16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:47
Salomatlik 👁 498

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlari olib borilmoqda

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlari olib borilmoqda

Shu kunlarda Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi mutaxassislari tomonidan chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari va xonadonlarda profilaktika tadbirlari izchil olib borilmoqda. Mart oyidan oktyabr oyigacha boʻlgan davr kanalarning eng faol mavsumi hisoblanib, bu holat Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining tarqalish xavfini oshiradi. Shu bois sanitariya xodimlari va veterinarlar aholiga keng tushuntirish ishlarini olib borib, zararsizlantirish va kasallikning oldini olish choralarini koʻrishmoqda.

Qrim-Kongo gemorragik isitma iksod kanasi chaqishi orqali yuqadigan oʻta xavfli virusli kasallik boʻlib, ogʻir hollarda oʻlimga olib kelishi mumkin. Kanalar asosan yirik va mayda shoxli hayvonlar tanasida uchraydi va ular orqali insonga yuqadi. Kasallik zararlangan kananing teriga yopishib, inson qoniga virusni yuqtirishi yoki zararlangan hayvonlarning qoni va biologik suyuqliklari bilan muloqot qilish orqali yuqadi. Shuningdek, qoʻy va echkilarning junini qirqish, kanalarni qoʻl bilan terish yoki ezib oʻldirish virus yuqtirish xavfini oshiradi. Tibbiy yordamga oʻz vaqtida murojaat qilinmasa, kasallik ogʻir tus olib, hatto oʻlimga olib kelishi mumkin.

Mutaxassislar tomonidan chorvachilik fermalari va xonadonlarda keng koʻlamli profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda. Chorva mollariga kanaga qarshi dori vositalari bilan ishlov berilib, ularning salomatligi nazorat qilinmoqda. Shu bilan birga, aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlari olib borilib, chorva mollari boqiladigan hududlarni zararsizlantirish va shaxsiy himoya choralariga rioya qilish boʻyicha tavsiyalar berilmoqda.

Chorva parvarishi va qoʻralarni sanitariya talablariga muvofiq saqlash kasallikning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Qoʻralar muntazam tozalanib, chiqindilar oʻz vaqtida chiqarilishi kerak. Suv idishlari va qoʻralar doimiy ravishda dezinfektsiya qilinishi, kanalar koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun yaxshi ventilyatsiya tizimi bilan taʼminlanishi zarur. Kasallik bilan gumon qilingan hayvonlar alohida saqlanishi, qoʻralar esa kemiruvchilar va zararli hasharotlardan himoya qilinishi lozim. Chorvaga faqat toza suv va sifatli ozuqa berilishi kerak, chunki kamqonlik va immunitet pasayishi uy hayvonlarini kanalarga qarshi zaiflashtiradi.

Kanalar chaqishidan himoyalanish uchun muntazam tekshiruv oʻtkazish va kanalar aniqlangan holda veterinar mutaxassislarga murojaat qilish zarur. Qoʻy va echkilarning junini qirqishda qoʻlqop, rezina etik va maxsus himoya kiyimlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Chorva mollarini bozor yoki choʻl hududlaridan olib kelganda, ularga kanalarga qarshi ishlov bermasdan uyga olib kelish mumkin emas.

Agar shaxsni kana chaqsa, zudlik bilan birinchi yordam koʻrsatish zarur. Jarohatlangan joy yod bilan tozalanib, bogʻlanishi va bemor darhol shifokorga murojaat qilishi shart. Sogʻliqni muhofaza qilish uchun oʻz vaqtida ehtiyot choralarini koʻrish, chorva mollarini muntazam tekshirish va tibbiy koʻrikdan oʻtish har bir insonning salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega.

Durbek Babajanov, Amudaryo tuman SEO va JSB epidemiolog vrachi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019