchun yangi tizimlarning joriy qilinishi, shoshilinch yordam xizmatlarining takomillashtirilishi hamda korruptsiyaga qarshi qatʼiy choralar koʻrilishi ushbu sohadagi tub oʻzgarishlarning muhim qismi hisoblanishi qayd qilindi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019